M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
88-rasm. Greyg lolasi (T. greigii) 
 
QO‘NG‘IRBOSHLILAR TARTIBI (POALES) 
 
Bu  tartib  vakillarining  poyasining  silindrik  va  bo‘g‘imli  bo‘lishi, 
bargi  tanasining  ikki  yoniga  joylashib,  barg  qinining  ochiq  va  tilchali 
bo‘lishi,  shamol  vositasi  bilan  changlanishga  yanada  ko‘proq 
moslanganligi  xarakterlidir.    Bularda  gulqo‘rg‘oni  yo‘q  yoki  juda 
reduksiyalangan.  Shamol  vositasi  bilan  yoki  o‘z-o‘zidan  changlanadi. 
Otaligi  ko‘pincha  3  ta.  Onaligi  ustki  tugunchali,  bir  uyali,  bir 
urug‘kurtaklidir.  Mevasi  —  don  meva,  ba’zan  yong‘oqchasimon  yoki 
rezavorsimon  meva  ham  bo‘ladi.  Murtagi  endospermga  bir  yoni  bilan 
yondashib,  urug‘ning  tagida  o‘rnashadi.  Bu  tartib  juda  katta,  birgina 
g‘alladoshlar oilasidan iborat. 
Bu  oilaga  560  avlod  va  6700  dan  ko‘proq  tur  kiradi.  Shulardan  200 
avlod  va  1000  turi  MDX  florasida  tarqalgan,  buning  91  avlodi  va  270 
turi O‘zbekiston florasida uchraydi. 
G‘alladoshlar  oilasi  asosan  ko‘p  yillik  yoki  ikki  yillik  o‘t  o‘simliklardir,  ular 
ba’zan  butasimon  yoki  daraxtsimon  shakllarda  bo‘lib,  yer  sharining  hamma 
qismida  keng  miqiyosda  tarqalgan.  Ko‘pchilik  turlari  tropik  mamlakatlarda 


326 
 
uchraydi.  G‘alladoshlarning  ildizi  asosan  popuksimon  bo‘ladi,   o‘q  ildiz 
ularda  taraqqiy  etmaydi.  Chunki  urug‘i  unishi  bilan  murtakdagi  bosh 
ildiz  o‘sish  va  rivojlanishdan  qolib,  tezda  nobud  bo‘ladi.   Uning  o‘rniga 
poyasining  tagida  ko‘p  miqdorda  qo‘shimcha  ildizlar  vujudga  keladi. 
Ko‘p  yillik  vakillarida  uzun  yoki  qisqa  ildizpoyalar  hosil  bo‘ladi. 
Ulardan  ham  qo‘shimcha  ildizlar  taraqqiy  etadi,  ular  asosiy  ildiz  bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Poyasi 
silindrik 
tik 
chiqqan 
yoki 
yonboshlab 
ko‘tarilgan, 
bo‘g‘imsimon bo‘lib, buyi 2 sm dan 30 m gacha, boradi.  
G‘alladoshlarning  poyasi  bo‘g‘imli,  bo‘g‘im  oraliqlari  ko‘pincha 
bo‘sh  bo‘lganidan  u  poxol  yoki  somon  poya  deb  ham  ataladi.  Odatda 
poyasi  shoxlamaydi  (bambuklar  bundan  mustasno).  G‘alladoshlarning 
faqat  poyasining  tagi,  ya’ni  to‘planish  zonasi  hamda  ildiz  poyalari 
shoxlanadi.  Ularning  barglari  oddiy,  bandsiz  (bambukdan  tashqari),  ikki 
yonida  ikki  qator  bo‘lib  navbatlashib  joylashgan,  u  poyani  urab  olgan 
silindrik  qin  va  qayrilgan  lentasimon,  lansetsimon,  ba’zan  tuxumsimon 
yoki bigizsimon shaklli plastinkadan iborat. 
Barg  plastinkasining  tagida  yoki  uning  qindan  ajralgan  yerida 
kichkina, yupqa, pardasimon yoki qilichsimon o‘simta bo‘ladi. Bu tilcha 
(Ligula)  deb  ataladi.  Tilcha  ikkita  gulyonbargchalarning  o‘sishidan 
vujudga  kelgan  bo‘lib,  u  suvni  barg  qini  ichiga  kirishdan  saqlaydi. 
Tilchaning  shakli,  katta-kichikligi  va  boshqa  belgilari  g‘alladoshlar 
sistematikasida muhim rol o‘ynaydi. 
Gullari  mayda,  rangsiz,  ko‘kimtir,  gulqo‘rg‘onsiz  bo‘lib,  qisqargan  sodda 
to‘pgul hisoblanadigan boshoqchalarda joylashgan.  
Boshoqchalar esa o‘z navbatida boshoq, sulton, so‘ta, ruvak kabi murakkab 
to’pgullar  tashkil  qiladi.  Gullari  ikki  yoki  bir  jinsli.  Oddiy  boshoqchalar  bir, 
ikki yoki bir nechta gulga ega. Har qaysi oddiy boshoqchani asosida boshoqcha 


327 
 
qobiqlari o‘rnashgan, ularning soni bir, ikki yoki uchta to‘rtta bo‘ladi. Mayda 
gullari ikkita gul qobig‘iga,  ya’ni ostki va ustki gul qobiqlariga ega.  
Ostki gul qobig‘i qalin va yashil rangli, qiltiqli yoki qiltiqsiz bo‘ladi. Ustki 
gul  qobig‘i  pardasimon,  gulining  ko‘p  qismini  o‘rab  olgan.  Gul  qobig‘idan 
keyin ikki qavat parda joylashgan bo‘lib, o‘zgargan gulqurg‘on hisoblanadi va 
lodikula 
(Lediculae) 
deb 
ataladi. 
Lodikulalar 
reduksiyalangan 
gulqo‘rg‘on 
ichki 
doirasining 
qoldig‘i 
bo‘lib 
hisoblanadi. 
Lodikulalarning  biologik  roli  juda  katta.  Ular  g‘allalar  gullagan  paytda 
bo‘kadi va gultangacha bargchalarni itarib, ularni bir-biridan ajratadi va 
gulning  ochilishiga  yordam  beradi,  otalik  va  onaliklarning  gul  ichidan 
chiqib, osilib turishiga imkon tug‘diradi(89- rasm). 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish