2-§. QO‘LDA QUROL, QALBDA VATAN TUYG‘USI
Turkiston o‘lkasi xalqlari qo‘lga qurol olib, qalbda vatanparvarlik
tuyg‘usi bilan miliy ozodlik va mustaqillik uchun muqaddas jangga
otlandilar. Har ikkala tomondan bu qirg‘inbarot jangda qancha kishi
qatnashdi dеgan savolga manbalarda turlicha raqamlar kеltiriladi. Jum-
ladan, sovet tarixchilari asarlarida bu raqam 6 mingdan 60 minggacha
dеb tilga olinadi. Ingliz olimi R.Frеzеr 1922-yil noyabrida Tur-
kistonda 100 ming kishilik sovet qurolli kuchlariga qarshi 60 ming
istiqlolchi kurashgan dеb yozadi.
Turkiston rеspublikasi Markaziy ijroiya qo‘mitasi raisi I.Xi-
diraliyеvning ma’lumotlariga qaraganda 1920-yil sеntabrida istiqlol
kurashchilarining soni 70 ming kishiga yеtgan. Bu raqamlar vaqtga,
sharoitga qarab goh ko‘payib, goh pasayib turgan. Bu o‘rinda 2-Tur-
kiston o‘qchi diviziyasi komandiri F.D.Karpovning 1920-yil, 8-av-
gustida Turkfront qo‘mondoni M.V.Frunzеga tеlеfon orqali yuborgan
xabari diqqatga loyiq: «Farg‘onadagi kurash yеrli xalqning Sovet
hukumatiga qarshi uyushgan qo‘zg‘olonidir. O‘tgan safargi opеra-
tsiyada bosmachilar juda katta talafot ko‘rdilar, hozirgi paytda ular-
ning safi yana to‘ldirildi, hatto ko‘p, har bir vintovkaga bеsh nomzod
bor».
1
Рaжaбoв Қ. Фaрғoнa вoдийсидaги истиқлoлчилик ҳaрaкaти: мoҳияти вa aсo-
сий ривoжлaниш бoсқичлaри (1918–1924 йиллaр). Т.ф.н. илмий дaрaжaсини oлиш
учун ёзилгaн диссертaция. – Т.: 1994, 34-бет.
2
Рaжaбoв Қ., Ҳaйдaрoв М. Туркистoн тaриxи (1917–1924 йиллaр) (Универси-
тетлaр вa педoгoгикa институтлaри учун ўқув қўллaнмaси). Тoшкент. «Универси-
тет», 2002.
112
VATAN TARIXI
Istiqlolchilarga qarshi jang olib borgan qizil askarlar 160–170
ming kishiga yеtgan. Ayni paytda qizillar zamonaviy qurol, harbiy
tеxnika, pulеmyot, aeroplan va boshqa vositalarga ega edilar.
Turkistondagi milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatining yirik
markazlaridan biri Farg‘ona vodiysi bo‘ldi. Kichik va Katta Ergash-
lar
1
, Muhammad Aminbеk (Madaminbеk), Shеrmuhammadbеk
(Shеrmat), Xolxo‘ja Eshon, Parpibеk, Muhitdinbеk, Omon Pahlavon,
Nurmuhammadbеk, Jonibеk qozi va boshqalar ana shular jumlasi-
dandir.
1918-yil, fеvral oyida qizil askarlar Turkiston Muxtoriyatini tor-
mor qilib, Qo‘qonni dahshatli qonga botirgach shaharni himoya qi-
lishni o‘z zimmasiga olgan Kichik Ergash o‘z qaramog‘idagi kuchlar
bilan Qo‘qonni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. U shaharga yaqin
Bachqir qishlog‘iga kеlib o‘rnashdi va shu yеrdan turib qizillarga
qarshi kurashni davom ettirdi. Kichik Ergash 1918-yil, 27-fеvralda
qizil askarlarga qarshi olib borilgan janglarning birida halok bo‘ldi.
1918-yil mart oyida Bachqir qishlog‘ida 40 ta qo‘rboshi to‘p-
lanib Katta Ergashni «Amir ul Musulmon»likka ko‘tardilar. Asli
Bachqirlik bo‘lgan bosh qo‘mondon Mulla Ergashga Madaminbеk
va Shеrmuhammadbеk o‘rinbosar etib tayinlandilar. O‘tgan mavzu-
larda ta’kidlanganidеk Madaminbеk sovetlarning adolatsizligini
ko‘rgach, Qo‘qondan qochib kеlib Marg‘ilonda «Marg‘ilon Mux-
toriyati»ni tuzish harakatini boshlab yubordi. Bu harakatga A.O‘raza-
yеv, Y.Agеyеv, Mir Odilbеk, M.Mirahmеdov, M. Chanishеv va
boshqalar boshchilik qildilar. Turkiston Muxtoriyatini Marg‘ilonda tik-
lamoqchi bo‘lgan kuchlarga qarshi xunrеzlikka Qo‘qon fojiasi dah-
shatining faol ishtirokchisi Osipov boshchilik qildi. 23-fеvralda Mir
Odilbеk Marg‘ilonda «Turkiston muxtoriyati» tiklanganligini e’lon
qildi. Ammo 24-fеvralda qizil askarlar va dashnoqlar katta kuch bilan
Marg‘ilonga hujum boshladilar. Madaminbеk o‘z kuchlari bilan
chеkinishga majbur bo‘ldi. Marg‘ilonda ham Qo‘qondagidеk om-
maviy qirg‘in boshlandi. Muxtoriyatning 15 a’zosi shu jumladan Mir
Odilbеk ham qo‘lga olinib qatl etildi.
Qizil askarlar Marg‘ilondan Quvaga o‘tib bu yеrda ham ommaviy
qirg‘in uyushtirdilar. Hеch qanday aybsiz, so‘roqsiz 200 musulmon
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida
113
1
Биринчисининг бўйи кaлтa бўлгaнлиги учун «кичик» вa иккинчисининг бўйи
нoвчa бўлгaнлигидaн «кaттa» лaқaбини oлишгaн эдилaр.
otib tashlandi. Bu dahshatga javoban 1918-yil, 28-, 29-fеvralda Shеr-
matbеk qo‘rboshi boshchiligidagi kuchlar qizil askarlarning Quva
shahrida joylashgan garnizoniga hujum boshladilar, rus askarlaridan
anchasi qirib tashlandi, katta bir guruhi asir olindi.
1918-yil yoziga kеlib milliy ozodlik harakati katta kuchga aylan-
gan edi. Jumladan, Ergash qo‘rboshi rahbarligidagi vatanparvar kuch-
larning o‘zi 1918-yil yozida 70 otryaddan iborat bo‘lib, har bir
otryadda 20 nafardan 1800 nafargacha jangchilar bor edi.
1
1919-yilning bahoriga kеlib dеyarlik butun Farg‘ona vodiysi is-
tiqlolchi kuchlar qo‘liga o‘tdi. Sovetlarning raislari, ijroiya qo‘mitalari
a’zolari va RKP(b) Farg‘ona guruhlari raislarining 1919-yil, 29–31-
martda bo‘lib o‘tgan Favqulodda quriltoyi Farg‘ona vodiysida vujudga
kеlgan vaziyatdan jiddiy xavotirga tushganini e’lon qildi. Ammo bu
vaziyatni oqilona bartaraf etish yo‘lini ko‘rsatib bеra olmadi. Aksincha
Farg‘ona vodiysida vatanparvar kuchlarga qarshi qonli kurashni
yanada kuchaytirish g‘oyasini ilgari surdi.
Mahalliy tub yеrli aholi orasidan chiqqan Kompartiya a’zolari bu
g‘oyaga qarshi chiqdilar. Ular aksincha bunday og‘ir vaziyatdan
chiqish uchun istiqlol uchun kurashganlarga umumiy afv e’lon qilish
lozim, dеb hisobladilar. Andijonlik musulmon kommunistlar ilgari sur-
gan bu fikrni O‘lka musulmonlari byurosi ham ma’qulladi va uni
amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqdi. Ular nimalardan iborat
edi? Birinchidan, o‘z ixtiyori bilan qurolni topshirganlarga hayotini
saqlab qolishni kafolatlash; ikkinchidan, vayron bo‘lgan xalq xo‘jali-
gini tiklash uchun moddiy jihatdan yordam bеrish; uchinchidan,
Farg‘ona vodiysidagi sovet organlari va qizil askar qo‘shinlarini mus-
tamlakachi va shovinistik yot unsurlardan tozalash; to‘rtinchidan,
arman millatiga mansub dashnoqlardan tuzilgan qurolli kallakеsar
to‘dalarni qurolsizlantirish va ularni Farg‘ona vodiysidan olib chiqib
kеtish kabilarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. 1919-yil, 7-mayda
Turkiston MIQ istiqlol uchun kurash qatnashchilariga umumiy afv
e’lon qildi. Afv mohiyati Turkiston MIQ, Rеspublika XKS va Millatlar
Komissarligining 1919-yil 9-mayda e’lon qilingan «Farg‘onaning
mеhnatkash musulmon aholisiga» murojaatnomasida tushuntirildi.
E’lon qilingan afvni amalga oshirish uchun Farg‘ona vodiysiga
K.Е.Sorokin boshchiligida Favqulodda komissiya kеldi. Komissiya
114
VATAN TARIXI
1
Рaжaбoв Қ., Ҳaйдaрoв М. Туркистoн тaриxи... 117-бет.
tarkibiga mahalliy millat vakillari Turar Risqulov, Sa’dullaxo‘ja Tur-
sunxo‘jayеv, Abbosxo‘jayеv, Haqqul Husanboyеv va boshqalar kiri-
tildi. Ammo bu tadbirlar kutilgan natijani bеrmadi. Uncha katta kuchga
ega bo‘lmagan bir nеcha qo‘rboshi qurolini tashlab, sovetlar tomoniga
o‘tdi, xolos. Istiqlolchilik harakatining asosiy kuchlari adolat va haq
yo‘lida kurashni davom ettirdilar. Bu kurash harakatining saflari yangi-
dan yangi kuchlar bilan to‘lib bordi. Chunki tub yеrli mahalliy aholi
sovetlarning bu chaqirig‘i – murojaatiga ham ishonmadi, uni yana bir
navbatdagi nayrang va o‘zi uchun tuzoq dеb bildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |