Bozorga o`xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o`xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ko`rmadim aslo,
Molim yomon degan biron kimsani.
1
Shoir satrlarida biroz kinoya, piching ohanglari, dil og`rig`i bo`lishi
mumkin, ammo gap shundaki, bu satrlar bozor muhitini juda haqqoniy
tasvirlaydi. Bozorda eng sifatsiz molini ham zo`r deb maqtayotgan savdogar faqat
molini o`tkazishni o`ylaydi, uni maqtaydi - demak, reklama qiladi. Tasavvur
qiling, holvapaz holvasini maqtaydi, nosfurush nosini ko`kka ko`taradi. Bir so`z
bilan aytganda, reklama bugun bizning maishiy turmushimizga tobora ko`proq
1
А.Орипов. Танланган асарлар. I жилд. Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат. 2000. 231-б.
71
singib bormoqda. Qayoqqa qaramang - reklama. Bugun har qanday tijoratni
yurgizishda reklama asosiy qurollardan biriga aylangani rost. Reklama teleradio
to`lqinlarining asosiy vaqtini egallab olgan. Reklamalar hatto jamoat
transportlarida, metro bekatlari va vagonlar devorlarida, bozorlarda, yurtimiz
ko`chalarida limmo-lim. Xayriyatki, bizning milliy qadriyatlarimizdan kelib
chiqqan holda turli-tuman spirtli ichimliklar, sigaretalaming reklamalariga bugungi
kunda nigohingiz tushmaydi. Bu yaxshi, albatta. Ommaviy axborot vositalarida
ham xalqimizga foydasi tegadigan dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari targ`ib
etiladi. Bu reklamalardan manfaatdor tashkilotlar, shaxslar bo`lishi shubhasiz.
Bunday reklamalaming ijobiy tomonlarini e’tirof qilgan holda, ularning milliy
qadriyatlarimiz, urf-udumlarimiz, oilaviy muhitimiz, ma’naviy tarbiyamizga
ta’sirini yoddan chiqarmasligimiz lozim.
Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch»
asarida har qanday kishini o`ylashga, fikr yuritishga undaydigan shunday so`zlar
bor: «Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy
tahdidlarning oldini olish, «ommaviy madaniyat»ning zararli ta’siridan
farzandlarimizning ong-u tafakkurini himoya qilishda ilm-u fan va madaniyat
jamoatchiligi, ijod ahlining o`rni va roli tobora ortib bormoqda»
2
.
Ko`rinib turibdiki, ma’naviyat masalalari bugun yanada dolzarblik kasb
etmoqda. Reklamani biz yuqorida moddiy manfaatdorlikka asoslangan sanoat turi
dedik, lekin, ayni chog`da u ijodiy salohiyatni talab qiladigan, xalqimizning
ma’naviy talablariga javob bera oladigan ijod turi hamdir
3
. «Yuksak ma’naviyat -
yengilmas kuch» asarida yurtboshimiz buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning
quyidagi satrlarini o`quvchiga eslatadi:
Oldig`a qo`yganni yemak - hayvon ishi,
Og`ziga kelganni demak - nodon ishi.
3
2
I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 133-b.
3
U.Bo’tayev. Milliy mentalitet va reklama //Til va adabiyot ta’limi. 2010, 6-son. 3-b.
72
Afsuski, ba’zan mijoz oldiga nimadir qo`yish, unga «yedirish» uchun
og`ziga kelganni qaytarmaydiganlar hali-hanuz, ayniqsa, reklama daqiqalarida
uchrab turadi. Bunday reklamalaming mutlaqo teskari ruhdagi film yoki ko`rsatuv
orasida berilishi «mullaning aytganini qil, qilganini qilma» maqolini eslatadi.
Qolaversa, bunday reklamalaming ko`pchiligi to`g`ridan-to`g`ri Moskva yoki
G`arb televideniyalaridan ko`chirib olib qo`ya qolinadi, ya’ni ular mahsulotning
orasiga reklamasini ham qistirib yuborishadi. Balki, ularni mahsulotning o`zidan
ham ko`ra ko`proq xalq orasida reklamaning yoyilishi qiziqtirar? Axir, ma’naviy
tahdidlarning turli-tuman yo`llari va usullari juda ko`p.
Ommaviy axborot vositalari hamda ko`chalardagi afisha, banner, pannolarda
reklamalarni e’lon qilishda milliy omillar, an’ana va urf-odatlarni hisobga olgan
ma’qul. Shu o`rinda, reklamalar milliy tilga o`z ta’sirini o`tkazayotganligini aytib
o`tish joiz. Til - millatning o`zligidir. O`zligimiz esa hayot sahnasida bizning
millat sifatida borligimizdir. Yashashning mazmun-mohiyati ham o`zlikni,
qadriyatlarni e’zozlashdadir. Istiqlolning xalqimizga bergan ulug` ne’matlaridan
biri -ona tilimizga Davlat tili maqomining berilganligidir. Tilimizni qadrlash, uni
asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi.
Ona
tilimizga
nisbatan
qilinayotgan
e’tiborsizlik
qadriyatlarga
e’tiborsizlikdir.
Turli-tuman
korxona-tashkilotlar
peshtoqlarida,
jamoat
transportlarida yoki yo’l chetlarida osilgan xilma-xil e’lon, reklamalarda
so`zlaming imloviy xatoliklar bilan, pala-partish holda yozilgani yoshlar,
jumladan, o`quvchi-talabalar savodxonligiga ham jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Masalan:
«Real tea ko`k choy. Yangi kurinish, yangi t’at» jumlasidagi « kurinish» so`zi
«ko`rinish» shaklida bo`lishi lozim; «Shim tikish tamirlash» degan yozuv aslida
«Shim tikish va ta’mirlash ustaxonasi» tarzida yozilsa, ham mantiqan, ham imlo
jihatidan to`g`ri bo`lardi. Tilshunos olim A. Abdusaidov mazkur holatni:
«Reklamaning imloviy yoki uslubiy xatolar bilan berilishi tinglovchilar, ayniqsa,
o`quvchi va talabalarning savodxonligiga jiddiy ta’sir etadi. Televideniye orqali
73
berilgan xato reklama matni savodxonligi yuqori bo`lmagan tinglovchi uchun
«andoza» vazifasini o`taydi», deya ta’kidlaydi.
O`quvchi-talabalarning imloviy savodxonligi pastligiga ta’lim tizimidagi
xatoliklar bilan bir qatorda reklama ijodkorlarining ham ma’lum ma’noda ta’siri
bor. Milliy qadriyatlarga, ona tiliga, ma’naviyatga hurmat-ehtirom bilan
munosabatda bo`lish tug`ilib o`sgan yurtga muhabbat hissini ham tarbiyalaydi.
Vatanga muhabbat ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytishmagan.
Uyingizda televizor bor ekan, farzandlaringizni uni ko`rishdan mahrum qila
olmaysiz. Ular esa kattalarni o`zidan ko`ra aqlliroq, bilimliroq sanaydi. Hamma
ishda ularga taqlid qiladi. Reklamadagi ―Tamom! Kema cho`kdi‖, iborasi bir
umrga bolajonlarning miyasida muhrlanib qolishi mumkin. Harflarni endi
taniyotgan maktab o`quvchilari transport vositalari va ko`chalardagi reklama va
e`lonlarni hijjalab o`qib, har bir harfga, har bir so`zga beg`ubor nigohlar va
ishonch to`la ko`zlar bilan qaraydi. Bizning burchimiz - mana shu ishonchni
oqlash.
Tahlillar shuni ko`rsatadiki, sohada yutuqlar ko`p, lekin muammolar ham
etarli. Ayniqsa, reklamaning ma`naviy-ma`rifiy jihatlariga e’tiborni kuchaytirish
kerak. Albatta, bu kabi kamchiliklar mutaxassis tahlili, nazorati, yordami bilan
bartaraf etilishi mumkin. Fikrimizcha, buning uchun reklama roligini tayyorlovchi
guruh tarkibiga mugaxassis -tilshunoslar, sotsiolog va psixologlar ham jalb etilsa,
maqsadga muvofiq bo`lardi. Shuningdek, reklama xususiyatlarini o`rganish
borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, buning uchun soxa mutaxassislari
tayyorlashni ko`paytirish zarur.
Til ma’naviyati va nutq madaniyati jamiyat hayotining ajralmas qismi, chunki
ona tili muhim tarbiya vositasi sifatida kishilarni buyuk maqsadlar sari
yo`naltiradi, ruhlantiradi, ezgu orzu-umidlar bilan yashashga undaydi. Ona tiliga
e`tibor yosh avlod tarbiyasining ajralmas qismidir. Barkamol avlod tarbiyasida ona
tilimizga hurmat-e`tiborni, yuqori savodxonlik, nutq madaniyati va notiqlikni
74
egallashni ular ongiga singdirish asosiy vazifamizdir. Ana shu ulug` maqsadlarni
amalga oshirishda barchamiz, xususan, reklama ijodkorlari ham mas’uldirlar.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |