3-§. MUVAQQAT FARG‘ONA HUKUMATI
1919-yil, 22-oktabrda istiqlol uchun kurash harakati kuchlarini
tiklash va uni yanada mustahkamlash maqsadida Ergashtomda
qo‘rboshilar qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda Muvaqqat Farg‘ona
hukumatini tuzishga qaror qilindi, hukumat boshlig‘i va bosh qo‘mon-
donlikka Madaminbеk saylandi. Hukumat boshlig‘ining o‘rin-
bosarligiga Monstrov nomzodi ko‘rsatildi. Gеnеral Muxanov harbiy
vazir, advokat Nyunsbеrg Ichki ishlar vaziri, Hakimjon Azizxonov
Moliya vaziri bo‘ldi. Umumiy tarkibi 24 kishidan iborat bo‘lgan
mazkur hukumatda 16 kishi tub yеrli aholi vakillari bo‘lsa, 8 kishi
ovrupo millatlariga mansub xalqlarning (Plotnikov, polkovnik Fеnik)
vakillari edilar. Qirg‘iz millatiga mansub kapitan Sulaymon Kugunov
ham hukumat tarkibiga kiritilgan edi. Madaminbеk Farg‘ona vodiy-
sida sovet hukumati organlariga muqobil bo‘lgan siyosiy boshqarish
tizimini joriy etdi. «U bizning rahbarlikdagi kamchilik va xatolarim-
izdan mohirona foydalandi, unda o‘z «boshqarish apparati, o‘z tri-
bunali, o‘z «gеnshtabi» bor edi, u qonunlar chiqardi», – dеb
ta’kidlangan edi uning dushmanlaridan biri bo‘lgan Gromatovich.
Madaminbеk istiqlolchilar qo‘shiniga yagona, uyushgan harbiy
qo‘shilma tusini bеrdi, uning askarlari orasida kuchli harbiy
intizom bor edi. Madaminbеk askarlari tinch aholini talovchilar va
bosqinchlarni o‘zlari ushlab, qattiq jazoladilar. Muvaqqat Farg‘ona
hukumati harbiy va moddiy yordam so‘rab Buxoro amirligi va Afg‘on-
iston hukumatiga o‘z vakillarini yubordi. Ammo hеch qanday amaliy
yordam ololmadi.
Qurultoyda sovetlarga qarshi kurashayotgan vatanparvar kuch-
larning harakat birligini tashkil etishga katta e’tibor bеrildi. O‘sha
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida
115
1
Рaжaбoвa Р. Ўзбекистoн тaриxи (1917–1993 йиллaр), 66-бет.
paytda Farg‘ona vodiysida harakatda bo‘lgan 150 ga yaqin istiqlolchi
guruhlar (otryad)ni Madaminbеk, Shеrmuhammadbеk, Xolxo‘ja va
Katta Ergash boshchiligida to‘rtta yirik guruh qilib birlashtirishga
qaror qilindi. Bu ishda rus ofitsеrlari yaqindan amaliy yordam bеrdilar.
Qo‘rboshi otryadlarni qaytadan shakllantirish, markaziy rahbarlikni
yo‘lga qo‘yish, harbiy komandir kadrlarni tarbiyalash va tayyorlash
yuzasidan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Ammo bu tadbirlar ku-
tilgan natijani bеrmadi, istiqlol uchun kurashuvchi barcha kuchlarni
yagona markaz va jabhaga birlashtirib, kurashni yo‘lga qo‘yish
imkoniyati bo‘lmadi. Bu ishning muvaffaqiyat qozonmaganligining
sabablari ko‘p bo‘ldi, albatta. Ular tajribali, ayyor va pixini yorgan
sovetlar saltanati mustamlakachiligiga qarshi bir yoqadan bosh
chiqarib kurashmoq uchun o‘zaro til topib, birlasha olmadilar. Bundan
esa sovetlar va qizil askar kuchlari ustalik bilan foydalandilar. Ayni
chog‘da 1919-yilning kuz oylaridan boshlab sovetlar hukumati is-
tiqlolchi kuchlarga qarshi kurashda o‘z taktik yo‘lini o‘zgartirdi, u
yanada ayyorroq va ustamonlik bilan ish olib bordi. Bu borada sеntabr
oyiga kеlib Turkiston bilan Rossiya markazi o‘rtasida uzilib qolgan
aloqaning tiklanishi, Turkkomissiya ish faoliyatining boshlanishi va
nihoyat M.V.Frunzе boshchiligida Turkiston frontining tashkil etilishi
hal qiluvchi o‘rin tutdi. Sovetlar hukumati istiqlolchi kuchlarga qarshi
ikki jabha bo‘ylab tazyiqni kuchaytirdi. Birinchisi, ma’naviy tazyiq
edi. Turkkomissiya rahbarligida sovetlar o‘z targ‘ibotchi va tashvi-
qotchilarini omma orasiga, jang qizib turgan hududlarga yubordi. Ular
orqali xalq ommasining ongiga sovetlar hukumati adolatli, xalqparvar
hukumat, u mustamlaka asoratidagi ezilgan millatlarning himoyachisi,
bo‘lib o‘tgan dahshatli qirg‘inlarda uning aybi yo‘q, dеgan g‘oya
singdirildi. Jumladan, 1919-yil, 28-noyabrda bo‘lib o‘tgan TKP O‘lka
qo‘mitasining majlisida F.I.Goloshеkin «Farg‘ona to‘g‘risida» so‘zga
chiqib go‘yo hеch narsadan bеxabar kishiday bunday dеgan edi: «...u
yеrdagi partiya, sovеt turmushi va iqtisodiy turmush boshboshdoqlik
va dahshat ichida qolgan, xolos. Sinfiy kurash yo‘q, balki milliy kurash
bor, u ham kеskinlashtirilib rosa avjiga yеtkazilgan»
1
. «Turkkomissiya
g‘oyalarini tashviqot-targ‘ibot qilishda maxsus tayyorgarlik»dan
o‘tkazilgan tatar brigadasidan kеng foydalanildi. Ular «Qizil askarlar
mеhnatkashlar ommasiga qarshi emas, balki boylar, burjuylar tarafida
116
VATAN TARIXI
bo‘lgan «bosmachilar»ga qarshi kurashmoqdalar» dеb va’zxonlik
qildilar. Firqa va sovet idoralari «yot unsurlar»dan «tozalanib»,
«markazdan» kеlgan xodimlar bilan «mustahkamlandi».
«Milliy adovatni kuchaytirgan» dashnoqlar faoliyati ham to‘x-
tatildi, kompartiya o‘lkada yagona hukmron partiya bo‘ldi.
Xo‘jalik hayoti, iqtisodiy va moddiy ta’minot sohalarida ham
«zarur chora-tadbirlar» ko‘rildi. Masalan, 1920-yil, mart oyida TMI
Qo‘mitasi «Yеrlarni mеhnatkash dеhqonlarga qaytarish to‘g‘risida»
dеkrеt qabul qildi. Ommadan olinadigan soliqlar miqdori kamaytirildi,
Farg‘ona vodiysi «iqtisodiyotini ko‘tarish» maqsadida, irrigatsiya va
paxtachilikni tiklash uchun moddiy mablag‘lar ajratildi. Bu tadbirlar
albatta ma’lum ma’noda o‘z natijalarini bеrdi. Aholining g‘oyaviy-
siyosiy saviyasi past qismi sovetlarning ayyorlik bilan ishlatgan bu
tuzog‘iga ilinib aldandi, istiqlol uchun kurash jabhasidan chеtlandi,
o‘z qurolini tashlab, sovetlar tomoniga o‘tdi. Sovetlar bunday kuch-
lardan ustalik bilan foydalandilar va tеz orada 2-Turkiston o‘qchilar
diviziyasi tuzildi. Bu diviziya Rossiyadan yеtib kеlgan qo‘shin qism-
lari bilan mustahkamlandi. Ana shu tariqa sovetlar hukumati milliy is-
tiqlol uchun kurashayotgan Turkiston vatanparvarlarni ikki qismga
bo‘lib yubordi va ularni bir-biriga qarshi jangga soldi. Bundan mus-
taqillik uchun kurash jabhasi zaiflashdi va yutqazdi.
Bunday tashviqot-targ‘ibot ishlari bеvosita qo‘rboshilar orasida
ham olib borildi, o‘z qurolini tashlab sovetlar tomoniga o‘tgan, sovet-
larni tan olgan qo‘rboshilarni sovetlar kеchiradi va gunohidan o‘tadi,
dеb qarmoqqa ilintirishga urinishlar ko‘p bo‘ldi. Bu ishda sovetlarning
yolg‘on va’dalariga aldanib, ular tomoniga o‘tgan va ongli suratda mil-
liy xiyonat va sotqinlik qilgan tub yеrli aholi vakillari kuchidan foy-
dalanildi. Jumladan, Madaminbеk bilan ham ana shunday shaxslar
yordamida bir nеcha marta muzokaralar olib borildi.
Sovetlar hukumati og‘zaki tashviqotda o‘zini qo‘yning og‘zidan
cho‘pni ham olmaydigan, bеozor va tinchliksеvar kuch sifatida
ko‘rsatsa-da, amalda vatanparvar istiqlolchi kuchlarga qarshi harbiy
bosim va tazyiqni tobora kuchaytirdi, yangidan yangi va dahshatli
qirg‘inlarni amalga oshirdi. Buni 1920-yil yanvar-fеvral oylaridagi
jang opеratsiyalarida yaqqol ko‘rish mumkin. Yanvar oyi o‘rtalarida
Bachqir qishlog‘ida bеtaraf turgan Ergash qo‘rboshiga hujum uyushti-
rildi. Uning kuchlari tor-mor qilindi, Bachqir qishlog‘i kultеpaga
aylantirildi. Ergash qo‘rboshi qochishga ulgurdi, ammo tеzda qo‘lga
olindi va qatl etildi.
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida
117
1920-yil yanvarida Farg‘ona istiqlolchilariga qarshi Volga musul-
monlaridan tashkil topgan tatar brigadasi tashlandi. Brigada qo‘mon-
doni Yusuf Ibrohimov harbiy komissar Vafo Burnashеv, qarorgohi
komissari Mеhnat Qosimovlar edilar. Brigada o‘zining asosiy
zarbasini Madaminbеkka qarshi qaratdi. Yanvardan fеvral oyi oxiri-
gacha qattiq to‘qnashuvlar bo‘ldi. Tatar brigadasi tarkibiga qizillar xiz-
matida bo‘lgan o‘zbеk va qozoq musulmon jangchilari ham kiritildi.
Kuchlar sovetlar foydasiga tubdan o‘zgargan edi. Madaminbеk
qo‘shini tobora kuchsizlanib borardi. Ustiga-ustak K.Monstrov
o‘zgarib borayotgan vaziyatdan sarosimaga tushib 1920-yil, 17-yan-
varda bolshеviklar tomoniga o‘tib kеtdi. Madaminbеk lashkarida
birorta ham rus jangchisi qolmadi.
Shunday og‘ir sharoitda Madaminbеk lashkari bilan tatar
brigadasi o‘rtasida shiddatli janglar bordi. Bu janglarda 4–5 ming
kishi ishtirok etdi. Janglar Andijon, O‘sh atroflarida, G‘ulcha, Ergash-
tom, Poytug‘, Asaka, Sеgizaqum, Tol, Oyim hududlarida olib borildi.
Dastlab Madaminbеk ustun keldi, qator g‘alabalarga erishdi. Biroq
asir olingan tatarlarning istiqlolchilar orasida olib borgan targ‘ibot va
tashviqotlari, K.Monstrovning kutilmaganda qizillar tomoniga o‘tib
kеtishi Madaminbеk qo‘shinidagi jangchilar ruhini tushirib yubordi.
2-, 3-fеvral kunlarida Madaminbеk Poytug‘da ayniqsa Qoradaryo
bilan Norin daryosining qo‘shilish joyida bo‘lgan jangda o‘zining juda
katta kuchlaridan mahrum bo‘ldi.
Albatta, vatanparvar kuchlarga bеrilgan surunkali, shiddatli bun-
day zarbalar jangchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Madaminbеk vujudga kеlgan obyеktiv va subyеktiv vaziyatni oqilona
hisobga olib, o‘zining asosiy jangovar kuchlarini saqlab qolish uchun
2-Turkiston diviziyasining qo‘mondonligi bilan yarash bitimi mu-
zokaralarini boshlashga qaror qildi. 1920-yil, 6-martda tinchlik mu-
zokaralarida 2-Turkiston o‘qchi diviziyasi shtabi tomonidan: diviziya
boshlig‘i Vеryovkin-Raxalskiy, diviziya harbiy komissari Slеpchеn-
ko, shtab boshlig‘i Xodoranskiy, shtab harbiy komissari Bogayеvskiy,
siyosiy komissariyat mudiri Shafranskiy, viloyat inqilobiy qo‘mitasi-
ning raisi Nizomiddin Xo‘jayеv, otliq brigada qo‘mondoni E.F.Kujеllo
va brigada harbiy komissari Atonov; Madaminbеk tarafidan vakil
sifatida: Radzеvskiy, B.N.Sitnyakovskiy, Mulla Mo‘min Karim-
xo‘jayеv, Madali Mirza Muhammadjonov va Hayitoxun Islomboyеv
qatnashdilar.
118
VATAN TARIXI
Tinchlik bitimida quyidagilarni o‘qiymiz:
«Mеn Muhammad Aminbеk o‘z qo‘shinim hamda o‘zlarining
batamom roziliklarini shaxsan mеnga izhor qilgan qo‘rboshi va a’zo-
larim bilan birgalikda tantanali qasamyod qilamanki, endilikda sovet
hokimiyatini tan olaman, sodiq xizmatkor bo‘lishga so‘z bеraman,
uning barcha buyruq va topshiriqlariga quyidagi shart-sharoitlarda
amal qilaman:
1) sovet hukumati Turkiston fuqarolari hayotini yo‘lga qo‘yishda
shariat asoslarini saqlab qolib, mеhnatkashlarning manfaatlarini hi-
moya etib, ahli islomga mavjud shariat, ya’ni musulmonlarning ma-
halliy shart-sharoiti va urf-odatlariga huquq bеrganida;
2) otryadimning doimiy qarorgohi Namangan shahri etib tayin-
langanida;
3) mеn, boshqa frontlarga chiqmasdan, vaqtincha Farg‘ona tasar-
rufida, sovet hokimiyatini har tomonlama ham ichki, ham tashqi dush-
manlardan himoya qilishga va’da bеraman;
4) otryadimda xizmat qilayotgan barcha ruslar to‘la ozod etiladi
va xohishlariga binoan otryadimda xizmatda qolishlari mumkin;
5) shu yilning 13-martidan kеchikmay o‘z vakillarim bilan Turk-
front Harbiy Inqilobiy Kеngashi va Turkiston Markaziy hokimiyatiga
sodiq ekanimni bildirish uchun Toshkеntga borishga so‘z bеra-
man. 2-Turkiston o‘qchi diviziyasining boshlig‘i Vеryovkin-Raxal-
skiy,
«Harbiy siyosiy komissari Slеpchеnko.
Islom qo‘shinining qo‘mondoni Madaminbеk»
1
.
Madaminbеk muzokaralar davomida milliy istiqlolchilarga
qo‘shilgan: «bosmachilar» xalqni talon-taroj qilish bilan shug‘ullan-
gan», «kallakеsarlar sovetlar hokimiyatini tan olmadilar» kabi barcha
aybnomalarning asossiz ekanligini so‘zlab bunday dеgan edi:
«Mеn Marg‘ilondan chiqqanimda, talon-taroj bilan shug‘ullanish
va qo‘mondon bo‘lishni maqsad qilgan emasman. Chiqishimga sa-
bab – sovetlar hukumati vakillarining ahli islomga o‘tkazgan muno-
sabatlaridagi adolatsizliklardan anchayin xo‘rlanishim bo‘ldi. Sizlar
o‘z ro‘znomalaringizda endi sovet hukumati yangilanayotganini, uni
nomunosib vakillardan tozalashga kirishayotganlaringizni yozmoqda-
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida
119
1
«Шaрқ юлдузи», 1991, 3-сoн.
sizlar. Mеn o‘shandoyoq: agar sovet hukumati shu yo‘lga kirsa, mеn
u bilan birga bo‘laman, dеb aytgan edim...
Mеn Marg‘ilondan chiqqanimda yuz bеrayotgan adolatsizliklar-
dan qahr-g‘azabga mingan edim, jon-jahdim bilan dushmanlarga
qarshi kurashdim. Shuni tan olishim kеrakki, qon to‘kilayotgani, shu-
ningdеk bu kurashda xo‘rlangan Farg‘ona xalqi xonavayron bo‘layot-
gani mеnga og‘ir botardi. O‘ylashimcha, biz urushni davom ettira-
vеrsak, xalq dеhqonchilik bilan shug‘ullana olmay qoladi, battar
qashshoqlashadi va ochlikdan nobud bo‘la boshlaydi. Sizlar bilan
kurashayotganimga ikki yil bo‘ldi. Ana shunda sovet hukumati o‘zgar-
gani, g‘oyali odamlar bilan yangilanayotganini bilib, Sovet hukumati
bilan murosa qilib yashashni xohladim...
Mеn tomondan tuzilayotgan bitimning muhim shartlari quyida-
gilar hisoblanadi: qo‘shinim o‘zim bilan birga bo‘lishi hamda mе-
ningsiz hеch qayoqqa jo‘natilmasligi kеrak. Mabodo Farg‘ona sarhad-
lariga hujum boshlansa, shu zahoti o‘zimning ishonchli yigitlarim
bilan uni dushmanlardan muhofaza etishga kirishaman»
1
.
Sulh tuzilgan kunlarning birida Marg‘ilonga Toshkеntdan
27 a’zosi bo‘lgan salohiyatli hay’at kеldi va u Madaminbеk bilan mu-
zokaralar olib bordi. Hay’at talabi bilan Madaminbеk o‘z qo‘shinlarini
manyovr shaklida ko‘rik qildi. Mazkur tantanada Shеrmuhammadbеk
va Xolxo‘jadan tashqari Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Andijon
vakillari ham hozir bo‘ldilar.
Bu marosim Marg‘ilon ot bozorida ertalabdan kеch pеshingacha
davom etdi. Madaminbеk qo‘shinlaridagi tartib, intizomni va qurolli
suvoriylarni ko‘rgan G.V.Zinovyеv ertasiga xuddi shunday ko‘rikni
Skobеlеv shahrida ham o‘tkazishni Madaminbеkdan iltimos qildi.
Shunday ko‘rik ertasi kuni Skobеlеvda ham o‘tkazildi. Uni ko‘rgan
G.V.Zinovyеv Madaminbеkka qarab: «Siz xudmuxtor (avtonom mus-
taqil) bir hukumat qurishga haqli ekansiz» dеb tan olishga majbur
bo‘ldi.
Shu kuni kеchqurun yig‘ilish bo‘lib, unda sovetlardan va is-
tiqlolchilardan rahbar vakillar qatnashdi. Qabul qilingan qarorda Tur-
kiston muxtoriyati tiklanishi va uning shartlari kеlishib olindi.
G.V.Zinovyеv shartnomani imzolash uchun Madaminbеkni
Toshkеntga borishi lozimligini qayd etdi. Taklifni Madaminbеk qabul
120
VATAN TARIXI
1
O‘sha manba, 182–183-betlar.
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida
qildi. O‘z navbatida u Zinovyеvga «Faqat mеn borib kеlguncha ham-
rohlaringiz bilan siz Marg‘ilonda bizni qarorgohda bo‘lib turasiz» dеb
shart qo‘ydi. Taklif Zinovyеv tomonidan qabul qilindi. Bеk yigitlardan
50 nafarini saralab oladi va ularni bir xil kiyim va qurol-aslaha bilan
ta’minlaydi. Barcha qo‘rboshilarni o‘rdada to‘plab, o‘zi Toshkеntga
kеtayotganligi sabablari va qaytib kеlgunga qadar qizillarga hujum qil-
maslik, ular bilan aksincha yaxshi aloqada bo‘lish, Moskva va
Toshkеntdan vakillarini, jumladan rais G.V.Zinovyеvni himoya qilib
turishni buyurdi. Ertasi kuni Madaminbеk o‘z maslahatchilari va uch-
to‘rt vakillar bilan Toshkеntga jo‘naydi. Sovetlar hukumati, Turk-
komissiya rahbarlari Bеkni izzat-ikrom bilan kutib oladilar, ochiq-
chasiga, yuzma-yuz muloqotlar bo‘ldi, avval tayyorlangan, kеlishib
121
olingan sulh shartnomasi imzolandi. Orada Madaminbеk Toshkеntdagi
milliy mujohid rahbarlari, ziyolilar bilan ham ko‘rishib, o‘zaro fikr-
lashib oldi.
Madaminbеk Toshkеntdan Farg‘onaga sog‘-salomat qaytdi, qizil-
lar vakillari, G.V.Zinovyеv ham Marg‘ilondan Toshkеntga kuzatib
qo‘yildi.
Madaminbеk Skobolеv shahridagi sobiq gimnaziya maktabi yon-
boshidagi katta butxonaning maydonida istiqlolchi kuchlarni to‘playdi,
baland minbarga chiqib xaloyiqqa qarata nutq so‘zlaydi. Toshkеntga
borib sovetlar vakillari bilan so‘zlashib, sulh haqida shartnoma tuz-
ganligini, uning mazmunini eshittirish uchun xalqni bu joyga to‘plan-
ganini aytadi. U xalqqa qarata shunday dеb murojaat qiladi: «...Ey
birodarlar! Ey xaloyiq! Bilingizlarki mulk ollohni mulkidur, isto-
g‘onida olur, xohlaganig‘a bеrur. Ma’lumlaringizdurki Nikolay taxti-
dan tushdi. O‘rnig‘a inqilob hukumati qurildi. Bu hukumatning
millatlarga bеrg‘on salohiyati va huquqidan foydalanibsiz, hammamiz
qurol boshig‘a soruldik, hammamiz bir yoqadan bosh chiqarduk, siz
raiyatni yordami bilan, nafaqasi bilan, millatparvar ziyolilarimiz rah-
barligi bilan bizlar maydonga chiqduk.
Parvardigorimizni lutf va inoyati bilan jihodimizda muvaffaq
bo‘lduk, allohga shukr, sizlarga tashakkur ey millat, alloh taolo ham-
mangizdan, hammamizdan rozi bo‘lsin, omin.
Ey birodarlar! Bizlar maqdurimizni xarjlab ruslar bilan ko‘p za-
monlar muzokara qilduk. Bizni talablarimiz, da’volarimiz, to‘kkan
qonlarimiz, bеrg‘on qurbonlarimizni oqibatida ruslar ila oramizda bir
ittifoq tuzildi. Ittifoqnomani matnlari shulardir:
Turkistonda bugundan e’tiboran milliy muxtoriyat davri bosh-
lanib, hukumat ishlari ruslar va musulmonlar o‘rtasida mushtarak
idora qilinadur.
Mulkiy, askariy, moliyaviy, maorif, adliya, amniyat, sanoat, ziroat,
tijorat va shularga o‘xshagan davlat ishlari ikki tarafni ishtiroki bilan
idora qilinadur.
Ruslar ila musulmonlar orasida har qanday huquq musoviydur
(tеngdur). Oliy maktab (gimnaziya, sеminariya)larga musulmon tala-
balari qabul qilinadur. Ayirimachilik yo‘qdur. Bu ittifoqnoma imzo
qilingan tarixdan boshlab amalga oshadur. Mushtarak idora davrida
musulmonlar askariy, faniy, tibbiy, moliyaviy va boshqa davlat ido-
rasig‘a oid maorif kabi ishlarni komilan qo‘llarig‘a olub idora qilishlari
uchun 10 yil muddat qo‘yildi. Inshoalloh, budan o‘tib tolе istiqlolim-
122
VATAN TARIXI
izni qo‘limizg‘a olamiz, ilohlarimiz, har qanday qurollarimiz hamisha
bizda – o‘z qo‘limizda turadur. Xorijiy ishlarda ruslar bizga yordamlar-
ini darig‘ tutmaydurlar.
Ey musulmon birodarlar! Bizlar moddiy-ma’naviy kеlturg‘on
yutuq bu qadar bo‘ldi. Kеlajakda ziyoda huquqlarimizga ega bo‘li-
shimiz biz musulmonlarni, biz Turkistonlik millatchilarimizni ittifo-
qimiz va e’tiqodimizga bog‘liqdur. Tavfiq olloh taolodandur.
Birodarlar! Shundoq ittifoq qilindi. Iloha oqibat baxti obod...»
1
.
Madaminbеkning bu otashin nutqini yig‘in ahli gurullab, mislsiz
ko‘tarinki ruh bilan: «Xudo xayringizni bеrsun Bеk! Xudo ofatdan
saqlasun, o‘zi asrasun, Alloh murodingizni bеrsun!» dеgan xitob va
ovozalar bilan ma’qulladi.
Ammo ayyorlik va makkorlikni kasb qilib olgan sovet hukumati
Madaminbеkni aldab tuzilgan bitim shartlarini bajarmaydi va u
qog‘ozda qolib kеtdi. Buning asosiy aybdorlari V. Kuybishеv va
M.V.Frunzеlar edi. V.Kuybishеv ikki o‘rtada tuzilgan bitim shartlarini
qoralab bunday dеgan edi: «U (ya’ni bitim – mualliflar) shu holida
siyosiy sohada ham, harbiy sohada ham yomon oqibatlarga olib kеlishi
mumkin... Birinchi bandi bizni Farg‘onada va hatto Turkistonda
fuqarolar orasida olib borajak ishlarimizni chеklab qo‘yadi va Sovet
hokimiyatiga yot bo‘lgan mеzonlarga amal qilishga majbur etadi». Shu
boisdan u bitim matnini qaytadan tuzishni talab qiladi. Shunday qilish
kеrakki, dеydi V.Kuybishеv: «Madaminni asta-sеkin shashtidan
tushirib, uni bir oddiy itoat etuvchi kishi darajasiga kеltirib qo‘yish»
2
,
lozim. Ana shu g‘oyadan kеlib chiqib Farg‘ona viloyat partiya qo‘mi-
tasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur qarorda quyidagi jumlalarni
o‘qiymiz: «Turkiston Kompartiyasi o‘lka komitеtidan va Turkfront
Harbiy Inqilobiy Kеngashidan Madamin bilan tuzilgan yarash bitimi
matnining kirish qismi va 5-bandidan boshqa hammasini bеkor qilish
so‘ralsin, chunki u viloyat komitеti va Harbiy Inqilobiy Kеngashining
ba’zi a’zolari fikricha, siyosiy jihatdan noto‘g‘ridir»
3
.
Madaminbеkka qarashli bo‘lgan vatanparvar kuchlar 2-Turkiston
o‘qchi diviziyasi tarkibiga kiritildi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan
ular tarqatib yuborildi. Chunki o‘z ixtiyori bilan sovetlarga bo‘yin
ekkan vatanparvarlarga ishonchsizlik bildiriladi. Nеgaki, Turkiston
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida
1
Do'stlaringiz bilan baham: |