Bir kez Samnun Muhib muhabbat haqida gapirayotgan edi. Fotima uning so‘zlarini
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
tinglab o‘tirganlar orasida edi. Toqat keltirolmay jon berdi. U bilan birga yana uch kishi
jon taslim qildi.
Fidda
(rahmatullohi alayho)
Shayx Abu Rabiy Molikiy (rahmatullohi alayh) shunday deb aytgan: “Bir qishloqda soliha
bir ayolning holini eshitgan edim. Uni mashhur qilgan karomatini ko‘ray deya ziyoratiga
borishga orzumand bo‘ldim. Bu soliha ayolning nomi Fidda (kumush) edi. U yashayotgan
qishloqqa kelganimizda uning bir qo‘yi borligini, undan sut va asal sog‘ib olishini
aytishdi. (Do‘kondan) ikkita kosa sotib oldik va uning oldiga bordik. Salom bergandan
so‘ng: “Sening shu qo‘ying bilan aloqador narsani (ya’ni sut va asal berishini) o‘z
ko‘zlarimiz bilan ko‘rishni xohlayapmiz”, dedik. Qo‘yini olib keldi. Kosalarga o‘zimiz
sog‘ib ichdik. Haqiqatan asal va sut edi. “Buning sababini aytgin”, dedik. Aytdiki:
“Bizning bir qo‘yimiz bor edi va faqirona hayot kechirgan kambag‘al bir oila edik. Bir
bayram kunida solih zot bo‘lgan erim: “Bu qo‘yni qurbonlik qilamiz”, deb qoldi. Men:
“Yo‘q, rozi emasman. Chunki biz kambag‘almiz, qurbonlik qilishimiz shart emas. Axir, bu
qo‘yga ehtiyojimiz borligini Alloh bilib ko‘rib-turibdi”, dedim. O‘sha kuni tasodifan erimni
ziyoratiga bir mehmon kelib qoldi. Shunda (noiloj) men erimga: “Mehmonni izzat-ikrom
qilishga majburmiz. Mayli, boring, qo‘yni so‘ying. Lekin bolalarimiz ko‘rmaydigan bir
yerda so‘ying, ko‘rib qolib yig‘lashmasin yana…” dedim. Erim qo‘yni qurbonlik uchun
so‘ygani yetaklab, devor ortiga borganida, bir qo‘yning nogahon hovli devoridan otilib
ichkariga kirganini ko‘rdim. Men “qo‘y qochdi, shekilli”, deb o‘yladim. Tashqariga
chiqdim. Erimni qo‘yning terisini ajratayotganini ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldim. Unga
ko‘rganimni aytib berdim. U “hoynahoy, mehmonni izzatu ikrom qilganimiz uchun ham
Xudoim bizga o‘z qo‘yimizdan yaxshiroq qo‘y bilan mukofotladi”, dedi.
Ayol so‘ngra bizga shunday dedi: “Ey o‘g‘lim! Shuni yaxshi bilgilki, bu qo‘y muridlarning
qalbida o‘tlaydi: agar ularning qalblari xush va tirik bo‘lsa, buning suti ham xush va sof,
mazali bo‘ladi. Agar ularning ko‘ngli buzuq, rasvo bo‘lsa, buning suti ham bemaza,
yomon bo‘ladi. Bundan so‘ng sizlar ham qalbingizni xush tuting”.
Imom Yofiy (rahmatullohi alayh) aytadiki: «U ayol aytgan muridlardan murod uning
eridir. O‘z erining kimligini (naqadar qalbi pokligini) yashirish va muridlarni ham ko‘ngil
pokligiga tashviq niyatida umumiy qilib gapirdi. Aslida mana bunday demoqchi bo‘lgan:
“Bizning (men va erimning) ko‘nglimiz xush, pok bo‘lsa, yonimizdagi narsa ham xush,
ozoda bo‘lur. Sizlar ham yoningizdagilarning xush bo‘lishi uchun qalblaringizni xush
tuting”.
Do'stlaringiz bilan baham: