Yuqorida aytib o’tganimizdek, andozalashtirish (unifikatsiya) o’zaro
almashinuvchanlikni yuqori darajada taminlovchi asosiy vositadir.
O’zaro almashinuvchanlikning amaliy ah’amiyati va foydasi 1926 yilda Tula
qurol-yaroq zavodida ko’rgazmali namoyon qilingan edi. Ombordan 30 ta duch
kelgan miltiqni tanlab olishib, qismlarga ajratishgan va detallarni aralashtirib
yuborishgan. So’ngra miltiqlarni qaytadan yig’ishsa, ular bexato ishlagan.
O’zaro almashuvchanlik buyum va tuzilmalar ishlab chiqarishda meh’nat
taqsimotini keng miqyosda qo’llash imkonini beradi, ishlab chiqarish
ommaviyligini oshirishga va seriyali partiyalarni yiriklashtirishga,
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni yanada kengaytirishga olib keladi,
pirovard natijada, meh’nat unumdorligi ortadi, mah’sulot tannarxi kamayadi va
sifati yuksaladi. Bu narsa juda katta ijtimoiy-iqtisodiy ah’amiyatga egadir.
O’zaro almashuvchan ishlab chiqarishda buyum va tuzilmalarning detallari va
tugunlari turli korxonalarda tayyorlanishi mumkin.
Shuningdek, buyum yoki inshoot qismlarining o’zaro almashuvchanligi ular
sifatini oshiradi, h’amda texnik h’izmat ko’rsatish va tamirlashda eh’tiyot
qismlardan keng foydalanish yo’li bilan qurilish-tamir ishlarini arzonlashtiradi.
Loyih’alash, ishlab chiqarish va ishlatish jarayonida detallar, yig’iluvchi
birikmalar va buyumlarning o’zaro almashuvchanligini taminlovchi talablarning
ilmiy-texnik asoslari majmuiga o’zaro almashuvchanlik tamoyillari deyiladi.
O’zaro almashuvchanlik masalasi miqyosiga
qarab detallar, tugunlar va
agregatlarning andozalashtirish (unifikatsiya), meyorlashtirish (normalizatsiya) va
standartlashtirishni talab qiladi. Chunki bu masala barcha
mavjud xilma-xil
buyumlarni qandaydir
bir xillikka keltirishni, yani andozalashtirishni zarur qilib
qo’yadi, bir turdagi detallarning turli joylarda
tayyorlanishlariga qaramasdan,
texnik ko’rsatkichlar bo’yicha ularning bir xilligiga erishish kerak.
Meyorlashtirish - detallar, tugunlar, agregatlar va inshootlarning tiplari,
o’lchamlari, parametrlari, texnik shartlariga nisbatan yagona meyor va talablar
o’rnatish.
Meyorlashtirish malum bir korxona, ayrim mah’kama yoki sanoat, ishlab
chiqarish tarmog’i doirasida amalga oshiriladi va meyorlar deb ataluvchi texnik
h’ujjatlar yordamida rasmiylashtiriladi.
“Qurilish meyorlari va qoidalari” qurilish soh’asiga mansub loyih’alash, ishlab
chiqarish va binolardan foydalanish majmui bo’yicha amal qilinadigan ana
shunday meyoriy h’ujjatlar doirasiga kiradi.
Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, metrologiya, standartlashtirish va
sifat nazorati barcha soh’alarda bo’lgani kabi qurilish ishlab chiqarishida h’am
muh’im o’rin tutadi. Qurilishning taraqqiyoti va kelajagi ko’p jih’atdan mazkur
yo’nalishlarda olib borilayotgan tadqiqodlar va ulardan amaliyotda qay darajada
qo’llanilayotganligiga bog’liq. Metrologik aniqlik darajasi yuqori bo’lgan,
standartlashtirish tamoyillariga amal qilingan va sifat nazorati talablariga
asoslangan h’olda bino va inshootlarni barpo etish katta iqtisodiy ah’amiyatga ega
bo’lgan masaladir. Aytib o’tilgan iqtisodiy samara loyih’alash jarayonidan tortib,
qurilish ashyolari va tuzilmalarini tayyorlash, bino va inshootlarni tiklash, ulardan
foydalanishga qadar barcha bosqichlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki, o’zaro
almashuvchanlik tamoyillariga amal qilinganda qurilish tuzilmalarini loyih’a
echimlarini belgilashdan boshlab, bino va inshootlarni qurish, foydalanish,
tamirlash va qayta qurishgacha bo’lgan jarayonlarda moddiy xom-ashyo va
meh’nat h’arajatlarini iqtisod qilishga, qurilishga ketadigan vaqtni qisqartirishga
olib keladi. Bu esa o’z navbatida sarflangan kapital qo’yilmalardan tez kunda va
yuqori samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: