Yog‘ (lipid) almashinuvining buzilishi
Yetarli darajada ovqatlanilmaganda, shuningdek, organizm
zo‘r berib energiya sarflagan barcha hollarda yog‘ depolaridagi
yog‘ sarf lanadi va uning zaxirasi kamayadi. Ammo juda ozib ke-
tilganda ham organizm dagi yog‘ butunlay yo‘qolib ketmaydi.
Moddalar almashinuvining oshshi bilan o‘tadigan patolo-
gik holatlarda (isitma) va oksidlanish jarayonlari kuchayga-
nida (qalqonsimon bez giperfunksiyasida) yog‘lar zo‘r berib
parchalanadi va mo‘tadil ovqatlanganda ham yog‘ depolari-
da yog‘ miqdorining kamayishi kuzatiladi. Yog‘ni so‘rilishi va
to‘planishini buzilishi oshqozon osti bezi ichki sekretsiya fao-
liyati pasayganida yoki o‘t ajratilmay qolganida (jigar va o‘t
yo‘llarining turli o‘zgarishlarida) ichak peristaltikasi oshgani-
da va ichak epiteliyi orqali yog‘ning faol so‘rilishi buzilganida
(ichak yallig‘lanishi) ham uchraydi. Ichakdan yog‘ning so‘ri-
lishi buzilganida, organizmda yog‘da eruvchi vitaminlar ham
kamayadi.
Qonda yog‘ miqdorini oshishi – giperlipemiya ovqat bilan
ko‘p miq dorda yog‘ qabul qilinganida kuzatiladi. U ko‘p miqdor-
da yog‘li ovqat yegandan 2–3 soat keyin boshlanib, 9–10 soat-
dan keyin o‘tib ketadi. Giperlipemiya ba’zi bir patologik holatlar
(nef roz, yog‘ni qon dan to‘qimalarga o‘tishi buzilganida) oqibati-
da ham bo‘lishi mum kin.
To‘qimalarda yog‘ miqdorini o‘zgarishi yog‘ to‘planadigan
sohalarda (yog‘ depolarida) ular miqdorini ko‘payishi yoki ka-
mayishi va turli to‘qimalar hujayralari ichidagi yog‘ning holatini
o‘zgarishi (yog‘ distrofiyasi) bilan namoyon bo‘ladi.
Yog‘ kletchatkasida yog‘ miqdorini ko‘payishi butun organi-
zmga tar qaluvchi umumiy yoki, tananing ayrim sohalarga yoki
a’zolariga taalluqli mahalliy bo‘lishi mumkin.
Yog‘ning mahalliy ko‘payishi atrofiyaga uchragan to‘qima yoki
a’zolar atrofida kuzatiladi.
Umumiy semirish bu yog‘ning yog‘ depolarida patologik to‘p-
lanishi bo‘lib, unung sabablari: 1) organizmga yog‘ni ovqat bi-
lan ko‘p kirishi va nisbatan kam sarflanishi; 2) mo‘tadil ovqatlan-
ganda, ichki sekre tsiya bezlarining boshqarish faoliyatini buzilishi
natijasida yog‘ sarflanishining kamayishi.
Yurakning semirishi alohida ahamiyatga ega, chunki unda yog‘
312
fa qat epikardda to‘planmasdan, mushak tolalari o‘rtasida ham
to‘planadi. Bu holat yurak faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Yog‘ distrofiyalari yurak mushaklari, jigar va buyrakda ko‘p
uchraydi. Yog‘ distrofiyasi turli sabablar oqibatida kelib chiqadi.
Bularga organizmni xloroform, mishyak, fosfor va boshqa zaharli
moddalar bilan zaharlanishi, yuqumli kasalliklar oqibatida mod-
dalar almashinuvini buzilishi kiradi.
Xolestrin almashinuvini buzilishi yog‘ almashinuvini buzilishi
bilan bevosita bog‘liq va ko‘pincha, u bilan birga o‘tadi. Qonda
xolestrinni oshishi – giperxolesterinemiya uni ovqat bilan ko‘p
kirganida (u tuxum sarig‘ida, jigarda, go‘shtda ko‘p bo‘ladi), xo-
lesterinni ajratilishi (jigar va ichak orqali) pasayganda va ba’zi
bir patologik holatlada uchraydi. Qonda xolesterinni oshishi ate-
roskleroz va o‘t toshlari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |