6-§ O`SIMLIK TO`QIMALARI
To`qimani o`rganuvchi fan – gistologiya
1. To`qima tushunchasida hujayraning qaysi hususiyatlari o`xshash bo`ladi?—1.kelib chiqishi (filogeniyasi) 2.shakli
3.bajaradigan vazifasi.
2. To`qima tushunchasini kimning qaysi asarida keltirilgan?—1682 y N.Gryuning “O`simliklar
anatomiyasi” nomli kitobida fanga kiritilgan.
3. Qaysi o`simlikning tanasida suv saqlovchi parenxima hujayralar mavjud?—cho`llarda o`suvchi
kaktuslarda.
4. Poya va bargida suv saqlovchi o`simliklar qayerlarda uchraydi?—cho`llarda.
5. Epiderma to`qimasini tashqi tomonda nima qoplab turadi?—kutikila yoki mum.
6. O`simliklardagi kutikula va mumning vazifasi?—suvni kam buglatish.
7. Barglar va yashil poyalardagi og`izchalarning vazifasi?—gazlar almashinuvida, suv bug`latishda.
8. Ikkilamchi qoplovchi to`qima bu?—periderma.
9. Birlamchi qoplovchi to`qima bu-?—epiderma.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
18
10. Qaysi o`simliklarda epiderma, peridermaga almashinadi?—ko`p yillik o`simliklarda.
11. Periderma to`qimasi nimalardan tashkil topgan?—po`kak va boshqa hujayralardan.
12. Po`kak nima uchun o`zidan suv va gazlarni o`tkazmaydi?—qobig`iga maxsus yog`simon modda
(suberin) shimilganligi uchun.
13. Suberin qaysi to`qimaga kiradi?--qoplovchi.
14. Qaysi `simliklarning tanasi va ildizida har yili po`kak to`qimasining yangi qavati shakllanadi?—
daraxt va butalar tanasida.
15. Po`stloq qanday shakllanadi?—Daraxt va butalar o`simliklarining tanasi va ildizida har yili po`kak
to`qimasining yangi qavati shakllanishidan.
16. Nima uchun daraxt va butalarning tanasida yoriqlar paydo bo`ladi?—Po`stloq qavati hujayralari
chozilish xususiyatiga ega bo`lmaganligi uchun.
17. Cho`zilish xususiyatiga ega bo`lmagan xujayralar qayerda bo`ladi?—po`stloq xujayralarida.
18. Traxeidlar nima?—yog`ochlik naylarida uchrovchi maxsus xujayralar.
19. Ksilemada nimalar bo`ladi?—o`tkazuvchi naylar va traxeidlar.
20. Suv va mineral tuzlar o`simlikning qaysi qismi orqali barcha organlariga yetib boradi?—o`tkazuvchi
naylar va traxeidlar orqali.
21. Floema …hujayralardan iborat?—tirik.
22. Elaksimon naylar qayerda uchraydi?—Floemada.
23. Barglarda hosil bo`lgan organik moddalar o`simlikning qaysi qismi orqali uning barcha organlariga
yetkaziladi?—floemadagi elaksimon naylari orqali.
24. Qaysi hujayralarda yadro mavjud emas?—elaksimon nay hujayralarida.
25. Yo`ldosh hujayralar qayerda uchraydi?-- elaksimon nay hujayralarida.
26. Sklerenxima ikki bo`linadi ular?—1. ingichka uzun- lup tolalari, 2.yumaloq –skelerid hujayralari
27. Skelerid (tosh) hujayralari o`simliklarning qaysi qismlarida uchraydi? --o`simlik uruglari qobig`ida-
1.yong`oq, olcha, o`rik, meva etida-nok, behida.
28. To`qima deb nimaga aytiladi?—chiqib kelishi, shakli o`xshash, muayyan bir vazifani bajaradigan hujayralar
to`plamiga.
29. O`simliklar to`qimasi haqida tushunchani ilk bor fanga olib kirgan olimlar?—Malpigi va Gryu.
30. To`qimalar bajaradigan vazifasiga qarab …bo`ladi?—xilma-xi.
31. O`n yettinchi asrda qanday ishlar amalga oshirilgan?—o`simlik to`qimasi xaqidagi tushuncha fanga kiritildi.
32. Qaysi to`qimaning hujayralari yupqa va egiluvchan bo`ladi?—meristema
33. Asosiy to`qimaning vazifalari?—1.o`simlik eniga 2. bo`yiga o`stirish.
34. O`simlik organining asosini tashkil etuvchilar bu-?—hujayralardir.
35. O`simlik to`qimalari qaysi hususiyatiga qarab oddiy va murakkab turlarga bo`linadi?—hujayralar soniga.
36. Asosiy to`qimaning muhim fuksiyasi?—fotosintez jarayonini, ya`ni o`simliklarda moddalar almashinuvini amalga
oshirishdan iborat.
37. Murakkab to`qimaga misol?—ajratuvchi to`qima.
38. U o`simlikka tayanch mustahkamlik beradi bu-?—mexanik to`qima.
39. Tuzilishi va ixtisoslashgan tarkibi har xil hujayralardan tashkil topgan to`qima bu-?—ajratuvchi to`qima.
40. Ajratuvchi to`qimaning mahsulotlari qayerda to`planadi?—o`simlik vakuolalarida.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
19
41. Mexanik to`qamaning hujayralariga xos xususiyat?—1.qalin qobiqli 2.cho`ziq 3.tirik 4.o`lik
hujayralardan iborat.
42. Asosiy to`qima necha turga bo`linadi?—3 turga.
43. O`simlikning turli qismlarida joylashgan to`qima?—meristema.
44. Ajratuvchi to`qimaning to`planuvchi mahsulotlari?—1.efir moylar (xushbo`y moylar) 2.kauchik 3.balzam 4.smola.
45. O`simliklardagi ortiqcha moddalar shu to`qima orqali tashqariga chiqarib yuboriladi?
ajratuvchi to`qima.
46. Poya va ildizning po`stloq qismida qaysi to`qima uchraydi?—mexanik.
47. Mexanik to`qima necha xil to`qima xiliga ega?—3 xil.
48. Mexanik to`qima o`simlikning qaysi organlarida uchraydi?—1.yog`ochlik tolalarida 2.ildizning po`stloq 3.poyada.
49. Asosiy to`qimaning tarkibiga qaysi to`qimalar ham kiradi?—1.assimlyatsiolovchi 2.suv saqlovchi 3.g`amlovchi.
50. Qoplovchi to`qima o`simliklarni qaysi organlarida uchraydi?—poya va ildizlarda.
51. Yadro va bir qavat xlofill donachasidan iborat bo`lgan to`qima?—asosiy.
52. Nima uchin asosiy to`qima xlorofilli parenxima yoki xlorenxima deb ham yuritiladi?--
yadro va bir qavat xlofill donachasidan iborat bo`lganligi uchun.
53. O`lik, tirik va tosh hujayralardan iborat bo`lgan to`qima bu-? mexanik.
54. O`simliklardagi tirik to`qimaning nomi?—kollenxima.
55. O`simlik qarigan sari….paydo bo`ladi?—periderma o`rniga po`stlog`i o`lik to`qimalar.
56. Sklerinxima qanday hujayra hisoblanadi?—o`lik.
57. Sklerinxima necha turga bo`linadi?—2 ga.
58. Xlorenxima so`zining lug`aviy ma`nosi?—yunoncha (grekcha) “xloros”-yashil; “enxima”-to`ldirilgan degan
ma`nolarni anglatadi.
59. Asosiy to`qima o`simlik qaysi organlarida uchraydi?—1.yashil barg 2.yashil novdalarda
60. Poyaning po`stloq qiqsmida joylashgan sklerinxima…deyiladi?—lup tolalari.
61. Yangi to`qima organlar paydo bo`lishida qatnashadigan to`qima?—hosil qiluvchi.
62. Libriform nima?—kambiydan hosil bo`lgan sklerinxima.
63. Hosil bo`lishiga ko`ra…to`qimalari o`simlikka mustahkamlik berib turadi?---kollenxima.
64. Lup tolalari va tosh hujayralari qaysi to`qimaning xillariga kiradi?—sklerinxima.
65. To`qimalar qaysi xususiyatlariga qarab bir necha xillarga bo`linadi?—morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qarab.
66. Hayvonlarda uchramaydigan to`qima xili?—hosil qiluvchi.
67. Qoplovchi to`qima qanday turlarga bo`linadi?—1.epiderma 2.periderma 3.po`stloq.
68. Epiderma hujayralarining vazifalari?—1.kasal hujayralarni sog` hujayra o`tmasligini, 2.gazlar almashinuvida.
69. O`simliklardagi qanday to`qima xillari bilasiz?—1.hosil qiluvchi 2.qoplovchi 3.asossiy 4.ajratuvchi 5.o`tkazuvchi.
70. Asosiy to`qimalarga qo`shib o`rganiladigan to`qima xillari?—assimlyatsion, g`amlovchi, mexanik.
71. Meristema nima?—hosil qiluvchi to`qimaning ikkinchi nomi.
72. O`simlik hayoti bilan uzviy bog`liq bo`lgan to`qima?—asosiy.
73. O`simlik shu to`qima hisobiga bo`linib ko`payadi bu qaysi to`qima xili?—meristema.
74. G`amlovchi to`qimaning natijasida qanday mahsulotlar to`planadi?—oziq moddalar, oqsillar, kraxmal, karbon suvlar
(uglevodlar), vitaminlar yog`lar (moylar) to`planadi.
75. O`simliklarning barcha organlarida to`planadigan oziq moddalar qaysi to`qimaga kiradi?—g`amlovchi.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
20
76. Cho`lda o`sadigan o`sadigan o`simliklar qaysilar?—sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra, baliqko`z.
77. Sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra, baliqko`z kabi o`simliklarda nimalar to`planadi?—suv.
78. Qaysi o`simliklarda shiraga boy hujayralar mavjud.?-- sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra, baliqko`z.
79. Suv saqlovchi hujayralar o`simliklarning qaysi organlari hisoblanadi?—barg va novdalarida.
80. Zaruriyat bo`lganda tayyor to`plangan suvidan foydalanadigan o`simliklar?-- sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra,
baliqko`z.
81. Chiqib kelishi o`simlikni suvli muhitdan quruqlikka moslashishidan boshlangan to`qima?—qoplovchi to`qima.
82. Qoplovchi to`qimaning vazifasi?—1.to`qima va organlarni qurub qolishdan 2.tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan
3.mexanik shikaslanishidan ximoya qilishdan iborat.
83. Qoplovchi to`qimasining ontogenezi qaysi to`qimaga taqaladi?—meristema.
84. Bir boshoq don- topishmoqni davom ettiring?—bir savat non.
85. O`tkazuvchi to`qimaning vazifasi?—o`simlik tanasida oziqa moddallarning harakatlanishi ta`minlaydi.
86. Suv va unda erigan moddalar qayerga harakatlanadi?—pastdan yuqoriga.
87. Ildiz tomonga qarab harakatlanadi…bu-?—organik modda.
88. Ildiz va bargga tomon harakat…naylari orqali sodir bo`ladi?—kselema va floema naylari.
89. Qaysi jarayon cho`ldagi o`simliklarda uzluksiz davom etib turadi?—suv mineral tuzlar va organik moddalarni
harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |