O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

 

YaIM qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 

 

Biroq respublikamizda “iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari 



va  investitsiya  resurslariga  o‘sib  borayotgan  talabni  qanoatlantirish 

bir-biriga  muvofiq  emas”

87

.  Faqat  aftomobilsozlik  sanoatida  ishlab 



chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan. Bu nafaqat 

sanoat  mahsuloti  o‘sish  sur’atiga,  balki  mamlakatimiz  yalpi  ichki 

mahsuloti  o‘sishiga  ham  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Bu  sohada  im-

port  hajmi  eksportdan  bir  necha  barobar  yuqori  bo‘lib, 

                                                           

86

  Каримов  И.А.  “Ватан  равнақи  учун  ҳар  биримиз  масулмиз”  “Халқ  сўзи  ”  2001  йил  17  феврал  



№37. 

87

  Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -  har  bir  rahbar 



faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017. 14-yanvar. 33-bet. 

 

1,7 



3,8 

4,2 


7,0 

 

9,0 



 

8,5 


8,2 

8,0 


8,1 

8,0 


7,8 







1996 



2000 

2003 


2005 

2008 


2010 

2012 


2013 

2014 


2015 

2016 



391 

mahalliylashtirish  darajasi  esa  importga  nisbatan  20  foizdan  ham 

past bo‘lib qolmoqda

88



Mahsulotning  o‘sish  sur’ati  bilan  ishlab  chiqarish  omillari 

miqdorining  o‘zgarishi  o‘rtasidagi  nisbiy  bog‘liqlik  iqtisodiy 

o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. 

Ekstensiv  iqtisodiy  o‘sishga  ishlab  chiqarishning  oldingi 

texnikaviy  asosi  saqlanib  qolgan  holda  ishlab  chiqarish  omillari 

miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab 

chiqarishni  ikki  hissa  ko‘paytirish  uchun  mavjud  korxona  bilan  bir 

qatorda  o‘rnatilgan  uskunalarning  quvvati,  miqdori  va  sifati,  ishchi 

kuchining  soni  hamda  malaka  tarkibi  bo‘yicha  xuddi  o‘shanday 

yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda 

amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. 

 Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi  sharoitida mahsulot chiqarish 

miqyoslarini  kengaytirishga  ishlab  chiqarish  omillarini  sifat 

jihatidan  takomillashtirish:  yanada  progressivroq  ishlab  chiqarish 

vositalarini  va  yangi  texnikani  qo‘llash,  ishchi  kuchi  malakasini 

oshirish,  shuningdek,  mavjud  ishlab  chiqarish  salohiyatidan 

yaxshiroq  foydalanish  yo‘li  bilan  erishiladi.  Intensiv  yo‘l  ishlab 

chiqarishga  jalb  etilgan  resurslarning  har  bir  birligidan  olinadigan 

samaraning, 

pirovard 

mahsulot 

miqdorining 

o‘sishida, 

mahsulot 

sifatining  oshishida  o‘z 

ifodasini  topadi.  Bunda 

mahsulot 

ishlab 


chiqarishni 

ikki 


hissa 

oshirishga,  ishlab  turgan 

korxonani  rekonstruksiya 

qilish  va  texnika  bilan 

qayta 

qurollantirish, 



mavjud  resurslardan  yax-

shiroq  foydalanish  hisobi-

ga erishish mumkin. 

                                                           

88

  Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -  har  bir  rahbar 



faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017. 14-yanvar. 13-bet  


392 

Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda emas, balki 

muayyan  uyg‘unlikda,  bir-biri  bilan  qo‘shilgan  tarzda  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Shu  sababli,  ustuvor  ekstensiv  va  ustuvor  intensiv 

iqtisodiy o‘sish turlari tahlil qilinadi. 

Iqtisodiy  o‘sish  murakkab  va  ko‘p  qirrali  jarayondir.  Shu 

sababli,  uni  baholash  uchun  qandaydir  bitta  ko‘rsatkich  kifoya 

qilmaydi,  muayyan  ko‘rsatkichlar  tizimi  talab  qilinadi.  Bu  ko‘r-

satkichlar  tizimida  jismoniy  va  qiymat  ifodasidagi  ko‘rsatkichlar 

farqlanadi. 

Iqtisodiy  o‘sishning  jismoniy  ko‘rsatkichlari  ancha  aniq  natija 

beradi,  (chunki  ular  inflatsiya  ta’siriga  berilmaydi),  lekin  unversal 

emas  (iqtisodiy  o‘sish  sur’atlarini  hisoblashda  har  xil  ne’matlar 

ishlab  chiqarishni  umumiy  ko‘rsatkichga  keltirish  qiyin).  Qiymat 

ko‘rsatkichlar  keng  qo‘llaniladi,  ammo  har  doim  ham  uni 

inflatsiyadan to‘liq «tozalash» mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli, 

iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi. 

Makroiqtisodiy  darajada  iqtisodiy  o‘sishning  asosiy  qiymat 

ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: 

YaIM yoki milliy daromadning mutlaq hajmining o‘sish sur’ati; 

YaIM yoki milliy daromadning aholi jon boshi hisobiga to‘g‘ri 

keladigan miqdorining o‘sish sur’ati; 

YaIM  (IMM)  yoki  milliy  daromadning  iqtisodiy  resurs 

xarajatlari  birligi  hisobiga  to‘g‘ri  keladigan  miqdorining  o‘sish 

sur’ati; 

Iqtisodiy  o‘sishni  aniqlashda  har  uchala  ko‘rsatkichdan  ham 

foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. 

Masalan:  agar  tahlil  markazida  iqtisodiy  salohiyat  muammosi 

tursa,  birinchi  ko‘rsatkichdan  foydalanish  ko‘proq  mos  keladi. 

Alohida  mamlakat  va  regionlardagi  aholining  turmush  darajasini 

taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtiso-

diy  samaradorlikni  baholashda  uchinchi  ko‘rsatkichga  ustuvorlik 

beriladi. 

Odatda  iqtisodiy  o‘sish  %  (foiz)  da  o‘sishning  yillik  sur’ati 

sifatida  aniqlanadi.  Masalan,  agar  o‘tgan  yili  real  YaIM  600  mlrd. 

so‘mni va joriy yilda 700 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘sish 

sur’atini joriy yildagi real YaIM ning bazis davrdagi hajmiga bo‘lish 



393 

yo‘li  bilan  aniqlash  mumkin.  Bu  holda  o‘sish  sur’ati  116,6%  ni 

(700/600*100) tashkil qiladi. 

Mamlakatning  iqtisodiy  o‘sish  sur’atini  tavsiflaydigan  ko‘r-

satkichlar (real YaIM, aholi jon boshiga va iqtisodiy resurs birligiga 

real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular:  

‒  birinchidan,  mahsulot  sifatining  oshishini  to‘liq  hisobga 

olmaydi  va  shu  sababli  farovonlikning  haqiqiy  holatini  to‘liq 

tavsiflab berolmaydi; 

‒ ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi 

bo‘sh  vaqtning  sezilarli  ko‘payishini  aks  ettirmaydi  va  farovonlik 

real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; 

–  uchinchidan,  iqtisodiy  o‘sishni  miqdoriy  hisoblash  boshqa 

tomondan uning atrof-muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini 

hisobga  olmaydi.  Shu  sababli,  tahlilda  iqtisodiy  o‘sishning  shart-

sharoitlari  va  alohida  tomonlarini  tavsiflovchi  ko‘rsatkichlardan 

ham  foydalaniladi.  Ulardan  asosiylari  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar 

rivojlanish  darajasi,  iqtisodiy  resurslar  unumdorligi,  milliy 

iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad 

va foyda miqdorining oshishi kabilar hisoblanadi. 

Ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  rivojlanish  darajasi  quyidagi 

ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 

a)  ishlab  chiqarish  vositalari  va  texnologiyaning  rivojlanish 

darajasi; 

b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; 

d) ishlab chiqarishning moddiy va inson omillari nisbati

e)  mehnat  taqsimoti,  ishlab  chiqarishning  tashkil  etilishi, 

ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi. 

Iqtisodiy  o‘sishning  jahon  amaliyotida  keng  qo‘llaniladigan 

boshqa  ko‘rsatkichi  iqti-

sodiyotning  tarmoq  tuzi-

lishi  o‘zgarishi  hisobla-

nadi.  U  tarmoqlar  bo‘-

yicha  hisoblab  chiqilgan 

YaIM  ko‘rsatkichi  aso-

sida 


tahlil 

qilinadi. 

YaIMda  industrial  va 

qayta  ishlovchi  sanoat 




394 

tarmoqlari  ulushining  ortib  borishi  nafaqat  uning  miqdoran  o‘sib 

borishi, balki sifat jihatdan yaxshilanayotganini ham anglatadi. 

 Aholi  shaxsiy  daromadi  va  tadbirkorlik  sektori  foyda  miqdori 

mutlaq  hamda  nisbiy  ko‘rsatkichlarda  ortib  borishi  ham  iqtisodiy 

o‘sish sur’ati va sifati to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. 

Iqtisodiy  resurs  va  texnikaviy  vositalar  birligi  unumdorligi 

ortishi  iqtisodiy  o‘sishning  jismoniy  ko‘rsatkichlari  jumlasiga 

kiradi.  Jumladan,  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  hosildorligi  va  chorva 

mollari  mahsuldorligi  ortishi,  bir  kombayn  hisobiga  yig‘ib  olingan 

g‘alla  yoki  paxta  hosili  miqdori  o‘sishi,  to‘quv  dastgohi  birligiga 

ishlab  chiqarilgan  material  miqdorining  ko‘payib  borishi  shular 

jumlasidandir.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish