15-§. BARGLARINING TASHQI TUZILISHI
1. O`simliklarning ekologik guruhlari deb nimaga aytiladi? – Muhitning ma`lum bir omiliga moslashgan
o`simliklar.
2. Namsevar o`simliklar deb nimaga aytiladi? – tanasi qisman suvga botgan holda o`sadigan o`simliklar.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
27
3. Namsevar o`simliklar?(gigrofit) – qo`g`a, qamish, ro`vak.
4. Namlik yetarli muhitda o`suvchi o`simliklar qaysilar? – karam, sebarga, makkajo`xori, bug`doy, olma.
5. Bargi mayda bo`laklarga bo`lingan o`simlik? – shuvoq.
6. Seret o`simliklar? – baliqko`z, sarsazan, kaktus, agava.
7. O`ttiz –qirq yillik shirinmiya yoz davomida qancha suv bug`latadi?--500-600 litr.
8. Bandli barglarga 9-ta misol keltiring?—1.olma, 2.o`rik, 3.nok, 4.terak, 5.yong`oq, 6.anjir, 7.tok, 8.bodring,
9.qovun.
9. Bandsiz barglar poyaga qanday birikadi?--yaproqning ostki qismi bilan.
10. Bandsiz barglarga 9-ta misol keltiring?-- lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug`doy, makkajo`xori, arpa, sholi.
11. Bargi mayda, qipiqsimon bo`lgan daraxt?-- saksovul.
12. Barg bandida bir necha barg joylashsa nima deb ataladi?-- murakkab barg.
13. Barg bandida bitta barg joylashish nima deb ataladi?-- oddiy barg.
14. Barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa?-- toq patsimon barg deyiladi.
15. Barg qanday qilib to`kiladi?--barg bandining novdaga birikkan joyida po`kak hosil bo`ladi.
16. Barg qanday qisimlardan iborat?—2 qismdan : 1.barg yaprog`i va 2. barg bandidan.
17. Barg shakillariga 6-ta misol?—1.yumaloq, 2.panjasimon, 3.tuhumsimon, 4.ovalsimon, 5.yuraksimon,
6. nashtarsimon.
18. Barg to`kish yo`li bilan o`simliklarni qishga tayorlanishi nima d-di?-- xazonrezgilik.
19. Barg tomirlaridagi naylar qanday hujayralardan tashkil topgan?-- o`lik hujayralardan.
20. Bargchalar barg bandining ohirigacha qarama qarshi joylashsa?-- juft patsimon barg
deyiladi.
21. Bargda qanday to`qimalar uchraydi?—1.qoplovchi, 2.asosiy, 3. o`tkazuvchi, 4.mexanik.
22. Bargga mustahkamlik berib turuvchi qismi?-- barg tomirlari.
23. Bargi novdada navbat bilan joylashadigan (10 ta) o`simliklar?—1.g`o`za, 2.tok, 3.pomidor, 4.olma,
5.o`rik, 6.terak, 7.tut, 8.atirgul, 9.oqquray, 10. do`lana.
24. Bargining uzunligi 2-mm keladigan o`simlik?--- saksovul.
25. Bargining uzunligi 50-70 sm dan bir metrgacha etadigan o`simliklar?--rovoch, ojud, kovrak.(shashir).
26. “Quyosh, hayot va xlorofil” asari muallifi?--A.Timiryazev.
27. Barglar nafas olganda organik modda hosil bo`lmay aksinsa,….?---parchalanadi.
28. Barglar qachon nafas oladi?-- kecha-yu-kunduz
29. Barg yaprog`i o`yilgan o`simliklarga 4-ta misol?-- 1.tok, 2. g`o`za, 3. tut, 4. anjir.
30. Barglari qishda ham saqlanib qoladigan o`simliklar (4-ta)?—1.qulupnay, 2. archa, 3. qarag`ay, 4. qoraqarag`ay.
31. Barglari yaxlit bo`lgan o`simliklarga 3-ta misol?—1.olma, 2.o`rik, 3.gilos.
32. Barglarning ichki qismi qaysi to`qimalardan tashkil topgan?—1.qoplovchi, 2.asosiy, 3.o`tkazuvchi, 4. mexanik.
33. Bargning plastidalar joylashgan hujayralari qanday shaklda bo`ladi?-- loviyasimon.
34. Bargning qaysi hujayralari shaffof bo`ladi?-- po`st.
35. Bargning qaysi qismida bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralarni ko`rish mumkin?-- barg tomirlarida
36. Bargning ustunchalarga o`xshash cho`ziq hujayralari qayerda joylashgan?-- ustki po`st tagida.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
28
37. Bargning ustunchalarga o`xshash cho`ziq hujayralari tagida qanday hujayralar joylashgan?-- ovalsimon va
yumaloq.
38. Bir juft makkajo`xori yoz davomida qancha suv bug`latadi?-- 200 litr.
39. Bodom po`sti bilan ….?--odam do`sti bilan
40. Fotosintez so`zining ma`nosi?-- yorug`likni qo`shish va birlashtirish.
41. G`o`za bir yoz davomida qancha suv bug`latadi?-- o`z vaznidan 500-600 hissa ko`p.
42. Ikki karra patsimon bo`lingan barg qaysi o`simliklarda bo`ladi?-- shoyi akatsiya, totim.
43. Ikki urug`pallali o`simliklarning barglari qanday ko`rinishda bo`ladi?-- panjasimon yoki patsimon(to`rsimon)
tomirlangan.
44. Ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so`rilishi qachon tezlashadi?-- harorat ko`tarilganda. (bahor va yozda).
45. Juft patsimon bargga misol (1-ta)?-- yeryong`oq.
46. Murakkab barglar qanday xildagi barglarga bo`linadi?—1.uch bargchali panjasimon,
2. toq va juft patsimon barglarga 3.karrali
47. Murakkab barglarga 7-ta misol?—1.shirinmiya, 2.beda, 3.yong`oq, 4.na`matak, 5.loviya, 6.no`xat,
7.yeryong`oq.
48. Nafas olishda barglarda organik moddalar qanday o`zgarishlarga uchraydi.- parchalanadi
49. Nay-tolali boylamlarni nimalar hosil qiladi?-- naychalar, elaksimon naychalar, tolalar
50. Novdada barglar qanday joylashadi?—1.navbat bilan, 2.qarama-qarshi, 3. xalqa hosil qilib.
51. Novdada halqasimon joylashgan (3 ta) o`simliklar?—1.sambitgul,2. qirqbo`g`im, 3.qumrio`t.
52. Novdada qarama-qarshi joylashgan (10 ta) barglar?—1.rayhon, 2.yalpiz, 3.chinnigul, 4.ligustrum, 5.nastarin,
6.dalachoy, 7.kiyiko`t, 8.mavrak, 9.gazanda, 10.kampirchopon.
53. O`simlik barglari tuzilishiga ko`ra?-- oddiy va murakkab barglarga bo`linadi.
54. O`simlik turiga qarab barglarinng qanday hillari bor?--- tukli va tuksiz.
55. O`simliklarga yorug`lik va harorat etishmasa qanday jarayon kuzatiladi?--- xlorofil yemiriladi.
56. O`simlikning organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug`latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi bu?-
-- barg.
57. Oddiy barglar yaprog`ining tuzilisiga ko`ra?--patsimon, panjasimon va uch bo`lakli.
58. Oddiy barglarga 6-ta misol?---olma, nok, o`rik, shaftoli, tut, tok.
59. Murakkab panjasimon bargga misol?-- sohta kashtan.
60. Qaysi o`simlik bargi tikanga aylangan (metamorfozlashgan)?--kaktus.
61. Qaysi oila vakillarining barglari ildiz bo`g`zida joylashgan?-- qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) va
ziradoshlar.(soyabondoshlar).
62. Qoqidoshlar va ziradoshlar oilalari vakillarining barglarining uzunligi?---50-60 sm.
63. Soyasevar (3 ta) o`simliklar?-- xina, binafsha, yovvoyi qulupnay.
64. Suvni kam bug`latish uchun barglarini to`kib yuboradigan o`simliklar?--shuvoq, qoraboyalich.
65. To`pbarglar qaysi oila vakillarida uchraydi?--qoqidoshlar va ziradoshlar.
66. Toq bargchalar o`rnida gajak hosil qiladigan o`simliklar?---no`xat va burchoq.
67. Toq patsimon bargga misol (2-ta)?---shirinmiya, yong`oq
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
29
68. Uchta bargchali murakkab bargga 4-ta misol?-- sebarga, beda, loviya, mosh.
69. Yashnab yetmish-yetti kun, kiyar yetmish-yetti to`n kuzda uzib olinar ovqatga solinar?---karam
70. Yorug`sevar (5 ta) o`simliklar?--kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g`o`za.
71. Yoysimon yoki parallel tomirlanish qaysi o`simliklar uchun hos?--- faqat bir urug`pallalilar uchun.
72. 77 kunda pishadigan o`simlik?—karam
73. Yon bargchalar qayerda joylashgan bo`ladi?—asosiy bargning bandining pastki qismida
74. Barg tomirlarni qayerda yaxshi ko`rish mumkin?—bargning orqa tominida.
75. Murakkab panjasimon bargli, 2000 yil yashaydigan daraxt?—soxta kashtan.
76. Burchoq o`simligiga tegishli xususiyatlar?—1. yovvoyi yem-xashak o`simligi 2.toq bargchalar o`rnida gajaklar
paydo bo`lgan 3. qanotli poya
77. Ligistrum,gazanda, rayxon o`simligini birlashtiruvchi belgilar?-- barglari qarama-qarshi
78. Hayotiy shakli buta barglari qishda ham yashil hamda qarama-qarshi o`rnashgan, ushbu ta`rif qaysi o`simlikk
tegishli?—ligistrum.
79. Gledichiya daraxtining ikkinchi nomi?—tikan daraxti.
80. Poyada barglari navbat bilan joylashgan o`yma bargli o`simliklar?—g`o`za, tok, tut.
81. Barglari qarama-qarshi joylashgan ko`p yillik o`t?—kiyiko`t, yalpiz, chinnigul.
82. Barglari qarama-qarshi joylashgan butalar?— ligistrum, nastarin.
83. Iste`mol qilinadigan, barglari poyada navbat bilan joylashgan o`simlik?—do`lana.
84. Hayotiy shakli bir yillik, poyasi to`rt qirrali, barglari qarama-qarshi joylashgan o`simlik?—rayhon.
85. Qaysi o`simliklarning bargi o`zgarishga uchragan? – 1. Kaktus 2. Burchoq 3. No`xat 4.saksovul
86. Hamma hujayralari shaffof bo`lib, bir-biri bilan zich joylashgan bargning qaysi hujayrasiga tegishli?—barg
po`st hujayralariga.
87. Barg p`ostining vazifasi?—1.ichki qismini shikastlashidan 2. qurib qolishidan.
88. Barg og`izchalarigagi hujayralarda plastidalar bo`ladimi?—bo`ladi.
89. Bargning qaysi qismi bir necha qavat bo`lib joylashgan?—barg eti hujayralari.
90. Uning ichida qalin devorli o`lik hujayralarni ko`rish mumkin bu-?—barg tomirlarida.
91. Laboratoriya sharoitida bargni qanday qilib rangsizlantirish mumkin? –spirtga solib.
Do'stlaringiz bilan baham: |