O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

baynalminallashuvi 

 

    Jahon  xo‘jaligi  va  uning  rivojlanish  tamoyillari  tarkibi 



xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishi  bilan  o‘zgarib 

borgan. Jumladan, jahon xo‘jaligi rivojlanishining birinchi bosqichi 

jahon  kapitalistik  xo‘jalik  tanho  hukmronlik  qilgan  davrni  qamrab 

oladi.  Bu  davrda  mustamlakachi  davlatlarning  xo‘jaligi,  qaram 

davlatlar 

boyligi 


hisobiga 

rivojlangan. 

Jahon 

xo‘jaligi 



rivojlanishining  ikkinchi  bosqichi  1917-yildan  1990-yillargacha 

bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu davr jahon iqtisodiyoti bir-biriga 

qarama-qarshi  ikki  tizim,  ya’ni  jahon  kapitalistik  va  sotsialistik 

xo‘jaligi mavjud bo‘lganligi bilan tavsiflanadi. 1991-yildan boshlab 

jahon xo‘jaligi rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu bosqich 

hozirgi  yaxlit  umumjahon  xo‘jaligining  shakllanishi  bilan 

xarakterlanadi.  



599 

Hozirgi  davrda  jahon 

xo‘jaligi  iqtisodiy  rivojla-

nishining muhim xususiyati 

‒  bu  turli  mamlakatlar  va 

xo‘jalik  regionlari  o‘rtasi-

dagi  o‘zaro  bog‘liqliklar-

ning  o‘sib  borishi  hisobla-

nadi. 

 Jahon xo‘jaligida har bir o‘zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar, 



alohida  mamlakatning  eksport  imkoniyati,  dunyo  iqtisodiyotidagi 

tarkibiy  siljishlar  va  xalqaro  monopoliyalar  faoliyati)  dunyodagi 

barcha mamlakatlar manfaatini o‘ziga tortadi. Mamlakatning savdo, 

ishlab  chiqarish,  valuta-moliya  sohalaridagi  jahon  tamoyillariga 

bog‘liqlik  obyektiv  reallik  hisoblanadi.  Hozirgi  davrda  har  qanday 

mamlakatni  uning  iqtisodi  qanday  rivojlangan  bo‘lishidan  qat’i 

nazar,  jahon  xo‘jaligi  aloqalariga  jalb  qilmasdan  uning  to‘laqonli 

iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. 

Shu  sababli,  Respublikamiz  Birinchi  Prezidenti  I.Кarimov 

«Mamlakatning  jahon  xo‘jalik  aloqalarida,  xalqaro  mehnat  taqsi-

motida  keng  miqyosda  ishtirok  etishi  ochiq  turdagi  iqtisodiyotni 

barpo etishning asosidir»

145

, deb ta’kidlagan edi. 



Dunyo  bir-biridan  maqsadlari,  amal  qilish  mexanizmi  bilan 

farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga 

bo‘lingan.  Jahon  hamjamiyati  mamlakatlarini  turkumlash  har  xil 

mezonlar  asosida  amalga  oshiriladi.  Yaqin  vaqtlargacha  bizning 

ilmiy  adabiyotimiz  sotsializm  dunyosi,  kapitalizm  dunyosi  va 

uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi. 

Jahon  hamjamiyati  mamlakatlarini  turkumlashga  umumiy 

asosda  yondashib  xo‘jalik  tizimlarining  xususiyatlariga  mos 

ravishda  davlatlarning  uchta  guruhini  ajratib  ko‘rsatish  mumkin: 

rivojlangan,  bozor  iqtisodiyotida  rivojlanayotgan  va  bozor  iqtisodi 

mavjud  bo‘lmagan  mamlakatlar.  Rivojlanganlik  darajasi  bo‘yicha 

ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, o‘rtacha va yuqori 

rivojlangan  mamlakatlar.  Shimoliy-Sharqiy  Osiyo  va  Lotin  Ameri-

                                                           

145

 Каримов И.А. “Ўзбекистон буюк келажак сари” Т.: «Ўзбекистон», 1998 й. 267-бет. 



 

 



600 

kasidagi  yangi  industrial  mamlakatlar  (YaIM),  yuqori  daromadli 

neft  eksport  qiluvchi  mamlakatlar  (Saudiya  Arabistoni,  Quvayt  va 

boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EКVI), shu jumladan 

eng  kambag‘al  mamlakatlar  (Chad,  Bangladesh,  Efiopiya),  har  xil 

regional ittifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi. 

Bu  barcha  turli-tumanlik  bir  butun  yaxlitlikka  o‘zaro  iqtisodiy 

bog‘liqlikning  har  xil  jihatlari  orqali  tortiladi.  Hozirgi  xo‘jalik  alo-

qalarining  chuqurlashib  borayotganligi  baynalminallashuvning  ku-

chayishi  hamda  fan-texnika  taraqqiyotining  keng  qamrovli 

xarakteri,  aloqa  va  kommunikatsiya  vositalarining  butunlay  yangi 

roli  sharoitida  milliy  iqtisodiyot  o‘z-o‘zini  ta’minlash  orqali 

samarali amal qilish mumkin emas.  

Jahon  xo‘jalik  aloqalarining  tez  o‘sishi  shunday  davrlarga 

to‘g‘ri  keladiki,  bu  davrda 

ishlab  chiqarish  omilla-

rining  harakati  tezlashadi, 

kapital  milliy  chegaradan 

tashqariga  chiqadi,  ishchi 

kuchi 


migratsiyasi 

kuchayadi,  xalqaro  mehnat 

taqsimotining 

shakllanish 

jarayoni 

tezlashadi. 

Bu 

shundan  guvohlik  beradiki, 



xo‘jalik aloqalarining umumjahon tamoyillarini ko‘p jihatdan ishlab 

chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanish  mantiqi  taqozo  qiladi,  ya’ni  u 

milliy  chegaradan  o‘sib  chiqadi  va  obyektiv  ravishda  ishlab 

chiqarishning baynalminallashuviga olib keladi. 

Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida 

shakllangan jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. 

Xalqaro  mehnat  taqsimoti  (XMT)  alohida  mamlakatlarning 

tovar  va  xizmatlarning  ma’lum  turlarini  ishlab  chiqarishga 

ixtisoslashuvini  ifodalaydi.  Alohida  mamlakatlarning  bunday 

ixtisoslashuvi  mahsulotlari  ustun  darajada  eksportga  yo‘naltirilgan 

xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarining shakllanishiga olib keladi. 

Dastlabki  davrlarda  xalqaro  mehnat  taqsimotining  rivojlanishi 

asosan  tabiiy  sharoitlardagi  tafovutlarga  asoslangan.  Binobarin, 

faqat  sanoat  to‘ntarishidan  keyin,  ya’ni  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar 




601 

baynalmilal  xususiyat  kasb  etib,  milliy  xo‘jaliklar  doirasidan 

tashqariga  chiqa  boshlagach,  ularning  negizidan  barqaror  mehnat 

taqsimoti  va  jahon  bozori  tarkib  topgan.  Hozirgi  vaqtda  xalqaro 

mehnat  taqsimoti  turli  ijtimoiy  tizimlarni  o‘z  ichida  oluvchi 

umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda.  

Xalqaro  mehnat  taqsimoti  va  ayriboshlashda  qatnashayotgan 

mamlakatlar bir  xil sharoitda emas. Bu  hol ularning turli jo‘g‘rofiy 

ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, 

darajasi  va  iqtisodiyotini  tuzilishi,  ichki  bozorning  hajmi  bilan 

belgilanadi. 

Ana  shu  farqlar  sababli  ayrim  mamlakatlarda  bir  xil  tovarlarni 

ishlab 

chi-


qarishdagi 

xara-


jatlar darajasi ham 

turlicha 

bo‘ladi. 

Shuning 


uchun 

har  bir  mamlakat 

o‘zi  nisbatan  qu-

layroq, 


kamroq 

xarajat  bilan  ish-

lab  chiqaradigan 

tovarlarni  boshqa 

mamlakatlarga 

sotishga  va  ak-

sincha,  jahon  bo-

zoridan 


o‘zidan 

ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud 

boshqa  sharoitlarga  ko‘ra  umuman  ishlab  chiqarib  bo‘lmaydigan 

tovarlarni sotib olishga intiladi. 

Tovarlar  mamlakatlar  o‘rtasida  jahon  narxlari  asosida 

ayriboshlanadi.  Ular  baynalminal  qiymatga  asoslanadi.  Buning 

ma’nosi  shuki,  baynalminal  mehnat  sarflari  jahon  bozorida  e’tirof 

qilinadi. 

Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof 

holida  amalga  oshmaydi.  Baynalminal  qiymatning  hosil  bo‘lishiga 

to‘sqinlik  qiluvchi  o‘ziga  xos  omillar  jahon  narxlariga  ta’sir  qiladi. 

Bular  tashqi  savdo  va  valuta  cheklashlari,  valutalar  qiymatining 




602 

o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqov-

chilik  va  boshqa  shu  kabilar.  Shu  sababli,  ayrim  mamlakatlarning 

jahon  bozoridagi  raqobatlashuv  layoqatidagi  farqlar,  pirovard 

natijada  mehnat  unumdorligining  milliy  darajadagi  farqlarini  aks 

ettiradi. 

Rivojlangan  mamlakatlarda  iqtisodiyotning  keyingi  yillarda 

yangi  texnologik  asoslarga  o‘tish  jahon  xo‘jalik  aloqalarining  tez 

o‘sishi  bilan  birga  boradi.  Takror  ishlab  chiqarish  jarayonlarining 

baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy 

xo‘jaliklarning  yaqinlashuvi,  o‘zaro  moslashuvi  orqali)  va 

transmilliy  (xalqaro  ishlab  chiqarish  majmuasining  tuzilishi  orqali) 

shakllarida  kuchayadi.  Jumladan,  butun  dunyoda  regional 

davlatlararo  iqtisodiy  integratsiyaning  qaror  topish  tamoyili  kuzati-

ladi.  Jumladan,  rivojlangan  Yevropa  integratsion  hamjamiyati  (EI) 

doirasida  tovarlar,  xizmatlar  va  ishchi  kuchining  erkin  harakati 

amalga  oshiriladi.  Shimoliy  Amerika  umumiy  iqtisodiy  hamkorlik 

AQSH,  Кanada  va 

Meksika 

iqti-


sodiyotining 

integratsiyasini 

ko‘zda 

tutadi. 


Davlatlararo  integ-

ratsiyaning 

ku-

chayishi 



janubiy-

sharqiy  Osiyo,  O‘r-

ta 

Osiyo, 


arab 

dunyosi,  Afrika  va 

Markaziy  Amerika 

mamlakatlari uchun 

ham 

xarakterli 



bo‘lib bormoqda. 

 

 




Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish