Bachadon nayi (tuba uterina, salpinx) (141-, 142-rasm) tuxum
hujayrani qorinparda bo‘shlig‘idan bachadonga o‘tkazib beruvchi
juft, naysimon a’zo. Bachadon nayi kichik chanoq bo‘shlig‘ida
bachadonning keng boylamining yuqori chekkasida joylashgan.
Uning uzunligi 10–12 sm, bo‘shlig‘ining kengligi 2–4 mm. Ba-
chadon nayining bir uchi bachadon nayining bachadonga ochil-
gan teshigi
bilan bachadon bo‘shlig‘iga ochilsa, ikkinchisi ba-
chadon nayining qorin bo‘shlig‘iga ochilgan teshigi bilan qorin
bo‘shlig‘iga ochiladi. Unda to‘rt qism tafovut qilinadi. Nayning
bachadon devoridagi qismi
bachadon devori ichida joylashgan.
Nayning bo‘g‘zi
eng tor va devori qalin qismi. Bachadon nayining
kengaymasi eng uzun qismi bo‘lib, diametri asta-sekin kengayib
borib, bachadon nayining quyg‘ichiga
o‘tadi. Uning chekkalari
uzun va qisqa nay shokilalari bilan tugaydi. Shokilalarning bittasi
nisbatan uzun bo‘lib, tuxumdonga yetib boradi va unga birikib ke-
tadi. U tuxumdon shokilasi
deb ataladi. Bachadon nayi shokilalari
Do'stlaringiz bilan baham: |