Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Kasallikni  keltirib chiqaruvchi  sabablar



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Kasallikni  keltirib chiqaruvchi  sabablar 
      Biz    yuqorida  bayon  qilgan    sog’lik,  kasallik  va  sog’lik  ham,  kasallik  ham 
bo`lmagan    hollarning  sabablari  uchtadir:  oldin  keluvchi  sabab,  tashqi  sabab  va 
bog’lovchi sabab.  
      Oldin keluvchi va bog’lovchi sabablar organizmdagi  xilt, mizoj yo tarkibga 
tegishli bo`lgan umumiy sabablardir. 
      Tashqi  sabab  bu-  tanadan  tashqari  narsalar,  masalan,  zarba,  havoning 
issiqligi,   yoki sovuq ovqat kabilar.... 
      Bog’lovchi sabablar bilan holat orasida hech qanday vosita bo`lmaydi.  
      Demak,  oldin  keluvchi  sabablar  gavdaga,  ya`ni  xilt,  mizoj  kabi  tarkibga 
tegishli  sabablar  birinchi  bo`lmasdan,  balki  biror  vosita  orqali  biror  bir    holatni 
keltirib  chiqaruvchi  sabablardir.  Bog’lovchi  sabablar  esa  gavdaga  tegishli  sabab 


69 
 
bo`lib, vositasiz ravishda gavda holatlarini birinchi keltirib chiqaradigan sabablardir.  
Tashqi  sabablar  birinchi  bo`lib  ham,  birinchi  bo`lmasdan  ham,  gavdaga  xos,  yoki 
gavdaga xos bo`lmagan holatlarni keltirib chiqaradigan sabablardir. 
      Masalan:    Oldin  keluvchi  sabablarga  misol:  -  isitmani  keltirib  chiqarishda 
xiltlarga to`lalik, kataraktani paydo qilishda ko`z tomirlarining to`lib ketganligi. 
       Bog’lovchi  sabablarga  misol:  -  isitmani  paydo  qilishda  xiltlarning  chirib  
hidlanishi, ko`z  tomirlarida  tiqilma  paydo  qilishda   ko`zning uzumsimon  qatlamiga 
rutubatning oqib tushishi, ko`rlikni keltirib chiqarishda - tiqilmaning paydo bo`lishi. 
      Tashqi sabablarga  misol: - Quyoshning isitishi, kuchli harakat, haddan ziyod 
ko`p    uyqusizlik  yoki  sarimsoqqa  o`xshagan  o`tkir  qizdiruvchi  narsalarni  yeyish 
kabilar. Bularning hammasi isitmaga sababdir. Ko`z qorachig’ining kengayishiga va 
kataraktaga jarohat sabab bo`ladi. 
 
Gavdaga  yetgan  har  bir  sabab  ta`sir  ko`rsata  olmaydi,  balki  yana  3  narsaga  
muhtoj bo`ladi: 
1.Ta`sir qiluvchi bir quvvatdan  boshqa bir quvvatga o’tishi 
2.Gavdaning nafsoniy quvvatidan bir  quvvatga o`tishi 
3.Quvvatlarning bir - biriga qarama-qarshi kelishi. 
      Sabablar  keltirib  chiqargan  narsalariga  nisbatan,  turli  hollarda  bo`ladilar. 
Ko`pincha   sabab  bitta bo`lsa ham, turli gavdalarda  turlicha  kasalliklarda  yoki turli 
vaqtlarda  turli  kasalliklarni  keltirib  chiqargan  bo`ladi.  Biror  bir  sabablarning  ta`siri 
kuchsiz  va  kuchli  odamda,  sezuvchan  va  kam    sezuvchan  odamda  bir  xil 
bo`lavermaydi. 
      Sabablarning  ba`zilari  o`zlaridan  keyin  iz  qoldiradi  va  ba`zilari  iz 
qoldirmaydi.  Iz  qoldiruvchi  sabablar  shunday  sabablarki,    ular  ajralgandan  keyin 
ta`siri  qoladi.  Iz  qoldirmaydigan  sabab  shunday  sababki,  uning  ajralishi  bilan 
kasallik tuzalib qoladi. 


70 
 
      Umuman, gavda hollarini o`zgartiruvchi va saqlovchi sabablar  zaruriy  yoki 
zaruriy bo’lmagan jinslardan iborat. Zaruriy  jinslar 6 xil  bo`ladi: 
1.Atrofimizni o`ragan havo 
2. Iste`mol  mahsulotlari 
3.Harakat va harakatsizlik 
4.Nafsoniy harakatlar 
5.Uyqu va uyg’oqlik. 
6.Bo`shalish  va  bo`shalmaslik. 
     Zaruriy  bo’lmagan  jinslar  esa     kishi  tanasi bilan   uchraydigan  narsalardir    -  
havo bular jumlasiga  kirmaydi, chunki u  zaruriydir,  masalan,  hammomga tushish,  
turli xil uqalashlar va boshqalar. 
     Odam tanasi bilan  tashqi tomondan  uchrashib ta`sir qiluvchi  narsalar  ikki 
yo`l bilan  ta`sir qiladi. 1)  U narsalarning  latif qismlari  o`zlaridagi sizilish  va o`tib 
ketish  quvvati bilan gavdadagi  teshiklarga kirib  ketadi,  yoki  a`zolar  ularni tana  
teshiklari  orqali   tortib  oladi,   yoki shu    ikkala  holat   bir-biriga    yordam  beradi    2) 
Ular  gavda    bilan    hech  bir  aralashmasdan    faqat  uni  o`zgartiradigan    kayfiyatlari  
bilangina    ta`sir    qiladilar,    bu  kayfiyat    amalda    bo`ladi,  masalan,    sovituvchi  
surtmalar    amalda  sovutadi  va    isituvchi    surtmalar  amalda  isitadi  yoki    qizdirib  
qo`yiladigan   narsalar  amalda  qizdiradi; yoki u kayfiyat  quvvatda  bo`ladi ,  lekin 
tug’ma    issiqlik    unda  ta`sir  qiluvchi    quvvatni    qo`zg’atadi  va  uni    amaldagiga  
aylantiradi;  ba`zan  esa  o`z  xususiyati bilan  ta`sir  ko`rsatadi. 
      Badanga    tekkanda    o`zgartirib  ,  yeganda    o`zgartirmaydigan    narsalarga 
misol  piyoz bo`lib, uni tashqaridan  bog’laganda  yara qilib,  ichdan yara qilmaydi.  
Buning  teskarisicha  ta`sir qiladigan  narsalarga  misol qo`rg’oshin   upasi bo`ladi, 
chunki    u  ichilsa,   katta  o`zgarish      yasab,    ustdan  surtilganda      hech  qanday  ta`sir  
ko`rsatmaydi.  Ba`zi bir narsalar  ikkala tomondan  ham ta`sir  ko`rsatmaydi. 


71 
 
    Ta`sir  ko`rsatishlarning    sababi  quyidagi    oltitaning    biri  bo`lishi  mumkin,  
birinchi sabab shuki,  piyoz kabi  narsalar gavdaning  ichiga kirsalar, hazm qiluvchi  
quvvat uni parchalashga  va uning  mizojini  o`zgartirishga shoshiladi  va unga o`z 
ta`sirini  ko`rsatib ichni yara qilish  muddatigacha sog’lom qilmaydi.  Ikkinchi sabab 
shuki,  ularning  boshqa  narsalar  bilan    aralashtirilgan  holda    yeyilishlaridir.   
Uchinchi  sabab,    gavdadagi  ovqat  idishlarida    ularning  turli  suyuqliklar    bilan 
ko`mib yuborilishi  va kuchlarining   sindirilishidan  iborat.  To`rtinchi sabab shuki,  
unday narsalar  gavda tashqarisida  faqat bir joyda turadi,  ichkarisida   esa ko`chib 
yuradi.  Beshinchi  sabab  shuki  -  tashqari  tomondan    ular  qattiq  yopishadi,  ammo  
ichkaridan  esa  yopishmasdan  faqat tegib turadi.  Oltinchi  sabab  esa  narsa  gavda 
ichkarisida      paydo  bo`lgandan      keyin  tabiiy    quvvat  uning    tadbirini    o`z  qo`liga 
oladi    va  u    narsaning    chiqindilari      to`xtalib    qolmasdan      chiqarib  tashlanadi,  
yaxshilari esa   qonga aylanadi. 
     Masalan,  piyozni  qo`rg’oshin  upasidan      farq  qildiruvchi    sabab  shuki,  
qo`rg’oshin upasining  bo`laklari  g’aliz bo`lib,  tashqi tomondan  badan teshiklariga  
kira olmaydi va  kirsalar ham  ruh  o`tadigan yo`llar va  boshqaruvchi  a`zolargacha  
yetib    borolmaydi,    agar  u  yeyilsa,    ish  buning    teskarisicha    bo`ladi.  Shuningdek,  
qo`rg’oshin  upasidagi   zaharli tabiat  bizdagi  tug’ma issiqlikning  unga nihoyatda  
kuchli  ta`sir   qilganidan   keyingina   qo`zg’aladi.   Bu  xil  ta`sir    esa  faqat   tashqari 
tomondan  uchrashish bilangina  hosil bo`lmaydi. 
        Odatda kasalliklarning ba`zilari sodda, ba`zilari esa murakkab bo`ladi. 
       Sodda  kasalliklar  -  mizoj  kasalligi navlari  yoki   tarkib buzilishi kasalliklari  
turlaridan biri    uchraydigan   bir xil kasalliklardir.  
       Murakkab  kasalliklar  -  ularda  kasallik  turlaridan  ikki  va  undan  ortig’i 
to`planib, bir nechta  kasallikni hosil qiladi.                                       

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish