darajasi bilan birga, unga bo‘lgan talab va taklif nisbati ham ta’sir
277
liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aksiyalar summasi va hissadorlik
korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi
farqdan iborat.
Dividend. Hissadorlik korxona-
sida ta’sischilik foydasi bilan bir
qatorda dividend ham shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus –
bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga
to‘lanadigan daromad. Dividend vo-
sitasida aksiya egasi qimmatli qo-
g‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul
mablag‘lari (kapital) ning tegishli
qismiga o‘zining mulkchilik hu-
quqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga
chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan
foydaning
bir
qismi
taqsimlanadi.
Uning
boshqa
qismi
jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend
miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog‘liq
va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo‘ladi.
Odatdagi aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori hissadorlik jami-
yati joriy yilda olgan foyda miqdoriga bog‘liq. Imtiyozli aksiyalar
bo‘yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan qat’i
nazar qayd qilingan foiz shaklida o‘rnatiladi. Jamiyat tugatilgan
taqdirda imtiyozli aksiya egasiga shu maqsadda qo‘yilgan mablag‘
uning nominal qiymati bo‘yicha qaytariladi.
Hozirgi kunda respublikamizda korxonalarni aksionerlashtirish-
ning ikkita yo‘nalishi tarkib topdi: birinchi yo‘nalishda o‘zining hu-
quqiy maqomini o‘zgartirmaydigan, davlat mulki bo‘lib qoladigan
korxonalar, ikkinchi yo‘nalishda o‘zining huquqiy statusini o‘zgarti-
rib to‘liq aksionerlik jamiyatiga aylangan korxonalar aksiya
chiqaradi.
Respublikada aksionerlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishi davlat mulkchiligidagi yirik va o‘rta korxonalar negizida
ochiq hissadorlik jamiyatlari tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga
ilgari tuzilgan yopiq turdagi jamiyatlar ochiq turdagi aksionerlik
jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko‘zda tutilgan. Buning ma’nosi
shuki, aksionerlik jamiyatiga o‘tish jarayoni respublika aholisining
278
keng qatlamlari uchun, shuningdek, xorijiy jismoniy va huquqiy
shaxslar uchun ochiq bo‘lishi lozim. Bunga qimmatli qog‘ozlarning
ochiq savdosini o‘tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengay-
tirish, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, kliring va
agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozori
infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: