1.1-jadval
Ijtimoiy muhofazaning asosiy shakllari
Tashkiliy-huquqiy
shakllar tavsifi
Ijtimoiy muhofazaning asosiy shakllari
Shaxsiy o‘zini-o‘zi
himoyalash
Ijtimoiy xayriya
tadbirlari
Ijtimoiy hamjihatlik
Davlat ijtimoiy
ta’minoti va yordami
Ijtimoiy himoyaning
firma (korxona)
tizimlari
Tashkillashtirish
tamoyillari
Fuqarolarning o‘zining
moddiy farovonligi
uchun javobgarligi
Jamiyatning muhtoj
qatlamlariga yordam
ko‘rsatishda ishtirok
etish
Hamjihatlikda o‘z-
o‘zini himoyalashda
ijtimoiy hamkorlik
Davlatning davlat
xizmatchilari va
aholining kam
ta’minlangan
qatlamlari oldidagi
javobgarligi
Korxona ishchilarini
ijtimoiy himoyalashda
ishchi va ish
beruvchilarning
ijtimoiy hamkorligi
Tashkillashtirish
shakllari
Shaxsiy daromad va
jamg‘armalar, shu
jumladan, ko‘chmas
mulk sotib olish, shaxsiy
sug‘urta
Xayriya tashkilot va
muassasalari
Majburiy va ixtiyoriy
ijtimoiy (jamoaviy)
sug‘urta
Ijtimoiy kam
daromadli toifalar
uchun davlat yordami
shakllari
Korxona xodimlari
uchun firma yordami
shakllari
To‘lov va xizmat
turlari
Turar joy, tibbiy xizmat,
ovqatlanish va boshqa
kundalik ehtiyoj uchun
to‘lovlar
Tekin ovqatlanish,
qariyalarni
parvarishlash
Vaqtinchalik mehnatga
layoqatsizlik davrida
yordam puli, nafaqalar,
tibbiy yordam
Nafaqa, pensiya, tibbiy
davolanish
Ishga borish uchun
transportda yurish,
davolanish va
reabilitatsiya
xizmatlari uchun haq
to‘lash
Moliyaviy manbalar
Oylik maosh, xizmat
puli, shaxsiy
jamg‘armalar,
tadbirkorlik faoliyatidagi
daromadlar, qimmatbaho
qog‘oz va ko‘chmas
mulkdan olinadigan
foyda
Xususiy va yuridik
shaxslarning
ehsonlari,
fuqarolarning xayriya
tadbirlari
Ijtimoiy sug‘urta
jamg‘armalariga
majburiy sug‘urta
to‘lovlari (badallari)
Budjet, shu jumladan,
munitsipal manbalar
(o‘z-o‘zini boshqarish
organlari manbalari)
Korxona va
tashkilotlarning
daromadlari
Huquqiy ta’minot
Fuqarolik-huquqiy qonunchilik
Ijtimoiy himoya sohasidagi qonunlar
21
7. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy yordam. Ijtimoiy ta’minot jamiyatning
mehnatga layoqatsiz a’zolari: qariyalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar,
bolalarni saqlab turishga yo‘naltirilgan.
Ushbu saqlab turish qonunga muvofiq ikkita manbadan: budjet va ijtimoiy
sug‘urta fondlari hisobidan amalga oshiriladi. Budjet hisobidan majburiy tartibda
sug‘urtalanmagan mehnatga layoqatsiz toifalar (mehnat stajiga ega bo‘lmagan
qariyalar, bolalar va b.) yoki mehnat faoliyatining kasbiy xususiyatiga ega
bo‘lganlar (harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan toifalar, davlat
xizmatchilari, chernobilchilar va b.) ta’minlanadi. Sug‘urta mablag‘lari hisobidan
mehnat pensiyalari va sug‘urtalanganlar uchun nafaqalar to‘lanadi, odatda, bu
yollanma xodimlar. Budjet hisobidan ijtimoiy ta’minot tizimiga qariyalar,
nogironlar, bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ham kiradi: qariyalar va nogironlar
uylari, reabilitatsiya markazlari, tibbiy xizmatlar, protezlash, bepul dori-darmonlar.
Ijtimoiy yordam doimiy xususiyatga ega emas va ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashga muhtoj bo‘lgan barcha shaxslarga amal qilmaydi. U o‘ta aniq,
vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lib, qonunda belgilangan belgilar yig‘indisini
nazarda tutishi mumkin: ariza berilishini hamda muhtojlik, daromadlar va mol-
mulk miqdorining tekshirilishini ko‘zda tutadi; insonlarga fuqaroning hayot-
faoliyatini ob’yektiv tarzda buzuvchi inqirozli (kam ta’minlanganlik, nazoratsizlik,
ishlashga layoqatsizlik, doimiy yashash joyining yo‘qligi, oiladagi nizolar,
yolg‘izlik va doimiy parvarishga bo‘lgan ehtiyoj va h.k.) vaziyatda ko‘rsatiladi.
8. Ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik. Barcha darajadagi
jamoaviy shartnomalar majmuyi (bosh, tarmoq, hududiy kelishuvlar, muayyan
korxonalardagi jamoa shartnomalari) xodimlar va ularning oila a’zolarini davlat
darajasida nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlardan tashqari ijtimoiy himoya tizimini
kuchaytirish imkonini beradi.
9. Ijtimoiy-mehnat qonunchiligining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilish
me’yorlari. Ushbu me’yorlar, asosan, mehnat huquqlarini himoya qilish: ishga
qabul qilish, ishdan bo‘shatish, ish vaqtining rejimi, mehnatga haq to‘lashning
ayrim bo‘limlari bilan bog‘liq.
22
Ushbu sohadagi eng muhim qonunchilik manbayi Mehnat kodeksi
hisoblanadi. Lekin ijtimoiy himoya bo‘limlarining kombinatsiyasi ushbu
bo‘limlarning uyg‘unlashuvi va o‘zaro bo‘ysunishi qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar
muayyan iste’molchilar uchun uchta shaklda amalga oshiriladi: naqd va naqdsiz
pulli to‘lovlar (ijtimoiy transfertlar, subsidiyalar, dotatsiyalar va turli xildagi
imtiyozlar); natural tushumlar (oshxonada bepul ovqatlanish, sanoat tovarlarini
tarqatish, vaqtinchalik uy-joy, protezlar va h.k.); bepul va imtiyozli xizmatlar
(birinchi galda ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va h.k.). Eng
asosiysi, aholi davlat himoyasidan o‘zini o‘zi himoya qilishga o‘tishga qodir
bo‘lishi kerak: ana shunda mutlaq bitta shakl – o‘zini o‘zi ta’minlash uchun
mehnat qilish orqali va tadbirkorlik yo‘li bilan ishlab topilgan daromad ustunlik
qiladi.
Ijtimoiy himoyaning innovatsion shakllari jumlasiga quyidagi yangi
bazaviy standartlarning o‘rnatilishini kiritish mumkin: eng kam va o‘rtacha ish
haqi, pensiyalar, ijtimoiy to‘lovlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash xarajatlarining ulushi.
Ijtimoiy siyosatning asosida qulay hayot kechirish uchun yetarli bo‘lgan yashash
uchun zarur mablag‘larning eng kam budjeti emas, balki uning qulay hayot
kechirish uchun yetarli bo‘lgan oqilona budjeti yotishi kerak. Eng kam ish haqi
rasmiy-statistik ko‘rsatkichdan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga real ta’sir etish
vositasiga aylanishi darkor. Bugungi kunda u o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va
mavhum kattalik hisoblanadi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mavjud
iste’mol tavsiflariga hech qanday aloqasi yo‘q. U kamida yashash uchun zarur
mablag‘larning eng kam miqdoriga mos kelishi, doimiy ravishda o‘sishni nazarda
tutishi va albatta, indeksatsiya qilinishi kerak.
Pensiyalarning yetarli darajasi insonlarni iqtisodiy ta’minlashning muhim
muammosi hisoblanadi. Eng kam pensiyaning pensionerning yashash uchun zarur
mablag‘larning eng kam miqdoriga barqaror nisbatini ta’minlash muhim rol
o‘ynaydi. O‘rtacha ish haqining o‘sishi va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta
badallari tushumining ortishiga qarab pensiyalarni doimiy indeksatsiyalash amalga
oshiriladi. Biroq oylik pensiyalar o‘rtacha miqdorining pensionerning yashash
23
uchun zarur mablag‘larning eng kam miqdori va hisoblab yozilgan ish haqining
o‘rtacha miqdoriga nisbati pasayib bormoqda.
Ijtimoiy himoyaning innovatsion shakllari jumlasiga yana muassasalar,
bo‘limlar, ijtimoiy xizmatning yangi turlari (ijtimoiy-sog‘lomlashtirish, ijtimoiy-
reabilitatsiya bo‘limlari, gerontologik markazlar, ijtimoiy taksilar, sensor xonalar
va h.k.) ham kiradi.
Rejalashtirish va maqsadni belgilash; tuzish, tahlil qilish va tuzatishlar
kiritish; yakuniy hisobga olish, nazorat va boshqa usullardan foydalangan holda
mijozlar soni, ularning toifalari, tadqiqot o‘tkazilayotgan davrda amal qilib turgan
qonun hujjatlariga muvofiq bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi va assortimentini
prognoz qilish; ijtimoiy xizmatlarning potensial iste’molchilari va ehtimoliy
raqiblar to‘g‘risida axborot yig‘ish amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiy va ijtimoiy qayta qurishlar ijtimoiy
himoya tizimining sezilarli o‘zgarishiga sabab bo‘lib, kambag‘allik muammosini
o‘zgacha tus olishi va davlat budjetiga bo‘lgan bosimning kuchayishiga olib
keladi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarning budjet taqchilligi ijtimoiy xarajatlarning
qisqarishi, jamoat sektorining kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab quvvatlashda
bo‘lgan ishtiroklarining zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Natijada hukumatda o‘ziga
xos “chuqurlar” paydo bo‘lib, ularni nodavlat, jamoat, xayriya tashkilotlari
yordamida to‘ldirish mumkin.
Ijtimoiy himoyaning nodavlat shakllari har bir jamiyatda mavjud bo‘lgan
hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan
bo‘lib, qaysidir ma’noda ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, budjet taqchilligi,
jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlariga zid ravishda hukumat xarajatlarini o‘stirishga
bo‘lgan harakatlardagi turli yetishmovchiliklarni to‘ldirib boradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar o‘ziga xos bir qator belgilarga ega. Masalan,
ular ma’lum bir jamiyat ehtiyojini qondirish uchun jamoaviy faoliyatga, quyidan
bo‘lgan ta’sir natijasida, ommaviy aholi qatlamini jalb qilish orqali vujudga
keladigan nodavlat tizimlarga mansubdir. Moliyalashtirish manbalarining ko‘pligi
ularda hukumat va tijorat sektoriga qaram bo‘lmaslik imkoniyatini paydo qiladi.
24
Bundan tashqari erkin harakat qilish holati bo‘yicha ular bir qator afzalliklarga ega
bo‘lib, bu ularga hukumat yoki biznes vakillari tomonidan fuqarolarning u yoki bu
qiziqishlari va huquqlari bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlarni bartaraf etish
imkoniyatini beradi.
Notijorat tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan eng muhimi o‘z
daromadini maksimallashtirish maqsadining yo‘qligidadir, olinayotgan daromad
mazkur tashkilotlarning o‘z ustavi bilan belgilagan maqsadlariga erishish, ya’ni,
jamoaviy, siyosiy, xayriya, madaniy va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi. Barcha
noiqtisodiy manfaatlar aholi guruhlari, jamoaviy harakatlar manfaatlari bilan
birlashib ketgan bo‘lib, bu holatni demokratiyaning bir unsurining himoya qilinishi
sifatida baholash mumkin. Moliyaviy manbalarni uchta asosiy guruhga ajratish
mumkin: tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; xayriya (sovg‘a yoki
vasiyatlar); grantlar; tashkilotchi va tashkilot a’zolarining badallari; bundan
tashqari yana budjet manbasini ham aytib o‘tish mumkin bo‘lib, odatda, mazkur
manba budjet ijtimoiy dasturlari, ijtimoiy buyurtmaning moliyalashtirilishida
namoyon bo‘lib, bu yerda mazkur loyihani amalga oshiruvchi – moliyalashtirish
manbayi sifatida namoyon bo‘ladi.
Nodavlat-notijorat tashkilotlarining faoliyati ko‘pincha ixtiyoriy ravishda
amalga oshiriladi. Mazkur turdagi tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi ko‘ngillilar
Do'stlaringiz bilan baham: |