Aholini ijtimoiy muhofaza qilish


 Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy shakllari



Download 373,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana20.09.2021
Hajmi373,29 Kb.
#180582
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
aaaaaaaaaaaaaaassqsq

1.3. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy shakllari 

Aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilishning  samarali  tizimini  faqatgina  uning  turlari 

hamda  ko‘p  sub’yektli  tashkiliy-huquqiy  shakllarini  uyg‘unlashtirish,  undagi  ishchi, 

ish  beruvchi  va  fuqarolar  (fuqarolik  jamiyatidagi  o‘zini  o‘zi  boshqarish  tuzilmalarini 

tashkil  etgan),  shuningdek,  davlat  hokimiyati  organlarining  faol  va  mas’uliyatli 

ishtiroklari asosida shakllantirish mumkin (1.1-jadval). 

Aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  shakllari  an’anaviy  va  innovatsion  turlarga 

bo‘linadi. 



19 

 

Ijtimoiy muhofazaning an’anaviy shakllari jumlasiga quyidagilar kiradi: 



1.  Aholi  daromadlarini  indeksatsiyalash.  Bunda  narxlarning  o‘sishi  munosabati 

bilan  aholining  asosiy  real  daromadlari  (ish  haqi,  pensiyalar,  nafaqalar, 

stipendiyalar)ni oshirish choralari tushuniladi. 

2.  Daromadlar  bo‘yicha  eng  kam  ijtimoiy  kafolatlarni  ta’minlash.  Ular  ichida 

eng  asosiysi  yashash  uchun  zarur  bo‘lgan  mablag‘larning  eng  kam  miqdori 

hisoblanadi. 

3.  Davlatning  minimal  standartlari  va  normativlari  yordamida  ijtimoiy  sohani 

tartibga  solish.  Bunda  birinchi  galda  budjetdan

 

ta’lim,  sog‘liqni  saqlash,  uy-joy, 



mehnatga  layoqatsiz  aholiga  ijtimoiy  xizmat  ko‘rsatish  va  h.k.  sohalarga  mablag‘lar 

ajratish tushuniladi. 

4. Imtiyozlar (chegirmalar va subsidiyalar) berish. Umumiy amal qiluvchi tartib 

bilan  solishtirilganda  aholining  alohida  guruhiga  amal  qiladigan  ustunlik  imtiyoz  deb 

nomlanadi.  Imtiyozning  tub  muammosi  uning  moliyaviy  ta’minlanmaganligidir, 

shuning  uchun  hozirgi  vaqtda  imtiyozlarni  manzilli  subsidiyalar  shakliga  o‘tkazish 

tendensiyasi  ko‘rib  chiqilmoqda.  Ana  shunday  subsidiyalarning  asosiy  turlaridan  biri 

uy-joy  subsidiyasi  bo‘lib,  u  jamiyatning  kam  ta’minlangan  qatlamlariga  o‘sib 

borayotgan turar joy haqi yukini pasaytirishga yo‘naltirilgan. 

5.  Narxlarga  dotatsiyalarni  belgilash,  iste’mol  narxlarini  davlat  tomonidan 

tartibga  solish.  Umumdavlat  miqyosida  narxlarning  tor  doirasi,  asosan,  davlat  mulki 

hisoblangan  tabiiy  monopoliyalar  va  sektorlar  (gaz,  elektr  energiyasi,  xalqaro 

tashuvlar,  aloqa)  faoliyati  bilan  bog‘liq  narxlar  tartibga  solinadi.  Mahalliy  miqyosda 

uy-joyni saqlab turish, shahar transporti, dori-darmonlarning ayrim turlari va eng zarur 

mahsulotlar narxlari tartibga solinadi. 

6. Majburiy ijtimoiy sug‘urtalash. Jamiyatning ishlovchi a’zolariga amal qiladi, 

unda  uchta  tomon  ishtirok  etadi:  ish  beruvchi,  xodim,  davlat.  Tizimning  vazifasi 

qonunda  nazarda  tutilgan  asoslarga  ko‘ra  mehnat  qobiliyati  va  ish  haqi  yo‘qotilgan 

hollarda (qarilik, kasallik, jarohatlanish, ishsizlik) turmush darajasini saqlab turishdan 

iborat. 



20 

 


Download 373,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish