Ko‘krak fassiyalari. Ko‘krak sohasida yuza fassiya yaxshi rivoj-
lanmagan bo‘lib, u sut bezlarini o‘rab, uning ichida biriktiruvchi
to‘qimali to‘siqlar hosil qiladi.
Ko‘krak ustidagi fassiya
yuza va chuqur qatlamlardan ibo-
rat bo‘lib katta ko‘krak mushagini old va orqa tomondan o‘ray-
di. Ko‘krak fassiyasining yuza qatlami yuqoridan o‘mrov suyagiga,
medial tomondan to‘sh suyagining oldingi yuzasiga birikadi. U la-
teral va yuqoriga deltasimon mushak, pastga qo‘ltiq osti fassiyasiga
davom etadi. Uning chuqur qatlami kichik ko‘krak va o‘mrov osti
mushaklarini o‘rab, qo‘ltiq osti fassiyasiga o‘tib ketadi.
Ko‘krak xususiy fassiyasi
tashqi qovurg‘alararo mushak va qo-
vurg‘alarni tashqi tomondan qoplagan pishiq qatlamdan iborat.
Ko‘krakning ichki fassiyasi
ko‘krak qafasini ichki tomondan
qop laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |