13.11-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi
73
.
13.11-chizmada uchta farqsizlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib,
ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori
darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish.
Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan
nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. S va D
nuqtalar bir xil budjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala
kombinatsiyaga ham bir xil budjet sarflanadi. Iste’molchining S
nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan
ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko‘p ehtiyojni qondirishi
mumkin, biroq u budjet imkoniyatidan tashqariga chiqish
hisoblanadi.
D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimum-
lashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini
ta’minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi
farqsizlik egri chizig‘ining budjet chizig‘i bilan kesishgan joyida
yotadi. D nuqta ayni paytda budjet chizig‘ining va farqsizlik egri
chizig‘i joylashishining bir xil darajasini ko‘rsatadi. D nuqtada budjet
A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, farqsizlik egri chizig‘ida esa
A va B tovarlar so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng. Bundan
kelib chiqib quyidagi formulani keltirishimiz mumkin
74
:
73
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth
edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375 bet.
74
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth
edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375 p.
267
y
x
P
Px
MUy
MU
yoki
y
y
x
x
P
MU
P
MU
Suv va brilliant paradoksi
A.Smit o‘z davrida ayrim real hayotimizdagi jumboqlarni
yecha olmagan. Xususan bizning yashashimiz uchun muhim,
demakki, nafliligi juda baland bo‘lgan narsalarning narxi ancha past,
aksincha, biz uchun unchalik muhim bo‘lmagan, nafliligi kam
bo‘lgan narsalarning narxi esa baland, bo‘lishini tushuntirib bera
olmagan. Masalan, suvning nafliligi juda baland, ammo narxi past,
brilliantning narxi juda baland, lekin nafliligi juda past. Bu
paradoksning yechimi shundaki, suv taklifi unga bo‘lgan talabga
nisbatan ancha ko‘p, shuning uchun narxi past. Brilliantlarni ishlab
chiqarish qiyin bo‘lganligi sababli uning taklifi unga bo‘lgan talabga
nisbatan kam. Shuning uchun uning narxi baland. Suvning oxirgi
birligining sunggi qo‘shilgan nafliligi juda ham past. Brilliantlarniki
esa baland. Ammo bu uning umumiy nafliliklari ham shu nisbatda
bo‘ladi degani emas. Aslida, suvning umumiy nafliligi biz uchun
juda ham baland, faqatgina uni ko‘p miqdorda iste’mol qilganimiz
uchungina uning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi brilliantnikidan pastga
tushib ketadi. Brilliantning narxi baland bo‘lganligi sababli uni kam
iste’mol qilamiz va shuning uchun uning umumiy nafliligi kam
75
.
(
)
(
)
(
)
(
)
suv past
brilliant baland
suv past
brilliant baland
MU
MU
P
P
Bu suv va brilliant paradoksi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |