Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet471/731
Sana21.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#180860
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   731
Bog'liq
anatomiya fiziologiya va patologiya

Shish va istisqo. Suv almashinuvining buzilishining aso-

siy ko‘rinishlaridan biri shish hisoblanadi. Shish deb suyuqlik-

ning to‘qimalarda to‘planishiga aytiladi. Shish vaqtida to‘qima-

lar hajmi kattala shadi. Shish gan to‘qima o‘ziga xos xamirsimon 

kon sistensiyali bo‘ladi, barmoq bilan bosilganda, uzoq vaqtgacha 

yo‘qolmaydigan chuqurcha hosil bo‘ladi. Bu shishgan to‘qima-




315

ning elastikligi yo‘qolganidan dalolat beradi. Ayniqsa, u teri va 

teri osti kletchatkasi shishganda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Kesil-

ganda, shishgan to‘qimadan rangsiz yoki sarg‘ish suyuqlik oqib 

chiqadi. Shishgan to‘qimani mikro skopik tekshirish barcha to‘qi-

ma elementlari – hujayralar, tolalar va boshqalar bir-biridan ora-

larida to‘plangan suyuqlik vositasida ajralib turishligini ko‘rsatadi. 

Odatda, shishgan to‘qimaning hujayralari kam o‘zgaradi, ammo 

uzoq vaqt davom etadigan shishlarda to‘plangan suyuqlik hisobiga 

hujayralar bo‘kib shishadi.



Istisqo deb organizm bo‘shliqlarida masalan, qorin bo‘sh-

lig‘ida su yuq likning to‘planishiga aytiladi. Shish vaqtida – is-

tisqoda to‘qimalarda, bo‘shliqlarda suyuqlik to‘planadi va buni 

transsudat deb ataydilar. U tiniq va biroz miqdorda oqsil bo‘la-

di. Turli joylarda joylanishiga ko‘ra shishlar va istisqo maxsus 

terminlar bilan ifodalanadi: teri va teri osti kletchatkasi shishini 

anasarka, qorin bo‘shlig‘i istisqosini assit, plevra bo‘shlig‘ida-

gini – gidrotoraks, yurak pardasi bo‘shlig‘ini – gidoroperikard, 

moyakning qin pardasi bo‘shlig‘ini – gidrosele, miya qorincha-

laridagini yoki miya pardalari bilan miya bo‘shlig‘i oralig‘idagi-

ni – gidrosefaliya deb ataydilar. 

Yurak sababli yoki dimlanish shishlari, ko‘pincha, yurak fa-

oliyatining zaiflashuvi oqibatida kelib chiqadi. Ular qon oqimi-

ning sekinlashishini va vena kapillyarlarida bosim ortishi tufayli 

rivojlanadi. Demak, bunday shishlar kapillyarlardagi gidrostatik 

bosimning o‘zgarishiga bog‘liq. Joylashishiga ko‘ra shish umumiy 

bo‘lishi ham mumkin, bunda shish ko‘p a’zolarga, odatda, qo‘l-

oyoqlarga tarqalgan bo‘ladi. Mahalliy shish, ko‘pincha, mahal-

liy qon aylanishining buzilishiga masalan, venaning bosilishi yoki 

unda birorta patologik jarayon tufayli venalardan qonning oqib 

ketishi qiyinlashishiga bog‘liq.

Marantik yoki kaxektik shishlar ochlikda yoki holdan toydiruv-

chi og‘ir kasalliklarda rivojlanadi. Bu shishlar qonda oqsillar ka-

mayib ketganda kelib chiqadi va onkotik bosimning o‘zgarishiga 

bog‘liq bo‘ladi.

Buyrak sababli kelib chiqadigan shishlar buyraklarning orga-

nizm dan tuzlarni chiqarib yuborish qobiliyati buziladigan ba’zi 

kasalliklarda bo‘ladi. Toksik shishlar turli zaharlar qon tomirlar 

devorini shikastlab, o‘tqazuvchanligining buzilishiga olib kelgan-

da paydo bo‘ladi. 

Travmatik shishlar mexanik shikastlanishlarda yuzaga kela-



316

di. Ular ba’zan uzoq vaqtgacha, hatto singan suyaklar va yaralar 

bitib ket  gandan keyin ham saqlanib qoladi. Bu shishlar ehtimol 

tomirlar o‘t kazuvchanligining uzoq vaqt oshishiga olib keluvchi 

murakkab jarayonlar bilan bog‘liq.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish