O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XXI bob. IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIК



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

XXI bob. IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIК 

 

1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari. 



2. Iqtisodiy o‘sishning omillari. 

3.  Iqtisodiy  o‘sish  modellari.  Iqtisodiy  taraqqiyotda  inno-

vatsiyalarning o‘rni. 

4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi. 

5.  Milliy  hisoblar  tizimida  milliy  boylikni  hisoblashning 

xususiyatlari. 

 

1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari 

 

Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan 



birga  ziddiyatli  jarayon  hisoblanadi.  Iqtisodiy  rivojlanish  hech 

qachon  bir  tekis,  yuqorilab  boruvchi  chiziq  ko‘rinishida  ro‘y 

bermaydi. 

Har  qanday  jamiyatda  o‘sib  borayotgan  ehtiyojlarni  qondirish 

va  farovonlikka  erishish  uchun  iqtisodiy  o‘sish  yuz  berishi  kerak. 

Iqtisodiy  o‘sish  deganda  iqtisodiy  ravnaqni,  ya’ni  iqtisodiyotning 

dinamik  rivojlanishini,  yaratilgan  tovarlar  va  xizmatlarning 

ko‘payib borishini tushunamiz. Shunday ekan iqtisodiy o‘sish milliy 

iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqi-

yotni  ifoda  etadi  va  yalpi  ichki  mahsulotning  (YaIM)  ko‘payishini 

bildiradi. YaIM hajmining ortishi iqtisodiy o‘sishning umumlashgan 

pulda  ifodalangan  ko‘rsatkichi  hisoblanadi.  Shu  bilan  birgalikda, 

iqtisodiy  rivojlanish  o‘z  ichiga  siklning  yuksalish  va  inqiroz 

davrlarini,  iqtisodiyotdagi  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlarni,  ijobiy  va 

salbiy natijalarni olib notekis boradi. 

Milliy  iqtisodiyotda  iqtisodiy  rivojlanish  qiyin  aniqlanadigan 

jarayon  bo‘lganligi  sababli,  uning  mezonlaridan  biri  bo‘lgan 

iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi.  

«Iqtisodiy  o‘sish»  tushunchasi  dastlab  fransuz  iqtisodchisi 

S.B.Sey (1767-1832) va nemis iqtisodchisi I. G. fon Tyunen (1783-

1850) asarlarida tadqiq qilingan bo‘lsa, keyinchalik mazkur tushun-



389 

chaning  mazmunini  yoritib  berishga  amerikalik  iqtisodchi  B.  Кlark 

(1847-1938)  va  ingliz  iqtisodchisi  U.Jevons  salmoqli  hissa 

qo‘shgan. 

 Iqtisodiy  o‘sish  iqtisodiy  rivojlanishning  tarkibiy  qismi  bo‘lib, 

o‘z ifodasini real YaIM hajmi va uning aholi jon boshi hamda sarf-

langan  resurs  birligiga  ko‘payishida  topadi.  Shuni  aniq  tasavvur 

qilish  kerakki,  mahsulotlar  va  xizmatlar  g‘oyat  xilma-xil  o‘lchamli 

bo‘lganligidan  ularning  yagona  jismoniy  o‘lchami  mavjud  bo‘l-

maydi. Yagona o‘lcham vazifasini bozor narxi bajaradi. Qanday ish 

bajarilmasin  yoki  mahsulot  yaratilmasin,  uning  hajmi  muayyan 

miqdordagi pulga teng deb hisoblanadi.  

Iqtisodiy  o‘sish  esa,  YaMMning  real  hajmi  bilan  aniqlanadi. 

Uning  qiymat  ‒  pul  shaklidagi  real  hajmi  doimiy  narxlarda  yoki 

qat’iy  valutalar  hisoblanadi.  Chunki  joriy  narxlarda  YaMMning 

moddiy hajmi o‘smasa-da, inflatsiya ta’sirida, uning qiymat miqdori 

ortib ketadi. Iqtisodiy o‘sishga davriy jihatdan yondashilganda, u bir 

xil  suratlarda  va  bir  tekis 

bormaydi. Tarixda iqtisodiy 

o‘sish  sur‘atlarining  jadal-

lashish,  jiddiy  pasayish  va 

hatto  cheklanish  davrlari 

ma’lum.  Agar  katta  tarixiy 

bosqichlar  olib  qaraladigan 

bo‘lsa,  jahon  yoki  milliy 

davlatlar 

iqtisodiyotida, 

barqaror  iqtisodiy  o‘sish, 

ishlab  chiqarishning  har 

tomonlama  taraqqiyot  manzarasi  hosil  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga 

iqtisodiy  o‘sish  nafaqat  miqdor,  balki  muayyan  sifat  o‘zgarishlari 

shaklida  ham  namoyon  bo‘ladi.  Respublikamiz  Birinchi  Prezidenti 

I.Кarimov  ta’kidlab  o‘tganlaridek:  «Iqtisodiy  rivojlanish  sur’atlari 

haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko‘rsat-

kichlariga  ko‘proq  e’tibor  qaratish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bunday  o‘sishlar  iqtisodiyotimizda  yuz  berayotgan  tarkibiy 

o‘zgarishlar,  uning  izchil  va  barqaror  rivoji  uchun  xizmat  qilishi, 



390 

xalqimizning  hayot  darajasini  yuksaltirishga,  bir  so‘z  bilan 

aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»

86

.  



Shunday  ekan  iqtisodiy  o‘sish  bevosita  yalpi  milliy  mahsulot 

miqdorining  mutlaq  va  aholi  jon  boshiga  hamda  iqtisodiy  resurs 

sarflari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida 

va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. 

Respublikamizda 2004-yildan boshlab barqaror iqtisodiy o‘sish 

sur’atlariga  erishildi,  so‘nggi  yillarda  8,0  foizdan  ziyod  barqaror 

iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolmoqda.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish