O‘zbekistonda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlar
(2016-yil.)
28.1-jadval
Iqtisodiyot tarmoqlari
Ming kishi Foizda
Iqtisodiyotda jami bandlar soni
13298,4
100,0
Shu jumladan tarmoqlarda:
Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi
3646,7
27,4
Sanoat
1802,4
13,6
Qurilish
1263,6
9,5
Savdo
1452,4
10,9
Tashish va saqlash
638,2
4,8
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar
308,0
2,3
Axborot va aloqa
63,6
0,5
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati
66,5
0,5
Ta’lim
1105,6
8,3
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatish
601,6
4,5
143
Karimov I.A. 2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar
etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. T.: O‘zbekiston, 2014-yil,
16-bet.
594
San’at, ko‘ngil ochish va dam olish
65,1
0,5
Boshqa faoliyat turlari
2284,7
17,2
Respublikada bandlikning tarmoq tarkibidagi keskin kamayishi
qishloq xo‘jaligi sohasi ulushiga tegishli bo‘lgan. Agrar sohaning
YaIMdagi ulushi 2016-yilda 2000-yilga taqqoslanganda 12,5 (30,1
dan 17,6) foizga qisqargani holda, bandlikdagi ulushining kamayishi
6,8 foizni tashkil qilgan.
Respublikada
bandlikning
tarmoq tarkibidagi ro‘y beradigan
istiqboldagi muhim o‘zgarishlar
sifatida quyidagilarni qayd qilish
mumkin.
Iqtisodiyotning, sanoat tar-
mog‘ining mavjud quvvatlarini
yangilash va modernizatsiyalash,
ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash hamda kooperatsiyalash
asosida mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish natijasida
bandlikdagi ancha muhim miqdor va sifat o‘zgarishlar uning alohida
tarmoqlariga tegishli bo‘ladi. Jumladan, sanoatning qazib oluvchi va
undiruvchi tarmoqlarida, band bo‘lganlar salmog‘i nisbatan kama-
yib, uni qayta ishlovchi tarmoqlaridagi ulushi shunga mos ravishda
ortib boradi. Bu avvalo, yoqilg‘i, metallurgiya, kimyo va qurilish
materiallari sanoatiga tegishli.
Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazishda
band bo‘lganlar mutlaq va nisbiy ulushining kamayishi tarmoq
mahsulotining YaIMdagi salmog‘i qisqarishiga mutanosib ravishda
bo‘lishiga
erishib
borishga
qaratilishi
zarur.
Tarmoqning
bandlikdagi ulushi 2007-yildan boshlab nisbatan barqaror (26,0-
27,0%) saqlanib qolgan holda, uning YaIMdagi salmog‘i bu davrda
6,0% (23,2 % dan 17,2 %)ga yoki ¼ hissaga qisqargan.
Samarali bandlikni ta’minlash talabi hisobga olinganda iqtiso-
diyotning transport va aloqa tarmog‘i boshqa tarmoq va sohalarga
qiyosan ancha yuqori mavqega ega ekanligini kuzatish mumkin.
Mazkur tarmoqning YaIM va bandlikdagi ulushi 2000-yilda deyarli
bir xil darajani (mos ravishda 7,7 va 7,5%) tashkil qilgani holda,
2016-yilda bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq birinchisi foydasiga
2,2 barobarga yaqin ortgan. Mazkur tarmoqda keyingi yillarda qaror
595
topgan ijobiy tamoyillarni saqlab qolish nafaqat sohada, balki butun
milliy iqtisodiyotda samarali bandlikni ta’minlashga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Samarali bandlikka erishib borish talabi nuqtayi nazaridan iqti-
sodiyotning qurilish hamda savdo tarmoqlarida va umumiy ovqat-
lanish sohalarida ishchi kuchidan foydalanilmayotgan katta
potensial imkoniyatlar mavjud-
ligini ko‘rsatadi. Xususan, quri-
lish tarmog‘ining bandlikdagi
ulushi 2000-2016-yilda ¼ hissaga
ortgani holda, uning YaIM dagi
hissasi deyarli o‘zgarmay qolgan.
Savdo va umumiy ovqatlanish
sohalarining YaIM dagi ulushi
kamayib borgan sharoitda, unda
band bo‘lganlar salmog‘i 1/3
barobarga ortgan. Demak, iqti-
sodiyotning mazkur tarmoqlarida ham samarali bandlikka erishib
borish istiqboldagi vazifalardan hisoblanib, davlatning bu sohalarni
innovatsion rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari ko‘proq
mehnat
unumdorligi
va
iqtisodiy
faoliyat
samaradarligini
rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirilishi zarur.
Respublika iqtisodiyotida bandlarning hududiy kesimidagi
tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning ulushi ayrim viloyatlar bo‘yicha
2,7% (Sirdaryo viloyati)dan 11,4% (Farg‘ona viloyati)gacha bo‘lgan
darajani tashkil qilgan, ya’ni bandlikning eng past va yuqori ko‘rsat-
kichi o‘rtasidagi farq 4,2 barobardan ko‘proqqa teng bo‘lgan (2016
y.). Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining YaIMdagi ulushi (mos
ravishda 1,8 va 6,7%)dagi farqlar ko‘lami ham 3,7 barobardan
ko‘proqni tashkil qilgan.
Respublika viloyatlari bo‘yicha band bo‘lganlarning ulushidagi
nisbatan ancha katta farqlarni ular iqtisodiyotining rivojlanganlik
darajasi, ixtisoslashuv yo‘nalishi, tarmoq tuzilishi va unda sanoat
hamda qayta ishlovchi sohalarning ulushi kabi omillar belgilab
beradi.
Respublikada bandlikning hududiy tarkibini takomillashtirishni
quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq:
596
YaIMdagi ulushi bandlikdagi salmog‘idan yuqori bo‘lgan
hududiy subyektlarda bu ijobiy tamoyilni saqlab qolish va rivoj-
lantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Band bo‘lganlardagi ulushi YaIM dagi xuddi shunday ko‘r-
satkichdan birmuncha yuqori bo‘lgan hududiy subyektlarda ishlab
chiqarishning samaradorligini va mehnat unumdorligini oshirib bo-
rishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish.
Band bo‘lganlardagi ulushi nisbatan yuqori bo‘lgan subyekt-
larda mehnat sig‘imli ishlab chiqarish turlarini ustuvor rivojlantirish,
o‘zini mustaqil ish bilan ta’minlashning progressiv shakllarini va
ishchi kuchining ichki migratsiyasini rag‘batlantirish alohida aha-
miyatga ega hisoblanadi. Bandlikdagi ulushi past darajaga ega hu-
dudlarda ishlab chiqarishning texnik va texnologik asoslarini mus-
tahkamlash, ikkilamchi va qo‘shimcha ish bilan ta’minlash imko-
niyatlarini kengaytirish muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda mamlakatda aholini ish bilan bandligini ta’min-
lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagi-
larni qamrab oladi:
Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillash-
tirish hamda ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh
kasb-hunarlarga o‘rgatish;
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o‘zgartirish va diversifika-
tsiyalashga e’tiborni kuchaytirish;
Ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar faoliyatini tako-
millashtirish, bunda eng avvalo, ushbu markazlar tuzilmasini maq-
bullashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |