Gidrofik distrofiya oqsil va suv almashinuvining buzilishi tu-
fayli yuzaga keladi. U turli intoksikatsiyalar, infeksion kasal-
liklar, a’zolar (teri, buyrak) shishishida kuzatiladi. Hujayra pro-
toplazmasida onkotik bosim ning o‘zgarishi tufayli suv tutuvchi
vakuolalar paydo bo‘ladi. Jarayon orqaga qaytishi mumkin, ammo
ko‘pincha, hujayralarning halokati bilan tugaydi.
Gialinoz yoki gialinli distrofiya biriktiruvchi to‘qimada va
tomirlar devorida uchraydi. Bu distrofiyaning nomi unda oraliq
moddada yarim tiniq juda zich, ko‘rinishi gialin to‘g‘ayiga o‘x-
shash gomogen massasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Gialinoz
termini bilan aslida bir turdagi o‘zgarishlarga olib
ke luvchi bir qancha har xil jarayonlarni birlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |