86
Agar siydikda hid bo`lmasa, mizoj sovuqliligini va siydikning xomligini
bildiradi.
Siydik hididan olinadigan dalillar:
Agar siydikda badbo`y hid bo`lsa, siydik a`zolarida qo`tir va yaralarning
borligini bildiradi
Siydik ko`pigidan olinadigan dalillar: ko`pik suyuqlikdan va shishaga siyish
vaqtida unda to`planib suyuqlik ichiga kirib aralashidan va havodan paydo bo`ladi.
Tirishish kasalligiga uchragan kishilar siydigida pufakchalar ko`p bo`ladi.
Pufakchalarning kattaligi siydikning yopishqoqligini bildiradi.
Tomir urishi haqida
Tomir urishi hayotiy ruh idishlarining kengayishi va qisilishidan iborat, bunda
yengil havo oqimi natijasida ruh soviydi. Tomir urishi ikki harakat va ikki tinishdan
iborat, kengayish harakatida kengayish va siqilish orasida tinish, siqilish harakatida
siqilish va kengayish orasida tinish. Jolinusning fikricha, tomir urishini aniqlashda
bilakni ushlab ko`rish eng yaxshi, bunda bilakni ushlashda 3 qulaylik mavjud:
-unga
yetishning osonligi
-tabibga ko`rish qulay
-yurak yaqinida
joylashuvi
Tomir urishining holatini bildiradigan 9 ta dalil bor:
-tomirlarning kengayish miqdoridan olinadi
-harakat qilib turgan tomirning kayfiyatiga ko`ra
-har bir harakatning davomiyligiga ko`ra
-tomir tarkibiga ko`ra
-bukilish va to`laligiga
-ushlab ko`riladigan joyning issiq, sovuqligi
-tinch turish vaqti
-tomir urishining tekis yoki notekisligiga ko`ra
87
-notekislikda tartib borligidan yoki to`la tartibsizligidan
Umuman tekis tomir urishi bu hamisha aytilgan narsalarga nisbatan tekis bo`lgan
tomir urishidir. Tomir urishining notekisligi ham ikkiga bo`linadi:
-notekis tartiblangan va
notekis tartibsizlangan
Tartiblanganda ritm saqlangan yoki takrorlanib turadi.
a)
doimiy tartiblangan
b) ba`zida ikki va undan ortiq davr bilan tartiblangan.
Tartibsiz tomir urishi esa buning qarama - qarshisi demakdir.
Tomir urishining bir qismi notekisligiga kelsak, bunda tomir urishi
qaytalanuvchi, uzluksiz tomirlar urishiga bo`linadi. Cho’ziluvchan tomir urishi
zarbaning bir qismida haqiqiy to`xtash bilan o`tadi. Qaytalanuvchi tomir urishida
katta tomir urishi bir bo`lakda kichik bo`lib qoladi keyin asta-sekin o`z
holiga
to’shadi. Uzluksiz tomir urishida esa notekislik asta-sekin muttasil ko`payib boradi,
chegaralar bilinmaydi.
Murakkab tomir urishi: G’izoliy tomir urishining bir qismida notekis va
sekin bo`lib, keyin to`xtaydi va tezlashadi, "to`lqinsimon" tomir urishi bu tomir
bo`laklarining katta va kichikligi yoki ularning ko`tarilishi va kengligidagi
notekisligi, "chuvalchangsimon" tomir urishi to`lqinsimonga o`xshash, lekin juda
kichik bo`ladi, ketma-ket bo`ladi. "Arrasimon" tomir urishi bu o`zining ko`tarilishi
va kengligi, o`zishi va kengligi jihatdan qismlarning notekisligi, qattiqligi bilan
ajraladi. "Sichqon dumisimon" tomir urishi bunda notekislik kamayishidan boshlab
ko`payib va yana aksincha almashinib turadi. "Shuvoq ildizsimon" tomir urishida
kamayish va ko`payish chegaralari bo`ladi, ma`lum kamayish chegarasiga yetgancha
to`xtovsiz orqaga chekinadi, xuddi shunda ikkita eng oxirgi nuqtalarida sichqon
dumi hosil bo`ladi. Tomir urishi zarbasining o`rtasiga to`g’ri keladigan urishi bilan
kiyiksimon tomir urishi o`rtasida farq shundan iboratki, kiyiksimon tomir urishida
88
ikkinchi zarba birinchi zarba tamom bo`lmay turib yetib keladi, unda esa ikkinchi
zarba birligi zarba tamom bo`lgandan keyingi tinchlik vaqtida paydo bo`ladi.
Tomir urishining tabiiy turlari: kamayish va ko`payish o`rtasidagi tomir
urishi mo`tadil tabiiy tur hisoblanadi, bunga kuchli tomir urishi kirmaydi, uning
uchun tabiiy quvvat ortiqcha hisoblanadi. Tabiiy tomir urishi turlari uchun tekis,
tartiblangan va yaxshi vazndagi tomir urishi xosdir.
"Arrasimon" tomir urishining sababi: tomirga quyilgan narsani
chiriganligi, xomlik va pishganlik jihatdan turlicha bo`lishi va tomir holatining
notekisligidir.
"Sichqon dumisimon" tomir urishining sababi: kuchning zaif
bo`lishidandir.
"To`lqinsimon" tomir urishida kuchning zaifligi tufayli kuch qizil qon
tomirlarining urish bo`laklarini faqat birin-ketin kengaytira oladi, bunda tomir
kuchni quruq va qattiq tomirdek qabul qiladi. "To`xtab uruvchi" tomir urishida
kuchning toliqishi va dam olishga muhtojlik, birdaniga ta`sirlanish kabi holatlar
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: