Reklama vositalaridan yana biri mahsulot haqidagi ma`lumotlar yozuvi
yoki eslatmadir. Ularning ko`pchiligi ham imloviy, ham uslubiy kamchiliklardan
xoli emas. Turli ichimliklarga yopishtirilgan yozuvlardan ham istagancha xato
topish mumkin.
Xullas, reklama tilga ta`sir etuvchi zamonaviy vositalardan bo`lib, unga
qo`yiladigan asosiy talablardan biri, fikrimizcha, reklama matnining adabiy til
me`yorlariga mos bo`lishi, ya’ni imloviy, uslubiy, talaffuz me`yorlariga rioya
etilgan holda ifodalanishi lozim.
59
Reklamalarda yuz berayotgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun reklama
matni o`zbek tili qonun-qoidalaridan xabardor mutaxassis tomonidan tuzilishi yoki
uning ko`rigidan o`tishi, O`zbekiston Respublikasining «Reklama to`g`risida»,
«Davlat tili haqida»gi qonunlarining tegishli moddalariga qo`shimcha kiritish zarur
bo`ladi. Masalan, reklamada adabiy til normalariga rioya etish majburiyatini, ya’ni
«Reklamada adabiy til normasiga rioya etish printsiplari» nomli band «Reklama
to`g`risida»gi qonun moddalarida o`z ifodasini topishi kerak. Shuningdek,
ko`rgazmali vosita, peshlavha va afisha shaklidagi reklamalar savodli yozilishidan
tashqari, yirik, ko`rinarli harflarda, ranglari yorqin bo`lishi, reklama matnining tili
bilan ovoz mosligi ta`minlanishi, reklamada chet so`zlarning ishlatilishida ham
me’yorga amal qilish kerak. Masalan, mahsulot yoki ishlab chiqaruvchi
kompaniyaning nominigina chet tilda yozish kifoya. Matnlarning chala tarjimasiga
yo`l qo`ymaslik zarur. Bundan tashqari reklama matnlari adabiy til normasiga mos
bo`lishi lozim.
Bir vaqtlar faqat adabiy tilda qo`llanilgan, og`zaki nutqda uning boshqa tildagi
tarjimasi yoki jargon va shevadagi shaklidan foydalanilgan ko`pgina so`zlar
bugunga kelib og`zaki nutqqa ham kirib kelib, o`rnashib ulgurdi. Masalan, ilgari
ruscha "udostoverenie" so`zini ishlatish odat bo`lsa, bugun "guvohnoma" so`zi
ham og`zaki so`zlashuvimizga dadil o`rnashib oldi. Yoki "dalolatnoma",
"ma`lumotnoma", "bildirgi" degan rasmiy so`zlar ham yaratildiki, odamlar bu
so`zlarga ham odatlanishdi.
Qolaversa, so`nggi yillarda zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi,
televidenie, g`arb kino mahsulotlarining sur`at bilan kirib kelishi, "butunjahon
o`rgimchak to`ri" - internet tarmog`ining ham ta`siri katta bo`lyapti.
Reklama qonunchiligi reklama beruvchining iqtisodiy erkinligini ta`minlash
hamda iste`molchilar manfaatlarini ko`zlagan holda reklama axborotini nafaqat
o`zbek tilida, balki reklama beruvchining xohishiga ko`ra boshqa tillarda ham
tarqatilishi mumkinligini nazarda tutgan.
60
Davlatimizning reklama qonunchiligi reklama beruvchiga o`z mahsulotini
boshqa tillarda ham reklama qilish huquqini beradi. Bu bilan milliy
qonunchiligimizda reklama tiliga nisbatan qo`yilgan to`siq olib tashlanganligi
ijobiy holat, biroq reklamaning ―boshqa tillari‖ga aynan qaysi tillar kirishi
qonunda aniq sanab o`tish lozim deb hisoblaymiz. Odatda, bunday talabning
mavjud emasligi reklamaning sifatli tuzilishiga oid ―aniqlik‖ning buzilishiga olib
kelishi, ya`ni reklamaning istemolchilar uchun bemalol foydalana olishga yaroqsiz
holatga kelishiga sharoit yaratishi mumkin
8
. Bu borada, fikrimizcha, reklamaning
o`zbek tilida yoki muayyan joydagi ko`pchilik aholi so`zlashadigan tilda belgilash
lozim.
Hozir takliflar soni kundan-kunga oshib borayotgan bir paytda o`zingiz
mustaqil ravishda sifatli, arzon, sog`liq uchun foydali mahsulotni topib ko`ring-chi.
Bu yerda haqqoniylik muhim. Negaki, hamma reklama tayyorlovchilar ham pul
uchun yangi brendni «dunyoga keltirar ekan» haqiqatni oxirigacha gapirishni
ma`qul topavermaydilar. Bugungi kunda reklama axborotlarida ishlatiladigan
―eng....‖, ―eng yuqori sifatli‖, ―eng past narxlarda‖, ―faqatgina ....‖, ―faqatgina
reklama beruvchida to`liq holda‖ kabi iboralar eng avvalo o`zga shaxsning
mahsulotini badnom etuvchi axborot sifatida qaralishi turgan gap. Bunday holatda
milliy qonunchiligimiz mazkur axborotlarga nisbatan ―ishonchlilik‖ talabini
belgilab qo`ygan bo`lib, unga ko`ra tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lgan
hollardagina mazkur iboralarning reklama axborotida qo`llashga ruxsat berilishi
mumkin. Reklama sohasi bizda endi-endi rivojlanmoqda. Hali oldinda qilinishi
lozim bo`lgan ishlar talaygina. Oddiy misol, yo`llar chekkasidagi ovqatlanadigan
joylar peshtoqida «Oshxonamizga marxamat», degan yozuvlarga ko`zimiz tushadi.
Xo`sh, bu reklamami yoki ma`lumot? Aynan ―marhamat‖ so`zi orqali ma`lum
qilinayotgan ekan, bu ham reklama.
8
Ботиров Б., Ҳотамов К. Яна реклама. // ―Миллий тикланиш‖ газетаси, 2010, 7-январ. 4 –б.
61
Reklamaning asosiy talablaridan biri – bu aniqlik. Reklama tuzilishidagi
―aniqlik‖ deganda reklama axborotining maxsus ma`lumotsiz yoki texnik
vositalarni qo`llamay turib tushunilishi, ya`ni reklamani namoyish etish vaqtida
uning shakli yoki tarqatish uchun qo`llaniladigan vositalaridan qat`i nazar, oddiy
tarzda anglanishi tushuniladi. Yana bir muhim jihat – bu ishonchlilik. Reklamadagi
―ishonchlilik‖ talabi reklama axborotining asoslangan dalillar bilan tasdiqlangan
bo`lishini taqozo etadi. Reklama bozoridagi raqobat kuchliligi natijasida uning turli
ko`rinishlari yaratilmoqda. Masalan, AQSHning SBS telekanali o`z dasturlarini
reklama qilishning antiqa usulini o`ylab topdi. Mazkur telekanal tuxum sotish bilan
shug`ullanuvchi ―Egg Fusion‖ kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, endi har bir
tuxumga TV dasturlari tartibini yozadigan bo`ldi.
Reklama taraqqiyotni belgilovchi mezon, axborot tarqatish, savdo
madaniyatini o`rgatib, bozor ishtirokchilarini doimo axborot bilan ta`minlab turadi.
Ular mahsulotni tanlashda yordam berish bilan birga ruhiy holatimiz, nutq
madaniyatimizni oshirishga ham ta`sir qiladi. Har jihatdan mukammal, bezakli,
bejirim, adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda tayyorlangan reklamalar inson
ruhiyatiga nafaqat tez ta`sir etadi, kerak bo`lsa, hordiq chiqarishiga yordam beradi.
Mamlakatimizda reklama bozori tobora rivojlanib, turli yo`nalish va ko`rinishlarga
ega bo`lib borayotgan ekan, milliy reklamalarni yaratish va targ`ib etish vaqti
yetganligini anglatadi. Bunda xorijdan shundoqqina ko`chirilayotgan reklamalar
o`rniga yurtimiz ramzlari – betakror tabiat manzaralari, nuroniy otaxonlarimiz,
o`ziga xos bozorlarimizdan foydalanish mumkin.
Har bir ish qonun doirasida bo`lgani ma`qul. Bugungi taraqqiyot zamonida
ildam harakatlanayotgan reklamani aholi manfaati, yurt istiqboli uchun xizmat
qilinishini ta`minlash eng muhim masala. Buning uchun nafaqat reklama beruvchi,
uni tayyorlovchi va tarqatuvchilar, balki shu hududda istiqomat qiluvchilar ham
qiziqishi, o`z huquqi va manfaatini himoya qilishi zarur. Zero, reklama qanday
ko`rinishda bo`lishidan qat`iy nazar u xalq mulkidir.
62
Ayniqsa, so`nggi yillarda qator tarjima iboralar paydo bo`ldiki, ba`zilari
og`zaki nutqqa "o`rnashib" ulgurdi. Bunda seriallar va reklamalarning katta
"hissa"si bor. Masalan, Lotin Amerikasi seriallarining ruscha tarjimasidagi "Ya
emu govoril, chto lyublyu tebya", degan ibora "Men unga seni sevishimni
aytgandim", yoki "Nam nado viyanit’ otnosheniya" degan ibora "Bizga
munosabatlarimizni oydinlashtirib olish zarur" deb savodsizlarcha tarjima qilinib,
bu kabi iboralar ekrandan-ekranga "ko`chib" yuribdi.
Bugungi kunda televizor ekranlarida biz tomosha qilayotgan reklamalarning
aksariyati xorijiy tillarda (aksariyat hollarda rus tilida) yaratilgan. Ularda o`zbek
tiliga o`girib namoyish etilyapti. Ularda rus tilidan so`zlarni to`g`ridan-to`g`ri
ko`chirish, o`zbek tili qoidalarini buzib ishlatish, uslubiy xatolarga yo`l qo`yish
hollari ko`plab uchrayapti.
Masalan, sinariks dorisining reklamasi qahramoni bo`lgan ayol rus tilida o`z
turmush
o`rtog`iga
"Ti
mne
nujen
zdorovim",
degan
bo`lsa,
"o`zbekchalashtirilgan" shaklida "Siz menga sog`lom keraksiz", - deydi.
Endi yana bir qoyilmaqom "o`zbekcha" reklama haqida. "Snikers" shokoladining
reklamasi namoyish etilyapti. Qahramon allaqanday maxluqlardan qochib
qutuladi-da, shokolad eydi. Kadr ortidan ovoz keladi: "Sinib qoldingmi?
"Snikers"ni to`xtatma!" Bu reklama bilan nima deyilmoqchi bo`lganini tushunish
uchun reklamaning ruscha matnini eslash kerak bo`ladi. U yerda "Slomalsya? Ne
tormozi!
"Snikers"ni!"
deyiladi.
Mana
sizga
o`zbekchalashtirishning
savodsizlarcha ko`rinishi! Avvalo "Slomalsya?" - bu rus o`spirinlari tilidagi jargon
so`z. "Charchadingmi, holdan toydingmi", degan ma`noni bildiradi. "Ne tormozi!"
(jargon) - to`xtama, "Snikers"ni!" (bu ham jargon) - "Snikers"ga to`yib ol",
deganidir.
Qolaversa, axborot dasturlarida ham bir qator til qoidalarining buzilishini
kuzatish mumkin. Bu avvalo ko`proq xorijiy tillardagi axborotlarni o`zbekchaga
o`girish orqali ro`y bergan bo`lsa, endilikda, "Falonchi tomonidan mana bunday
ishlar amalga oshirildi", "falonchiga nisbatan bunday ishlar amalga oshirildi",
63
"falon ishlarni amalga oshirish orqali mana bunday faoliyatga ko`mak berildi", "bu
borada falon ishlar amalga oshirildi" ga o`xshagan rus tilidagi gap qurilishidan
ko`r-ko`rona ko`chirib olingan iboralarni qo`llash oddiy holga aylanib qoldi.
Xuddi shuningdek, ba`zi qisqartma so`zlar ham paydo bo`ldiki, ular nimani
anglatishini bilolmay, qoladi kishi. Masalan, "NNTQQJF" degani nima ekanini
tushunib olguncha boshingiz qotadi. Oxiri bu "Nodavlat notijorat tashkilotlarni
qo`llab-quvvatlash jamoatchilik fondi" ekanini kimdandir so`rab bilib olasiz-da,
yengil tortasiz.
Shuningdek,
Respublikamizdagi
ba`zi
korxona
va
tashkilotlar,
muassasalarda yozuv mashinkalari va komp’yuterlar hozirgacha o`zbekcha
yozuvlarga
moslashtirilmagan
yoki
moslashtirilgan
bo`lsa-da,
ulardan
foydalanilmagan. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashda o`zbek tilidagi "o`", "q", "g`",
"h" harflaridan foydalanilmayapti. Natijada nafaqat so`z, balki matn mazmuni ham
buzilyapti. Ba`zan "o`", "q", "g`", "h" harflaridan foydalanmaslik natijasida shu
qadar kulgili so`zlar yasaladiki, na kulishni, na kuyishni bilmay qolasiz. Bir
notarius imzolagan hujjatning ba`zi o`rinlarini keltiramiz. "Men, sotib oluvchi,
Toshkent shaxar, Kattachukur (Kattachuqur demoqchi) kuchasi, 57-uyda
yashovchi Karabaev (Qoraboev) Kodir Ishchanovich (Eshjonovich bo`lsa kerak)
va sotuvni Karasu-2 (Qorasuv!), 4-uy, 78-xonadonda yashovchi Ergashev
(Menimcha, ergashev bo`lsa kerak)...
Qolaversa, ba`zi joylarda, ayniqsa, ko`rsatkichlarda Amir Temur, Mirzo
Ulug`bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi ulug`
bobolarimizning ism-shariflarini A.Temur, M.Ulug`bek, A.Jomiy, A.Navoiy,
A.Donish
deb
noo`rin
qisqartirib
yozishlarga
duch
kelmoqdamiz.
Ayniqsa, lotin yozuvida yozilgan ko`p so`zlarda xatolar uchrayaptiki, ba`zan
ko`chadagi panno va bannerlarda nima yozilganini tushunmay qoladi kishi.
Masalan, "Oshhona Shaxlohon", "Dorihona" yoki "Xyvaudo maxallasi", ―oziq
ovqat‖ kabi xato yozuvlar hali-hamon ko`chalarni "bezab" turibdi.
64
Ona tilimizga davlat maqomi berilgani zimmamizga katta bir mas`uliyat
yuklaydi. Chunki o`zbek tili davlat maqomiga ega bo`ldimi, uni buzib qo`llashga,
tilimizdagi iboralar ma`nosini anglamasdan ko`r-ko`rona ishlataverishga haqimiz
yo`q.
Lekin kundalik turmushimizda afsuski, tilga ko`pincha bee`tibormiz. Yo`qsa,
"Xyvaudo maxallasi" deb yozishdan avval hech qursa, imlo lug`atiga qarab olgan,
ulug` shoirimiz taxallusini va uning nomiga qo`yilgan mahalla nomini xato yozib,
uning ruhini ranjitmagan bo`lardik.
Fikrimizni Abdulla Qahhorning so`zlari bilan asoslamoqchimiz. Zero, bu
haqda
undan
oshirib
fikr
bildirgan
kishini
topib
ham
bo`lmaydi.
"Juda boy, chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo`lmaydigan fikr, tuyg`u, holat
yo`q! Nima uchun tilimizning qonun-qoidalari buzilayotibdi? Nima uchun ko`cha
harakatini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan
odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?". Bu albatta yoshlar tarbiyasiga ta`sir
qilmay qolmaydi.
Har bir inson televizorni ko`ngilochar vosita sifatida qabul qilsa-da, bola
uchun u ko`ngil ochishdan ham kengroq tushunchani qamrab oladi. Televizor u
uchun haqiqiy dunyoga ochilgan bir darcha, qiynagan savollariga javob topib
beruvchi axborot manbai vazifasini bajaradi. Oddiy misol, ko`p televizor
ko`radigan bolangizning siz bilan gaplashayotganida gap-so`zlariga, o`zini
tutishiga e`tibor berib ko`ring. Har bir xatti-harakati, hatto gap-so`zi bilan o`zi
yaxshi ko`rgan qahramoniga taqlid qilishga intiladi. Qahramoni ko`p ishlatadigan
so`zlar bilan gapiradi.
Yana bir jihati reklama qilinayotgan narsalar xuddi uning hayoti shu narsasiz
to`liq bo`lmaydigandek bola ongida zaruriylik kasb etadi. Chunki bolada ehtiyoj
tushunchasi to`liq shakllanmagan bo`ladi. Xorijiy reklama agentligi o`tkazgan bir
so`rovnomada oilalarda sotib olinadigan mahsulotlarning 67 foizi bolalar hissasiga
to`g`ri kelar ekan. eng xafli tomoni bola o`zi anglab etmagan holda o`sha
mahsulotdan foydalanganda yoki iste`mol qilganda reklamada ishlatilgan shior va
65
harakatlarni qaytaradi. Go`yo «Snikersla, to`xtatma», deb baland binodan sakrash
kabi.
Biz uni transport vositalari, turar joy eshiklari hamda yo`llarning qatnov
qismida ko`rishga odatlanib qolganmiz. Radio va televizor dasturlari, gazeta
sahifalarini esa umuman, usiz tasavvur qilish qiyin. ―Telefoningga yuklab ol‖,
―Sinib qoldingmi? Demak och qolding!‖, ―Neskafe - uchtasi birda‖ kabi iboralar
hayotimizning bir bo`lagiga aylanib qoldi. Qiziqchilarning tanqid ―tosh‖lari uchun
tez-tez nishon vazifasini o`tovchi reklamalar transportda harakatlanish yoki uni
bekatda kutish jarayoniga mazmunliroq, qiziqarliroq tus berishi mumkin
9
.
Do'stlaringiz bilan baham: |