Aksiya
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik
jamiyati
kapitaliga
oʻzining maʼlum
hissasini qoʻshganligiga va uning
foydasidan dividend shaklida daromad
olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi
qimmatbaho qogʻozdir
. Bundan tashqari,
aksiya korxonani boshqarishda
qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiya (frans. action – farmoyish;
ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat
chiqargan qimmatbaho qog‘oz. O‘z
egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-
talida hissasi borligini va shunga
muvofiq, topilgan foydaning bir qismini
divi-dend shaklida olishini, uni
boshqarishda ishtirok etish huquqini
tasdiqlaydi. A. qimmatli qog‘ozlarning
keng tarqalgan qismi, hissabay qog‘ozlar
turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat
emmitent, uni sotib olganlar
esainvestorlar deb ataladi. A. dastlab
emmitent tomonidan birlamchi bozorda
sotiladi, so‘ngra u ikkilamchi bozorda
(fond bozorida) qaytadan oldisotdi
etiladi. A. bevosi-ta emmitent yoki
vositachilar tomonidan sotiladi.
O‘zbekistonda A. aholiga xu-
susyiylashtirish investitsiya fondlari (XIF)
va ularga qarashli maxsus maga-zinlarda
sotiladi. O‘zbekistonda 1997 yil 5 ta
investitsiya fondi ishladi.A. davlat
korxonalari aksiyador ja-miyatlarga
aylantirilgan chog‘da va yangidan
aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda
chiqariladi. O‘zbekistondagi A. davlat
mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989
yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining
nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga
tegishli A.ga bo‘linadi. O‘zbekistonda
aholi orasida birinchi turdagi A.
tarqalgan. A. oddiy va im-tiyozli turlarga
bo‘linadi. Oddiy A. dividend miqdori
kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar
majlisida ovoz berish huquqini
ta’minlovchi A.; imtiyozli A. dividend
oldindan belgilangan, lekin ovoz berish
huquqini ta’minlamaydigan A. egasining
o‘zida yoki depozitariylarda saqlanadi.
Mac, 1995 yilda "Vaqt" milliy
depozitariysida 2040 aksiyadorlik
jamiyatlarining umumiy nominal miqdori
4 mlrd. so‘mlik aksiyalari saqlandi.
[1]
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi
va sotib olinadi, shu sababli oʻzining
narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul
summasi uning nominal qiymati deyiladi.
Aksiyaning fond bozorida sotiladigan
narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan
dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz
miqdoriga esa teskari mutanosiblikda
boʻladi.
Xaridor
aksiyani undan
olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan
puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan
taqdirdagina sotib oladi. aksiya
aksiyadorga 2 xil huquqni beradi: 1)
mulkiy huquq. 2) nomulkiy huquq.
aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond
bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan
turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi
xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi: 1. Ovoz
berish. 2. Kapitalni o'sishi. 3. Qo'shimcha
imtiyozlar. 4. Keyingi emissiyaga yozilish
huquqi. 5. Mulkka egalik qilish huquqi.
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot va
moliyaga
oid ushbu
maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Aksiya&oldid=2014147
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |