87-rasm. Oddiy piyoz-Allium s er a Piyozlar avlodining 68 turi O‘zbekistonda va unga qo‘shni
respublikalarda uchraydi. Cho‘lda, dashtda, tog‘ va tog‘ etaklarida
o‘sadi.
Oddiy piyoz (Allium cepa),Bu yirik piyozning hamma bargi
silindrik, ikki yillik o‘simlik bo‘lib, dehqonchilik jarayonida uning bir
qancha navlari bunyodga kelgandir. Sabzavot o‘simligi sifatida ekilib
ho‘lligida ham, pishirilib ham iste’mol qilinadi.
Sarimsoq (A. Sativum).Piyozi tuxum shaklli bir necha bola
piyozchalardan iborat.Uning barglari tasmasimon bo‘lib, guli uzun
324
tumshuqli qin bilan o‘ralgan. Hamma yerda ekiladi. Piyozi ovqat ta’mini
yaxshilovchi va dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ovqatga ishlatiladi.
Meditsinada ham ishlatiladi.