Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

                                         Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar 
   Xizmat  qiluvchi  tabiiy  quvvatlar  ham    jigarda  joylashgan  bo`lib,    u  xizmat 
qilinuvchi  tabiiy,  ya`ni  oziqlantiruvchi  quvvatga  xizmat  qiladi.    U  bajaradigan 
faoliyatiga qarab besh turga bo`linadi. 
 
 
                           Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar 
 
  
Tortuvchi 
Ushlab 
 turuvchi 
Hazm 
 Qilish 
Ajratish 
Haydash 
 
 
         Ovqat hazmining jigarda kechuvchi uchinchi bosqichi shu   xizmat qiluvchi 
tabiiy  quvvatlarning  faoliyati bilan bog’liqdir: 
         Tortuvchi  quvvat  ovqat  hazmining  ikkinchi  bosqichida  ichaklarda  hosil 
bo`lgan  ximusni  masoriqo(  ichak  tutqichi)  qon  tomirlari  orqali  jigarga  tortish 
vazifasini  bajaradi va bu  ishni  o`zi turgan a`zodan birinchi tortilgan nozik tolalar 
yordamida  amalga oshiradi.  
         Ushlab  turuvchi  quvvat-  organizm  uchun    foydali  bo`lgan    moddalarni 
o`zgartiruvchi  va  ulardan  ozuqa    oluvchi  quvvatning    hukmi  ostida  ushlab  turish 
vazifasini  o`taydi.Ushbu  vazifani  o`zi  joylashgan  a`zodagi  qiyshiq  tolalar  
yordamida bajaradi. 


65 
 
          Hazm  qiluvchi  quvvat  -    jigardagi  o`zgartiruvchi  quvvat  yordamida 
ximusning    sifatini  o`zgartirib, yangi mizojli ozuqa, xilt va kaymusni hosil qilish 
vazifasini bajaradi. 
         Ajratuvchi  quvvat-    ximusdan  hosil  bo`lgan  xilt,  kaymus  va  hazm 
jarayonining  chiqindilari  bo`lgan  suvlik  moddalarni  haydash  quvvatiga  tayyorlab 
berish  uchun  xizmat  qiladi.  Ya`ni,  quyuq  narsalarni  suyultirish,  suyuq  narsalarni 
mo`tadil quyuq holatga keltirish, yopishqoq narsalarni parchalab  yetiltirish,  tabiiy 
qon  va  balg’am  xiltini,  yuqori  kovak  vena  qon  tomiriga,  safro  xiltini  bir  qismini 
ajratib    o`t  yo`llariga,  savdoni  esa  jigar  bilan  taloq  o`rtasidagi  yo`lga  va  umuman   
hazm jarayonida yaroqsiz  chiqindilarni  suvli ajratmalar sifatida ajratadi. 
       Haydovchi quvvat- iste`mol mahsulotining hazm jarayonidan so`nggi  hosil 
bo`lgan  oraliq  va  oxirgi  mahsulotlarni  yuqorida  ta`kidlangan  maxsus  yo`llarga 
haydalib borishini ta`minlaydi.   
       Xizmat  qiluvchi  tabiiy  quvvatlarni  harakatlantiruvchisi  va  boshqaruvchisi   
tabiiy  ruh    bo`lib,    ularning    vazifasini  to`liq  bajarish    uchun    to`rt  kayfiyat,  ya`ni 
issiqlik, sovuqlik, quruqlik va  ho`llik xizmat qiladi.   
      Issiqlik  xizmati  beshala  xizmat  qiluvchi  tabiiy  quvvat  uchun  umumiy 
bo`lsada, lekin har bir quvvat uchun alohida ahamiyatga ega. Sovuqlik esa o`z zotiga 
ko`ra hamma quvvatlarga qarshi turadi, chunki hamma quvvatlarning ishlari harakat 
bilan  bo`ladi.  Sovuqlik  kayfiyati  bilan  barcha  harakatlarga  qarshi    xizmat  qiladi.  
Ho`llik  va  quruqlik  kayfiyatlari  barcha  harakatlarga  bevosita  emas,  balki  bilvosita 
ta`sir qiladi. Quvvatlarning ishlari harakat bilan bo`ladi. Bu holat tortish va haydash 
ishlarida    ravshan  ko`rinadi.  Hazm  quyuq  va  qattiq  bo`lgan  narsalarni  bo`laklarga 
ayirib, suyuq va yumshoq narsalarni  qo`shish bilan tugal bo`ladi. Bu ishlar ajratish 
va aralashtirish harakatlari bilan amalga oshadi.  
       Tortish  quvvatining    o`z  ishini  tugal bajarishda  issiqlik kayfiyatiga  zarurati 
ko`proq, chunki issiqlik oziq moddalarni ko`proq tortishga yordam beradi.  


66 
 
      Quruqlik  kayfiyati  esa    tortish  quvvatiga  harakat  uchun  lozim  bo`lgan 
chidamlilikni zo`rayishini vujudga keltiradi.  
    Ushlab  turuvchi  quvvat  o`z  ishini  tugal  bajarishda    sovuqlik  va  quruqlik 
kayfiyatlari xizmat qiladi: 
     Sovuqlik ushlab turuvchi quvvatning ta`sirini saqlaydi. 
Quruqlik  sifati  moddani  tutish  uchundir,  ya`ni    ushlab  turuvchi  quvvatning  o’z 
ishini tugal bajarishda  quruqlik kayfiyatiga   zarurati  ko`proqdir. 
Hazm qiluvchi quvvat  faoliyatida    issiqlik va ho`llik kayfiyatlari xizmat qiladi. 
Issiqlik,  ta`kidlaganimizdek  barcha  quvvatlarni  harakatlantiruvchisidir.    Ho`llik 
kayfiyati esa  hazmda oziqni oqizish va uni   shakl olishiga yordamlashadi. 
  
Ajratuvchi  quvvat  faoliyatida  issiqlik,  quruqlik  va  sovuqlik  kayfiyatlari 
xizmat  qiladi.    Issiqlik    hamma  quvvatlarning    harakatlantiruvchisi  bo`lish  bilan 
birga  hazm  mahsulotlarini      ayrim  -  ayrim  guruhlarga  ajratadi.  Ushbu  vazifani 
bajarishda   unga quruqlik bilan sovuqlik yordamlashadi. 
         Haydash  quvvatining  faoliyatida  ham    issiqlik,  quruqlik  va  sovuqlik 
kayfiyatlari  xizmat  qiladi.  Issiqlik,  yuqorida  izohlaganimizdek  barcha 
quvvatlarning  harakatlantiruvchisi  bo`lib  xizmat  qilsa,  quruqlik    bu  quvvatga 
hazm ajralmalarini oz miqdorda quyultirish uchun xizmat qiladi.  Sovuqlik esa, 
chiqindilarni    haydashga  yordam  beradigan  yellarni    sovutib,  quyultiradi  va 
ko`ndalang  siquvchi  tolalarni  to`dalab  zichlashtiradi.  Jigardan  hazm 
bosqichidagi oxirgi  mahsulotlarni  o`ziga xos yo`llarga haydaydi.  
                           Mavzu savollari 
1. Inson organizmini sharqona tabobat usulida urganish 
2.Asosiy va yordamchi organlar haqida tuincha berish  
3.Qurol a’zolar vazifalari haqida tushuncha berish 
4.Xizmat qiluvchi a’zolar,vazifalari haqida tushuncha berish 
5.Foydali va mutlaq ish bajaruvchi a’zolar haqida tushuncha berish 


67 
 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish