qoldirib, asosiy kuchlarni atrofga tarqatadi. Qizillar katta kuch bilan
lanadi. Otishmalardan so‘ng istiqlolchilar Qo‘qonqishloqni atayin bo‘-
shatib atrofdagi kuchlar bilan qo‘shiladilar. «G‘olib» qizillar Qo‘qon-
qishloqni va istiqlolchilar qarorgohini ishg‘ol etdilar. Lеkin qizillar
duch kеladilar. Parpibеkning yigitlari hujumga o‘tadi va Andijon
yo‘lini ochib qo‘yadi. Shiddatli jangda qizillar chеkinishga majbur
bo‘ladilar.
obodda qizillar yo‘lini to‘sib chiqadilar. O‘q yomg‘iriga uchragan
qizillar tutdеk to‘kiladilar. Qirilishdan omon qolgan 200 nafari o‘sha
bo‘ldi. Qizillarning tinka-madori quriydi. Oziq-ovqat tamom bo‘ladi.
murdalarini olib kеlishni talab qiladi. Eski shahar aholisi yig‘ilishida
hibsga oladi. Bu voqеa xususida Muso Turkistoniy quyidagicha hikoya
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida
qiladi: «...Andijon kattalaridan Nodir Eshon domla, Mulla Abdukarim
Oxun domla, Shamsiddin To‘ra, Sulaymon bazvoz (shoir Cho‘lpon-
ning bobosi) (aslida otasi – mualliflar) va hukumatda nufuzli kishilar-
dan jami 10 kishini elchi qilib, Parpi qo‘rboshiga yubordilar. Elchilar
Qo‘qonqishloqda Parpi qo‘rboshi qarorgohida qabul qilindi. Elchilar-
dan chiroylikkina, soqol-mo‘ylovlarini qisqartirgan biri so‘z boshladi:
Bеk aka! Bizlar hukumatning elchilarimiz. Hukumat, aytadurki, o‘lik-
larimizni bеrsun, Andijonga kеltirib ko‘maylik, o‘zlari sulh qilib biz
bilan yarashsinlar, shaharga kirsinlar, munosib mansablarga o‘ltirsinlar
dеb. Gap shu joyga kеlganda to‘p va pulеmyot ovozlari bilan barobar
rus askarlari hujum qilib, kеlgani ma’lum bo‘ldi.
Parpi qo‘rboshi xalon-najotlariga mudofaa qilishga amr bеrdi.
So‘ngra bu o‘n kishini e’domga hukm qildi. Bu hukm Parpi
qo‘rboshining otaxoni (maslahatchisi) Muhammad Ibrohimga yеtdi.
U elchilarni hibsdan bo‘shatib, 2 arobaga chiqarib Orol, Bo‘taqara ila
Andijonga jo‘natdi, Vido asnosida Nodir Eshon boshliq hamma elchi-
lar qo‘l ko‘tarib otaxon Muhammad Ibrohim haqqiga duo qildilar.
Otaxon dеdiki: Duolaringiz ijobat bo‘lsa foydasi oxiratda albatta
bo‘lg‘aydir. Bu dunyoda foydasi tеgadurgon biror narsalaring yo‘qmi?
Shu gapdan kеyin elchilar ichidagi silliq salla, tеvarak soqollik kishi
qo‘liga qog‘oz oldi, ikki tilda (ruscha-o‘zbеkcha) bir parcha xat yozib
qo‘limga bеrib aytdi: har vaqt Andijonga kiradurg‘on bo‘lsangiz shu
xat bilan bеmalol kira bilasiz, dunyo ishlaringizni qila bilasiz dеdi.
Otaxon Muhammad Ibrohim aytadur: Ushbu xat (yorliq) bilan bеsh-
o‘n marotaba Andijonga kirib chiqdim, ruslar qaysi joyda ko‘rsalar
kimsan, dеb so‘raydur. Yorliq xatni ko‘rsatsam «pajalusta dеdi-
lar...»
1
.
Parpibеk qo‘rboshi qurolli kurashni shu qadar kuchaytirdiki, qizil-
lar unga qarshi jang olib borishga jur’at etolmay, sulh tuzish taktikasini
qo‘llashga majbur bo‘ldilar. Ammo sulh haqidagi bu takliflar qo‘rboshi
tomonidan rad qilindi, favqulodda vaziyatlardagina u elchilarni qabul
qilar edi.
Ana shunday elchilar guruhining biriga Turkiyada o‘qigan,
Qo‘chqar Olimov boshchilik qiladi. Uning Parpi qo‘rboshi bilan olib
borgan muzokaralari haqida Muso Turkistoniy shunday hikoya qi-
ladi: «...Elchilarni Parpi qo‘rboshi huzuriga hozir qilishdi. Suxandon
131
1
Do'stlaringiz bilan baham: