XXVIII bob. ISHCHI КUCHI BOZORI. ISHCHI КUCHI VA
UNING BANDLIGI
1. Bandlik tushunchasi. To‘liq va samarali bandlik
muammosi.
2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.
3. Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati.
Ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.
4. O‘zbekistonda bandlikning tarkibi va uni takomil-
lashtirish vazifalari.
1. Bandlik tushunchasi. To‘liq va samarali bandlik muammosi
Mavjud qonunchilikka muvofiq ish bilan bandlik deganda fuqa-
rolarning qonunda taqiqlanmagan va ularga daromad keltiradigan
faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari
tushuniladi. “Bandlik mehnat layo-
qatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga
ishtiyoqi bor kishilarning ijtimoiy
foydali
mehnat
bilan
mashg‘ul
bo‘lishlaridir”. Ish bilan band aholiga
yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mus-
taqil ravishda ish bilan ta’minlagan
shaxslar kiradi.
Ish bilan band bo‘lish uchun
mehnatga layoqatli, ya’ni mehnat qi-
lish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat
resurslarini tashkil etadilar. O‘zbekistonda mehnat resurslariga
aholining quyidagi guruhlari kiradi:
Mehnatga layoqatli yoshdagilar:
16 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollar;
16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar.
Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqa-
sidagi) ishlovchilar.
581
Balog‘at yoshiga yetmagan ishlovchi o‘smirlar (16 yoshgacha
bo‘lganlar).
Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi
qatlamlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining
o‘rtacha 70-72 foizi, iqtisodiy faol, 28-30 foizi iqtisodiy nofaol
hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining 95% ga yaqini iqtisodiyotda
band qilingan. Iqtisodiy nofaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini
band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga yaqini mehnatga
layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan holda
ta’lim olayotganlardan iborat.
Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi.
Yalpi ishchi kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli
kishilarining (mehnat resurslarining) umumiy sonidir.
Yalpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi,
malakasi, mahorati, ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha
ko‘rsatkichlarida mujassamlashadi.
Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror hosil qilib
turilishi kerak.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy va aqliy
qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning
mehnat malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini
yangilab va o‘stirib borish hamda ishchi avlodini tayyorlash
kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.
Ishchi kuchini takror hosil qilish quyidagilarni anglatadi:
aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-
sharoitlarini yaratish;
xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish;
mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida
taqsimlash hamda qayta taqsimlash;
aholining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib
borish;
ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta’minlash.
Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishining asosiy maqsadlaridan biri
to‘liq ish bilan bandlikni ta’minlash hisoblanadi. “To‘liq bandlik”
va “samarali” yoki “oqilona” bandlikni ham taqozo qiladi.
Ish bilan to‘liq bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni
xohlagan barcha kishilarning ish bilan ta’minlanganini anglatadi.
582
Shuningdek, ish bilan to‘liq bandlik bir tomondan iqtisodiyotda
ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishini inkor etmaydi, boshqa
tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha kishilarning ishlab
chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi.
Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish
bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan
vaqt davomida qancha miqdorda tovar va xizmatlar yaratilishi, ular
qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul daromad olinishini
bildiradi. To‘liq bandlik belgilangan ish kuni, haftasi va oy
davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Aks
holda to‘liq bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi.
“Samarali” yoki “oqilona” va “samarasiz” bandlik ham mavjud.
Oqilona bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan
yuqori daromad keltiradigan va
ishlovchining
mehnatdan
qoniqishini
ta’minlovchi
bandlikdir. Samarasiz bandlik
mehnat unumdorligi past, ish
haqi kam va ishlovchi o‘z
mehnatidan
qoniqmagandagi
bandlikdir. Bunday bandlikda
texnologiya yuqori bo‘lmaydi,
malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi.
Oqilona bandlikka misol qilib kompyuter dasturchisining bandligini
olish mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning
mehnati maxsus iste’dod va tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi
ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Samarasiz bandlikka
misol qilib qishloq xo‘jaligi xodimlari bandligini olish mumkin. Ish
bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq
iqtisodiy manfaatdorligining ta’minlanishi zarurligini anglatadi. Bu
o‘z navbatida mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va
ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqozo qiladi.
Bandlik ishlovchi uchun ahamiyatiga qarab birlamchi va ikki-
lamchi bandlikka ajratiladi. Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan,
ya’ni daromadning asosiy qismini beruvchi faoliyat turi bilan band
bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo‘shim-
cha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Кo‘pchilik
583
ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad
ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi.
Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida ro‘y beradi.
Mehnat bozordagi holatni faqat ish haqi miqdori emas, balki bandlik
darajasi ham ifoda etadi. Bu daraja taklif etilgan mehnatning
qanchasi sotilganini bildiradi.
Bandlik darajasi ishlashga layoqati bo‘lganlarning qanchasi
amalda ishlab turishlarini bildiradi.
Bandlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat
resurslariga nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobiliyati bor-
larning hammasi ishlashni xohlaydi deb faraz qilinadi. Bandlik dara-
jasi (Bd) ishlovchilarning (I) mehnat resurslaridagi (Mr) hissasi
bo‘lib, foizda ifodalanadi. Bunda Bd=I/Mr•100%. Bandlik darajasi
mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga va iqtisodiyotining ishlab
chiqarish
imkoniyatiga
bog‘liq
bo‘ladi.
Iqtisodiy
jihatdan
rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish yuz berayotgan sharoitda
bandlik yuqori bo‘lib, ya’ni taklif etilgan ish kuchining katta
qismiga talab bildiriladi. Mazkur mamlakatlar uchun mehnatga
layoqatli aholining 94%ining band bo‘lishi bandlikning tabiiy
darajasi deb qabul qilingan.
Кeyns nazariyasiga ko‘ra bandlik darajasi samarali talabning
hosilasidir.
Boshqacha aytganda bandlik yalpi talab miqdoriga bog‘liq.
Iste’mol va investitsion tovarlarga talabning o‘sishi jamiyatning
samarali talabini ko‘paytiradi va shu asosda bandlik tartibga
solinadi. Кeyns davlat tomondan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni
(yo‘l qurish, ko‘priklar va boshqa infrastrukturani) tashkil etish
orqali faol aholini ish bilan band qilish masalasini ilgari suradi.
Bandlikni ta’minlashda sotsial-demografik jarayonlarning aha-
miyati ham muhim hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat
resurslari nisbatan ko‘p, aholining tabiiy o‘sishi yuqori. Lekin ular
hududlar, tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha bir tekis taq-
simlanmagan.
584
Yaratilayotgan ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining
o‘sish sur’atlariga har doim ham mos kelavermaydi. Xo‘jalik
aloqalarining murakkablashuvi, ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘sish
sur’atlarining
har
xil
darajasi,
iqtisodiyotdagi
tuzilmaviy
o‘zgarishlar bandlik sohasidagi muammolarni biroz keskinlashtirdi.
Кo‘pincha aholining bilim va malaka darajasi bozor muno-
sabatlarining yuqori talablariga to‘liq javob beravermaydi. Ayniqsa,
yoshlarning mehnatga layoqatli qismida ish bilan ta’minlanmaganlik
muammosi mavjud bo‘lib qoladi.
Respublikada bu muammoning oqilona yechimi – kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni,
xizmat ko‘rsatish va servis
sohasini jadal rivojlantirish
hisobidan yangi ish joylari
sonini keskin ko‘paytirib
borish hisoblanadi. Bu yo‘l
katta investitsiyalar va uzoq
vaqtni talab qilmaydi.
Respublikada yaqin is-
tiqbolda ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi masalalarni hal
qilish muhim o‘rin tutadi:
tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish;
transport va kommunikatsiya tizimini, ijtimoiy va bozor
infratuzilmasini jadal rivojlantirish;
aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish.
Moliyaviy mablag‘lar taqchilligi sharoitida yangi ish joylarini
yaratish uchun zarur resurslarni jalb qilish quyidagi yo‘nalishda
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
xususiy kapitalni, aholining shaxsiy jamg‘armalarini jalb qilish,
fuqarolarning shaxsiy va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun doirasida ko‘proq
erkinliklar berish;
585
chet el kapitalini jalb qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishi
uchun sharoit yaratib (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar)
borish;
faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning yangi ish joylarini
yaratishga
qaratilgan
mablag‘lari
jamg‘arilgan
qismini
ko‘paytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ;
sermehnat sohalarni kengaytirish va qo‘shimcha ish joylarini
yaratish uchun uzoq muddatli kredit mablag‘larini ko‘paytirish;
shaxsiy mablag‘lar hisobiga yoshlarning oliy va o‘rta maxsus
ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tayyorlash va mala-
kasini oshirish o‘quv maskanlari tarmog‘ini kengaytirish.
Aholi bandligini ta’minlash orqali mehnatning qo‘llanish doirasi
kengayadi, tovar ishlab chivarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ko‘-
payadi, kishilarning turmush darajasi ko‘tariladi, jamiyatdagi
ijtimoiy tanglik yumshatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |