O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 

Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 

 



603 

Xalqaro mehnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ya’ni 

turli mamlakatlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari negizida yotadi. Xal-

qaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 

‒ tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo; 

‒ kapital va chet el investitsiyalarining harakati; 

‒ ishchi kuchining migratsiyasi; 

‒ ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; 

‒ fan va texnika sohasidagi ayriboshlash; 

‒ valuta-kredit munosabatlari. 

Xalqaro  mehnat  taqsimoti  rivojlanishi  natijasida  jahon  bozori 

tarkib  topadi.  Jahon  bozoriga  tovar  va  xizmatlarning  xalqaro 

harakati 

sifatida 

qarash 

mumkin. 


Jahon  bozori 

o‘zining 

rivojlanishida  bir  qator  bosqichlardan  o‘tadiki,  ulardan  har  biri 

milliy 


xo‘jalikning 

xalqaro 


iqtisodiy 

munosabatlarga 

jalb 

qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. 



Кapitalning xalqaro harakati ‒ bu kapitalning chet elda joylash-

tirilishi  va  faoliyat  qilishidir.  U  chet  elga  quyidagi  shakllarda 

chiqariladi: - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Кapitalning xal-

qaro  tashkilotlar  orqali  harakati  ko‘pincha  mustaqil  shakl  sifatida 

ajratiladi. 

‒ pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va 

uskunalar,  patentlar,  nou-xau  hamda  tovar  kreditlari  shaklida 

bo‘lishi mumkin; 

‒  qisqa  va  uzoq  muddatli 

kreditlar shaklida; 

‒  ssuda  va  tadbirkorlik 

kapitali 

shaklida. 

Ssuda 


shaklidagi  kapital  quyilmalar 

bo‘yicha  foiz, 

tadbirkorlik 

shaklidagi  kapital  esa  foyda 

keltiradi.  Tadbirkorlik  kapitali 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va  portfelli 

investitsiyalardan 

iborat 


bo‘ladi. 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri 

investitsiyalar 

shu 


kapital 

hisobiga  qurilgan  obyektlar  ustidan  nazorat  qilish  huquqini  beradi, 

portfelli  investitsiyalar  esa  bunday  huquqni  bermaydi.  U  odatda 



604 

aksiya  paketlari  hamda  obligatsiya 

va  boshqa  qimmatli  qog‘ozlar 

shaklida beriladi.  

Xalqaro 

iqtisodiy 

munosa-

batlarning  ancha  murakkab  jihat-

laridan  biri  ishchi  kuchining  xal-

qaro migratsiyasi hisoblanib, u o‘z 

ifodasini mehnat resurslarining an-

cha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan 

boshqasiga ko‘chib o‘tishida topadi. 

Xalqaro  migratsiya  jarayonini  iqtisodiy  omillar  bilan  birga 

siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham ta-

qozo qiladi. 

Xalqaro  migratsiya  ikkita  asosiy  tarkibiy  qismni  o‘z  ichiga 

oladi:  emigratsiya  va  immigratsiya.  Emigratsiya-mamlakatlardan 

doimiy  yashash  joyiga  chiqib  ketishni,  immigratsiya-mamlakatga 

doimiy  yashash  uchun  kirib 

kelishni bildiradi. 

Fan-texnika  yutuqlari  bi-

lan  xalqaro  ayriboshlash  bir 

qator  shakllarda  amalga  oshi-

riladi. U innovatsiyalar, ilmiy 

texnikaviy  axborotlar,  muta-

xassislar, fan sohasi xodimlari 

bilan  ayriboshlashni,  tadqiqot 

va  yangiliklarni  litsenziya 

asosida 


berishni, 

ilmiy 


tadqiqot  ishlari  o‘tkazishni, 

umumiy 


fan-texnika 

va 


texnologiyani  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  qo‘shma  tadbirkorlikni  o‘z 

ichiga oladi. 

Ilmiy  texnikaviy  hamkorlikning  muhim  shakllaridan  biri  inji-

niring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqa-

siga  sanoat  va  boshqa  obyektlarni  loyihalashtirish  va  qurish  jara-

yoniga  kerakli  hisob-kitob  loyihalarini  berish  hamda  injenerlik-

qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. 



605 

Jahon  infratuzilmasi.  Tovarlar,  ishchi  kuchi,  moliyaviy  vosita-

larning  milliy  chegaralar  orqali  to‘xtovsiz  o‘sib  boruvchi  harakati 

butun  jahon  infratuzilmasining  rivojlanishi  va  takomillashuvini 

tezlashtiradi.  Juda  muhim  transport  tizimi  (dengiz,  daryo,  havo, 

temir  yo‘l  transporti)  bilan  bir  qatorda  jahon  iqtisodiyotining 

rivojlanishida  axborot  kommunikatsiyalar  tarmog‘i  tobora  ko‘proq 

ahamiyat  kasb  etib  boradi.  Munosib  umumjahon  infratuzilmasi 

bo‘lmasa,  hozirgi  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  baynalminal-

lashuvini  rivojlantirib  bo‘lmaydi.  Bunday  infratuzilmaning  ayrim 

tarkibiy  qismlari  jahon  savdosi  vujudga  kelayotgan,  jahon  bozori 

tashkil topayotgan vaqtda paydo bo‘lgan. 

Hozirgi  davrda  birjalar,  moliya  markazlari,  yirik  sanoat  va 

savdo  birlashmalari  misli  ko‘rilmagan  tezlik  bilan  operativ 

ma’lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi eng 

yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamlakatlarda 

keng  tarmoqli  axborot  majmuasi  tashkil  topmoqda,  uning  ta’siri 

amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. 

Hozirgi  sharoitda  ilmiy  va  tijorat  axborotlar  ayniqsa 

qimmatlidir.  Shu  sababli,  turli  xalqaro  darajalarda  maxsus 

«ma’lumotlar  banklari»  tashkil  topmoqda,  bular  ilmiy  va  ishlab 

chiqarish  maqsadlari  uchun  zarur  axborotni  qidirib  topishni  ancha 

yengillashtiradi.  Jahon  infratuzilmasi  turli  nomutanosibliklarni 

bartaraf qilish orqali rivojlanadi. 

Xalqaro  ayriboshlash  tovarlarda  moddiylashgan  shakllardan 

nomaterial  aloqalarga  tobora  ko‘proq  o‘rin  bo‘shatadi,  ya’ni  fan-

texnika  yutuqlari,  ishlab  chiqarish  va  boshqarish  tajribasi, 

xizmatning boshqa turlari bilan ayriboshlash o‘sib boradi.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish