3. Narxning turlari. O‘zbekistonda davlatning narx siyosati
Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi.
Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va
amal qilish doirasidir.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi.
Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda,
ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda
ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.
Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga
sotiladigan narxlar. Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji
narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini
oladi.
192
Xarid narxlari. Bu narxlar
davlat
buyurtmasi
bo‘yicha
ishlab chiqarilgan tovarlarga
belgilanadi. Ayrim hollarda
bunday
narxlarga
muayyan
ustama va imtiyozlar bo‘lishi
ko‘zda tutiladi.
Dotatsion narxlar. Davlat
budjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.
Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar
bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda
foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narxlar. Allohining yuqori daromad oluvchi qatlami
xarid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgilanadi.
Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va
h.k.) narxi sifatida chiqadi.
Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari
mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor
kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy
bo‘lib qoladi.
Erkin narxlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan
bozor narxlaridir.
Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat
narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab
chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilanganda hamda
moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir
ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan
narxlarni kiritish mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan
belgilangan yuqori va quyi chegara doirada o‘zgarishi mumkin.
Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlaydi, uning
o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod
bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik
kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va
nogiron qatlamlarini minimal darajada ta’minlab turish uchun
ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagan
193
narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri-ehson tashki-
lotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi narxi
bilan arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari
hisobidan qoplaydilar.
Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi
tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.
Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va
jahon narxlari ajratiladi.
Hududiy (mintaqaviy) narxlar muayyan hududiy bozorlarda
uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.
Milliy narxlar alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy
sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.
Jahon narxlari muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan
baynalmilal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga
mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif
nisbatini o‘zida aks ettiradi.
O‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra standart va o‘zgaruvchan
narxlar farqlanadi.
Bozor sharoitiga qarab o‘zgarmaydigan narxlar standart
narxlar deyiladi. Bunda narx o‘zgarmasada, foyda ko‘payishi
mumkin, ya’ni bu narx xaridorga qulaylik tug‘diruvchi xarajatlarni
qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan: Avtobusda yo‘l
haqi o‘zgarmaydi, lekin avtobuslar soni qisqaradi yoki bekatlar
qisqartiriladi, muzqaymoq tarkibida sariyog‘ yoki qaymoq ulushi
kamaytiriladi.
O‘zgaruvchan narxlar – bozor sharoitiga qarab oshib yoki
pasayib turadi. Bunda talabning o‘zgarishi hisobga olinadi.
Masalan: yangi tovar rusumga kirayotganda, unga talab yuqori,
shunga ko‘ra narxi baland bo‘ladi. U kundalik zarur tovarga
aylangach narxi ham arzonlashadi. O‘zgaruvchan narxlar yana shun-
da ko‘rinadiki, qish mavsumi boshlanganida qishki kiyimlar qimmat
bo‘lib, bahorga borib ular arzonlashadi. Narxlarning o‘zgarishi
ma’lum chegarada yuz beradi. Narxlar o‘rtasidagi farqning miqdoriy
o‘lchami narx diapazoni deyiladi.
Narx diapazoni – turli narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir.
Shakllanish sharoitidan kelib chiqib, erkin bozor narxlari va
monopol narxlarni ajratish mumkin.
194
Monopol narxlar monopol mavqeiga ega bo‘lgan tovarlarga bel-
gilanib, u ishlab chiqarish narxidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Erkin bozor narxlari – sof raqobatli bozor sharoitida vujudga
keladi.
Yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tibiiy resurslarga
belgilanadigan narxlarni irratsiotnal narxlar deyiladi.
Yashirin narxlar xufiyona bozorlarda shakllanadigan narxlarni
anglatadi.
Narxlar darajasi va nisbati bozor holatini ko‘rsatadi. Narxlar
darajasi ularning mutlaq o‘lchamidir. Narx darajasi ikki turga
bo‘linadi: 1) Mutlaq daraja – bu narxning umumiy miqdori bo‘lib,
ma’lum tovarning qancha turishini ko‘rsatadi. 2) Nisbiy daraja – bu
narxning iste’molchi daromadi xarid qobiliyatidagi ulushini
ko‘rsatadi. U tovar narxi iste’molchi pul daromadining necha foizini
tashkil etishini ko‘rsatadi. Masalan: iste’molchining bir oylik
maoshi 1,5 mln deb faraz qilaylik, 1 kg go‘sht narxi 30 ming so‘m.
Demak, go‘sht narxining dehqon bir oylik daromadidagi nisbiy
ulushi 2% (30:1500x100)ga teng.
Davlatning narx siyosati – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida
narxlarni erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori
narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirishdan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
xomashyo bilan mahsulot ayrim turlari narxlari o‘rtasidagi
nomutanosiblikni yumshatish;
narx bilan aholi daromadlari va korxonalar foydasi o‘rtasidagi
mutanosiblikka erishish;
investitsion tovarlar, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining
oqilona nisbatini ta’minlash;
ishlab chiqarish vositalari, xalq iste’mol tovarlari, bajarilgan
ishlar va xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o‘tish;
milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish.
Narxlarni erkinlashtirish-iqtisodiy islohotlarning eng asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p
jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni
erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari,
narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka
195
erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yonda-
shuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib
yuborish; b) narxlar o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;
d) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum
darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, shu
yo‘llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-
sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy
ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab
olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan
salbiy oqibatlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda MDH ning bir qator mustaqil
davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «tezkor» yo‘lini tanlab oldi.
Barcha turdagi xomashyo resurslari, iste’mol mollari hamda
xizmatlar narxini bir yo‘la erkin qo‘yib yubordi. Natijada narxlar
keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoq-
lashuviga, ijtimoiy ahvolning keskinlashuviga olib keldi, ishlab
chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining
izdan chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos
tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi
hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich
erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l bilan narxlarni
erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992-yilning boshida)
keng doiradagi ishlab chiqarish, texnika vositasi bo‘lgan mahsu-
lotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va
xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini
himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat
tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi
xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
196
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993-yil) keli-
shilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi.
Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan
narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni
ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994-yil,
oktabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari
erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning
tariflari oshirildi. Shunday
qilib,
respublikada
iqtisodiyotni
isloh
qilishning birinchi bosqichi
narxlarni
bosqichma-
bosqich (uch bosqichda)
to‘liq erkinlashtirish bilan
tugadi.
Narxlarni
erkinlashtirish
aholini
ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib
borildi. Respublika iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida:
“... makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy
o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat
budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valuta va ichki bozordagi
narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor
vazifamizdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |