Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Siydik hididan olinadigan dalillar



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Siydik hididan olinadigan dalillar: 


86 
 
Agar  siydikda  hid  bo`lmasa,  mizoj  sovuqliligini  va  siydikning  xomligini 
bildiradi. 
Siydik hididan olinadigan dalillar
Agar  siydikda  badbo`y  hid  bo`lsa,  siydik  a`zolarida  qo`tir  va  yaralarning 
borligini bildiradi 
Siydik  ko`pigidan  olinadigan  dalillar:  ko`pik  suyuqlikdan  va  shishaga  siyish 
vaqtida  unda to`planib  suyuqlik ichiga kirib aralashidan va havodan paydo bo`ladi. 
Tirishish  kasalligiga  uchragan  kishilar  siydigida  pufakchalar  ko`p  bo`ladi. 
Pufakchalarning kattaligi siydikning yopishqoqligini bildiradi. 
                                       Tomir urishi haqida 
  Tomir urishi hayotiy ruh idishlarining kengayishi va qisilishidan iborat, bunda 
yengil havo oqimi natijasida ruh soviydi. Tomir urishi ikki harakat va ikki tinishdan 
iborat, kengayish harakatida kengayish va siqilish orasida tinish, siqilish  harakatida 
siqilish  va  kengayish  orasida  tinish.  Jolinusning  fikricha,  tomir  urishini  aniqlashda 
bilakni  ushlab ko`rish  eng yaxshi, bunda bilakni ushlashda 3 qulaylik  mavjud: 
-unga yetishning osonligi 
-tabibga ko`rish qulay 
-yurak yaqinida joylashuvi 
Tomir urishining holatini bildiradigan 9 ta dalil  bor: 
-tomirlarning kengayish miqdoridan olinadi 
-harakat qilib turgan tomirning kayfiyatiga ko`ra 
-har bir harakatning  davomiyligiga ko`ra 
-tomir tarkibiga ko`ra 
-bukilish va to`laligiga 
-ushlab ko`riladigan joyning issiq, sovuqligi 
-tinch turish vaqti 
-tomir urishining tekis yoki notekisligiga ko`ra 


87 
 
-notekislikda tartib borligidan yoki to`la tartibsizligidan 
Umuman tekis tomir urishi bu hamisha aytilgan narsalarga nisbatan tekis bo`lgan 
tomir urishidir. Tomir urishining notekisligi ham ikkiga bo`linadi: 
-notekis tartiblangan va notekis tartibsizlangan 
Tartiblanganda   ritm saqlangan yoki takrorlanib turadi. 
a) doimiy tartiblangan 
b) ba`zida ikki va undan ortiq davr bilan tartiblangan. 
Tartibsiz tomir urishi esa buning qarama - qarshisi demakdir. 
        Tomir  urishining  bir  qismi  notekisligiga  kelsak,  bunda  tomir  urishi 
qaytalanuvchi,  uzluksiz  tomirlar  urishiga  bo`linadi.  Cho’ziluvchan  tomir  urishi 
zarbaning  bir  qismida  haqiqiy  to`xtash  bilan  o`tadi.  Qaytalanuvchi  tomir  urishida  
katta  tomir    urishi  bir  bo`lakda  kichik  bo`lib  qoladi  keyin  asta-sekin  o`z  holiga 
to’shadi. Uzluksiz tomir urishida esa notekislik asta-sekin muttasil ko`payib boradi, 
chegaralar  bilinmaydi. 
        Murakkab  tomir  urishi:  G’izoliy  tomir  urishining  bir  qismida  notekis  va 
sekin  bo`lib,  keyin  to`xtaydi  va  tezlashadi,  "to`lqinsimon"  tomir  urishi  bu  tomir 
bo`laklarining  katta  va  kichikligi  yoki  ularning  ko`tarilishi  va  kengligidagi 
notekisligi,  "chuvalchangsimon"  tomir  urishi  to`lqinsimonga  o`xshash,  lekin  juda 
kichik  bo`ladi,  ketma-ket  bo`ladi.  "Arrasimon"  tomir  urishi  bu  o`zining  ko`tarilishi 
va  kengligi,  o`zishi  va  kengligi  jihatdan  qismlarning  notekisligi,  qattiqligi  bilan 
ajraladi. "Sichqon  dumisimon"  tomir  urishi  bunda notekislik  kamayishidan boshlab 
ko`payib  va  yana  aksincha  almashinib  turadi.  "Shuvoq  ildizsimon"  tomir  urishida  
kamayish va ko`payish chegaralari bo`ladi, ma`lum kamayish chegarasiga yetgancha 
to`xtovsiz  orqaga  chekinadi,  xuddi  shunda  ikkita  eng  oxirgi  nuqtalarida  sichqon 
dumi hosil bo`ladi. Tomir urishi zarbasining o`rtasiga to`g’ri keladigan urishi bilan 
kiyiksimon  tomir urishi o`rtasida  farq shundan iboratki, kiyiksimon tomir urishida 


88 
 
ikkinchi zarba  birinchi zarba tamom bo`lmay turib yetib  keladi, unda esa ikkinchi 
zarba birligi zarba tamom bo`lgandan keyingi tinchlik vaqtida paydo bo`ladi. 
          Tomir urishining tabiiy turlari: kamayish va ko`payish o`rtasidagi tomir 
urishi  mo`tadil  tabiiy  tur  hisoblanadi,  bunga  kuchli  tomir  urishi  kirmaydi,  uning 
uchun  tabiiy  quvvat  ortiqcha  hisoblanadi.  Tabiiy  tomir  urishi  turlari  uchun  tekis, 
tartiblangan va yaxshi vazndagi tomir urishi xosdir. 
           "Arrasimon"  tomir  urishining  sababi:  tomirga  quyilgan  narsani 
chiriganligi,  xomlik  va  pishganlik  jihatdan  turlicha  bo`lishi  va  tomir  holatining 
notekisligidir. 
          "Sichqon  dumisimon"  tomir  urishining    sababi:  kuchning  zaif 
bo`lishidandir. 
         "To`lqinsimon"  tomir  urishida    kuchning  zaifligi    tufayli  kuch  qizil  qon 
tomirlarining  urish  bo`laklarini  faqat  birin-ketin  kengaytira  oladi,  bunda  tomir 
kuchni  quruq  va  qattiq  tomirdek  qabul  qiladi.  "To`xtab  uruvchi"  tomir  urishida 
kuchning  toliqishi  va  dam  olishga  muhtojlik,  birdaniga  ta`sirlanish  kabi  holatlar 
kuzatiladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish