Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Uzluksizlikning buzilish   kasalliklari   haqida



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Uzluksizlikning buzilish   kasalliklari   haqida. 
       U ba`zan terida bo`lib, tirnalish va yulinish deb ataladi. Bu ba`zan go`shtda 
bo`ladi va yiringlamagan yangi xili jarohat deb ataladi, yiringlagan xili yara deyiladi. 
Yiringning  paydo  bo`lishi  -  jarohatlangan  a`zoning  zaifligi  va  oziq  iste`molidan, 
hazmdan ojizligi jihatidan zararli chiqindilarning  haydalishidan yuzaga keladi. Shu 
bilan birga hazm bo`lmagan moddalarning o`zi ham chiqindiga aylanadi. 
       Uzluksizlikning buzilishi suyakda ham  bo`ladi - suyak sinib ikki yoki ko`p 
bo`laklarga ajralgan bo`ladi yoki titilib mayda bo`laklarga ajralgan bo`ladi. 


75 
 
       Bundan tashqari uzluksizlikning buzilishi tog’aylarda yoki asablarda bo`lishi 
mumkin.  Agar  bu  buzilishi  eniga  tushgan  bo`lsa,  kesilish  deyiladi,    uzunasiga 
tushgan bo`lib, chuqur bo`lmasa, yoriq deyiladi, chuqur bo`lsa  teshik deyiladi. 
      Agar  uzluksizlikning  buzilishi  arteriya  va    vena  tomirlarida  paydo  bo`lsa, u 
yorilish    deyiladi.  Agar  ular  tomirlarning  ko`ndalangiga  to`g’ri  kelsa,  uzilish  yoki 
ajralish deyiladi. Uzunasiga kelgan bo`lsa, darz deyiladi, ularning og’izlari ochilgan 
bo`lsa, yorilish deb ataladi. 
                              Murakkab   kasalliklar 
       Bir qancha kasalliklar yig’indisidan bir kasallik  paydo bo`ladi. Misol qilib, 
shishni  aytish  mumkin.  Shishda  shakl  va  tarkib  (tuzilish)  kasalligi  ham  topiladi, 
chunki  shakl  va  miqdorni  buzmaydigan  shish  yo`qdir.  Shish  yumshoq  a`zolarda 
paydo  bo`ladi,  ba`zan  suyaklarda  ham  shishga  o`xshash  narsa  paydo  bo`lib,  uning 
(suyakning)  hajmi  kattalashadi.  Har  qanday  shishda  ko`rinarli  sabab  yo`q,  uning 
jismoniy  sababi  moddaning  biror  a`zodan  pastki  a`zoga  o`tishidadir,  bu  nazla  deb 
ataladi. 
       Ba`zan shish va toshmalarni tug’diradigan moddiy sabab kayfiyatlarida zarar 
bermaydigan boshqa xiltlar qolib ketadi. 
      Shishga sabab bo`ladigan moddalar  6 tadir. 4 xil xilt, suv va yel. Shish issiq 
bo`lishi yoki issiq bo`lmasligi mumkin. Issiq shish yolg’iz g’ayritabiiy qondan yoki 
g’ayritabiiy    safrodan  paydo  bo`ladi  deb  o`ylab  bo`lmaydi,  u  o`z    javhari  issiq 
bo`lgan  yoki  chirish  natijasida  issiqlik  paydo  bo`lgan  har  bir  moddadan  hosil 
bo`ladi.  
       Shishlarning  yolg’iz  qondan  bo`lganlari  flegmona  deb,  yolg’iz  safrodan 
bo`lgani  otashak  deb  ataladi.  Qon  va  safrodan  bo`lganini  ikkovining    ismlaridan 
murakkab  bir  ism  bilan  atashdir,  yana  qaysi  biri  ustun  bo`lsa,  o`shaning  ismini 
oldinga qo`yib                                                                                      aytish odatlari 
bor.  Masalan,    ularning  biri    "flegmonali  otashak"  yoki  "otashakli  flegmona"  deb 


76 
 
ataladi. Yiring yiqqanda  chiqiq (xuroj) deyiladi. Agar chiqiq yumshoq go`shtlarda, 
bezlarda,  qo`ltiq  tagida,  quloq  orqalarida  va  gavdada  bo`lgan  yomon    sifatlilar 
jinsiga kirsa, toun deb ataladi. 
     Issiq shishlarga  kelsak,  ularning boshlanish davrlari bor, bunda xilt yig’ilib, 
hajm  kattalashadi, so`ngra  xilt  miqdori  ortadi va  shuning    bilan  yanada  hajm  ortib, 
oxiriga  yetib    to`xtaydi,  so`ng  hajm  pasaya  boshlaydi,  keyin  pishib  tarqaladi,  yoki 
yiringlanadi. Shish tarqalib - yo`qolish, yiring yig’ish yoki qattiqlanish bilan tugaydi. 
    Issiq  bo`lmagan  shishlarga  kelsak,  ular  yoki  g’ayritabiiy  savdo  moddasidan, 
yoki g’ayritabiiy balg’am moddasidan, yoki  suvli moddadan, yohud yel moddasidan 
paydo bo`ladi. G’ayritabiiy  savdo moddasidan bo`lgan shish uch  jinsdan iborat: 
1.Qattiqlik (sirroz) jinsi. 
2.Saraton  (rak) jinsi 
3.Bezlar jinsi, tepki va o`smalar kabi shishlar shu  jinsga kiradi. 
     Bez  jinslari bilan  boshqa ikki jins orasidagi farq shuki, bez jinslari sof bezlar 
kabi    o`zlarini  o`ragan  a`zodan  ayri  o`sadilar,  yoki  tepki  kabi,  u  a`zolarga 
tashqaridan  yopishgan  bo`ladilar.  Boshqa  jinsdagi  shishlar  esa  o`zlari  o`sgan 
a`zoning moddasiga aralashib, bir - birlariga kirishib ketgan bo`ladilar. 
      Saraton  bilan  qattiqlik  jinslari  o`rtasida    farq  shuki,  qattiqlik  harakatsiz  va 
sezgini yo`qotuvchi shish bo`lib, unda alam beruvchi og’riq bo`lmaydi. Saraton esa 
harakat qiluvchi, ortuvchi va aziyat yetkazuvchi shishdir. 
       Toshmalar  -  ba`zilari  chechak  kasalligi  kabi  g’ayritabiiy  qon  xiltidan, 
ba`zilari  eshakemi  kabi g’ayritabiiy  safro  xiltidan, ba`zilari qizamiq,  uchuq, qo`tir, 
so`gal  kabi  g’ayritabiiy  qon  va  safro  xiltidan  hosil  bo`ladi.  Ba`zilari  qavarchiqqa 
o`xshash suvli bo`lib, ba`zilari pufakka o`xshash havodan iborat.  

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish