Bachadon (uterus, 141-, 142-rasm) toq mushakdan tuzilgan
a’zo bo‘lib, unda homila rivojlanadi. Bachadon kichik chanoq
bo‘shlig‘i o‘rtasida qovuqni orqasida, to‘g‘ri ichakni oldida joy-
lashgan. U noksimon shaklda bolib, oldindan orqaga qarab yas-
silashgan bo‘ladi. Bachadonda tubi, tanasi va bo‘yni tafovut qili-
nadi. Bachadon tubi
unga bachadon naylari kiradigan chiziqdan
yuqorida do‘ng shaklida ko‘tarilib turadigan qismi. Uning konus
shaklidagi o‘rta katta qismi bachadon tanasi pastiga tomon to-
rayib, yumaloq bachadon bo‘yniga o‘tib ketadi. Tananing bo‘yin-
ga o‘tish joyi torayib bachadonning toraymasini hosil qiladi. Ba-
chadon bo‘yni ikki: qin ichiga kirib turgan bachadon bo‘ynining
qin ichi qismi va bachadon bo‘ynining qin usti qismidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |