Ummu Muhammad
(quddisa sirruho)
Shayx Abu Abdulloh ibn Xafifning volidai muhtaramasidir. Obida va qanoatli xonimlardan
edi. Abu Abdulloh ibn Xafif bilan dengiz yo‘li bilan hajga borgan. Bu obida ayolning
mukoshafa (kashfu karomatlari) va mujohada (riyozatlari) juda ham ko‘p.
Aydilarki, Shayx Abu Abdulloh ibn Xafif ham Ramazon oyining oxirgi o‘n kunida tunlarini
ibodat bilan kechirardi. Qadr kechasi kelganida tomga chiqib namoz o‘qir edi. Ana
shunday bir kecha uning onasi uy ichida Haq taologa mutavajjih (sidqu ixlos bilan
yuzlangan holatda) o‘tirgan edi. Tuyqus qadr kechasining fayz va nuri zohir bo‘la
boshladi. Shunda “Muhammad, bolajonim! Qaerdasan? Sen u yerda izlayotgan narsa bu
yerdadir”, deya ovoz berdi. Shayx tomdan pastga tushdi va porlab jilvalanayotgan
nurlarni ko‘rib, volidasining oyoqlariga o‘zini otib o‘pdi, yig‘lay boshladi.
Shayx (Abu Abdulloh ibn Xafif) keyinchalik shunday degan: “Men onamning qadru
qiymatini ana o‘shanda yana bir karra bilib olganman”.
Do'stlaringiz bilan baham: |