O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari 

 

Bozor  iqtisodiyotida  beshta  asosiy  muammosi  mavjud  bo‘lib, 



ular o‘z yechimiga ham ega. 

Bular quyidagilar: 

1.  Nima  ishlab  chiqarish  zarur?  Foyda  keltiradigan  tovarlar 

ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. 




118 

2.  Qanday  ishlab  chiqarish  zarur?  Yangi  texnika  va  texno-

logiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur.  

3.  Qancha  ishlab  chiqarish  zarur?  Iqtisodiy  resurslar  va 

ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. 

4.  Кim  uchun  ishlab  chiqarish  zarur?  Aholining  alohida 

tabaqalari  (yuqori,  o‘rta  va  kam  ta’minlanganlar)  talabini  hisobga 

olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi. 

5.  Iqtisodiy  tizim  ro‘y  beradigan  o‘zgarishlarga  moslasha 

oladimi?  Bunda  mavjud  iqtisodiy  tizim  bozor  iqtisodiyoti  muhitiga 

moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi. 

Foyda  olish  yoki  zarar  ko‘rish  mumkinligini  korxona  umumiy 

daromadlarini barcha xarajatlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. 

Кorxona umumiy 

pul daromadi 

(tovar birligi 

bahosi X 

sotiladigan tovar 

miqdori) 

 

___ 



 

Ishlab chiqarishga 

qilingan barcha 

xarajat (resurs 

birligi narxi X 

foydalanadigan 

resurs miqdori) 

 

 



_______ 

Foyda 


yoki zarar 

miqdori 


 

Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e’tiborga loyiqdir. 

Bular: 

1.  Resurslarni  taqsimlashning  samaradorligi.  Bozor  tizimi 

resurslarni  samarali  taqsimlash  imkonini  beradi.  Uning  mazmuni 

shundan  iboratki,  raqobatli  bozor  tizimi  resurslarni  jamiyatga  eng 

zarur  bo‘lgan  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarishga  yo‘naltiradi. 

U  ishlab  chiqarish  uchun  resurslarni  uyg‘unlashtirishning  ancha 

samarali  usullarini  va  ishlab  chiqarishga  yangi,  ancha  samarali 

texnologiyani  qo‘llashni  taqozo  etadi.  Umuman,  bozor  tizimi 

shaxsiy  manfaatni  shunday  tartibda  boshqaradiki,  u  jamiyat  uchun 

mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasiga mos miqdorda 

ishlab chiqarishni ta’minlaydi.  

2.  Erkinlik.  Bozor  iqtisodiy  tizimining  muhim  afzalliklaridan 

biri,  u  shaxsiy  erkinlik  roliga  ustuvorlik  beradi.  Кo‘plab  ayrim 

shaxslar  va  korxonalar  iqtisodiy  faoliyatini  uyg‘unlashtirish  va 

tashkil  qilish  bozor  iqtisodiyotining  asosiy  muammolaridan  biridir. 

Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning samarali usuli bozor 

tizimi  vositasi  orqali  erkin  hamkorlikdir.  Faqat  bozor  tizimi 



119 

iqtisodiy  faoliyatni  erkinlik  qoidalari  asosida  uyg‘unlashtirishga 

layoqatlidir.  Bozor  iqtisodiyoti  tadbirkorlik  va  tanlash  erkinligini 

namoyish qiladi,  xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi. 

3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, u iqtisodiy 

faollikni  rag‘batlantiradi.  Bunda  har  bir  subyekt  tinimsiz  harakatda 

va  iqtisodiy  faol  bo‘lishini  taqozo  etadi.  Chunki  xo‘jasizlik, 

sustkashlik,  beg‘amlik  har  qanday  xo‘jalik  tizimini  parokandalikka 

yuz tutishiga olib keladi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda 

foyda  olishni  ta’minlash  uchun  kurash  iqtisodiyot  subyektlarini 

harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.  

Bozor  iqtisodiyotining  kamchiligi  shundaki,  u  o‘zining  bosh 

nazorat  mexanizmi  –  raqobatning  kuchsizlanishiga  yo‘l  qo‘yadi  va 

hatto buni rag‘batlantiradi. 

Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan 

quvib  va  o‘z  iqtisodiy  mavqeini  yaxshilashga  intilib,  raqobatning 

cheklangan  yo‘lidan  ozod  bo‘lishga  harakat  qiladilar.  Firmalarning 

qo‘shilib  ketishi,  kompaniyalarning  xufyona  kelishuvi,  shafqatsiz 

raqobat  –  bularning  hammasi  raqobatning  kuchsizlanishi  va  uning 

tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi. 

Bozor  tizimi  rag‘batlantiradigan  texnika  taraqqiyoti  ham 

raqobatning  zaiflashishiga  olib  keladi.  Eng  yaxshi  texnologiya 

odatda:  a)  juda  katta  miqdordagi  real  kapitaldan  foydalanishni;           

b)  yirik  bozorlar  bo‘lishini;  d)  kompleksli,  markazlashgan  va  bir 

butun  bo‘lib  birlashgan  bozorning  tarkib  topishini;  e)  boy  va 

ishonchli  xomashyo  manbalarini  talab  qiladi.  Bunday  texnologiya 

bozorning  hajmiga  nisbatan  keng  miqyosdagi  ishlab  chiqaruvchilar 

mavjud  bo‘lishi  zarurligini  bildiradi.  Boshqacha  aytganda,  eng 

yangi  texnologiyani  qo‘llash  asosida  ishlab  chiqarishning  yuqori 

samaradorligiga erishish, ko‘pincha ko‘p miqdordagi kichik firmalar 

emas,  balki  uncha  ko‘p  bo‘lmagan  yirik  ishlab  chiqaruvchilar 

mavjud bo‘lishini taqozo etadi. 

Bozor  iqtisodiyotining  navbatdagi  kamchiligi  jamiyat  a’zolari 

daromadlaridagi  tengsizlikning  kuchayib  borishi  va  aholining  ta-

baqalanishi  bilan  bog‘liq.  Bunday  iqtisodiyot  har  qanday  yuksak 

darajada  rivojlanmasin,  daromadlar  tengsizligini  bartaraf  qila  ol-

maydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatishi mumkin. 



120 

Bozor  iqtisodiyotining  umumiy  e’tirof  etilgan  kamchiliklaridan 

biri  shundan  iboratki,  u  ijtimoiy  iste’mol  qilinadigan  ne’matlar  va 

xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu 

sababli,  jamiyat  a’zolarini  bunday  ne’matlar  va  xizmatlar  bilan 

ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi. 

Tovarlar  hajmi  bilan  pul  massasi  o‘rtasidagi  ro‘y  berib 

turadigan  nomuvofiqlikni  bartaraf  eta  olmasligi  ham  bozor 

iqtisodiyotining  kamchiligi  hisoblanadi  va  bu  –  pulning 

qadrsizlanishi – inflatsiya bilan birga boradi. 

 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish