Aksiya va Obligatsiya bozori
Aksiya va Obligatsiya bozori.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiya (frans. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qog‘oz. O‘z egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divi-dend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymatideyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxiaksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividendmiqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi
Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldankeladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:
1) mulkiy huquq.
2) nomulkiy huquq. aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor.
Ovoz berish
Kapitalni o'sishi.
Qo'shimcha
Imtiyozlar.
Keyingi
emissiyaga
yozilish huquqi.
Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi:
Mulkka
egalik qilish
huquqi
Qimmatli qogʻozlar bozorining, umuman moliya bozorining muhim instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi.
Obligatsiya – uni
chiqargan shaxs va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi
qimmatli qogʻozdir. Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar
bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra: obligatsiya – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy
ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda
tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd
etilgan foizni olishga boʻlgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz.
Obligatsiya uning
egasiga obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foiz
boʻyicha daromadni olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya boʻyicha
daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi.Obligatsiya – oʻz ichiga ikkita quyidagi asosiy elementni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir:
- emitent obligatsiya titulida koʻrsatilgan summani muddati
kelganda uning egasiga qaytarishi;
- emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal
qiymatidan kelib chiqqan holda qatʼiy belgilangan foiz toʻlovlarini
amalga oshirishi.
Aksiya va obligatsiya oʻrtasidagi tamoyilial farq aksiya ulush
munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon boʻladi. Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya
emitentning mulkdoriga, yaʼni ulushidan kelib chiqqan egasiga
aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli oʻlaroq, obligatsiyaning muomalada boʻlish muddati qatʼiy belgilangan va muddati
kelganda soʻndiriladi.
obligatsiya bu:
- emitentning qarz majburiyati;
- byudjet daromadlaridan oshgan xarajatlar qismini moliyalashtirish manbai;
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
manbai;
- aholi va korxonalar uchun qoʻshimcha daromad olish manbai.
Obligatsiyalarning qoʻllanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari
va sifati boʻyicha tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Emitent turiga koʻra
- Davlat obligatsiyalari
- Munitsipal obligatsiyalar
- Korporativ obligatsiyalar
- Xorijiy obligatsiyalar
Muddatiga koʻra:
- Toʻlov va soʻndirish muddati qatʼiy belgilangan
obligatsiyalar
- Muddatsiz yoki qoplanmaydigan obligatsiyalar
- Qoplash muddati kelguncha emitent tomonidan qayta
chaqirib olinishi mumkin boʻlgan obligatsiyalar
- Qoplash muddati kelguncha investor obligatsiyaning
nominal qiymati boʻyicha toʻlovni olish va qaytarish
huquqi bilan joylashtiriluvchi obligatsiyalar
Obligatsiya maqsadiga koʻra
- Oddiy, turli loyihalarda foydalanishi koʻzda tutilgan
qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilish maqsadida
emissiya qilingan obligatsiyalar
- Maqsadli, joylashtirishdan tushgan mablagʻlar aniq
investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirila-
digan obligatsiyalar (infratuzilma obligatsiyalari)
Emitent tomonidan obligatsiyalar boʻyicha turli toʻlovlar amalga
oshirilishiga koʻra
- Qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi va qoplanish
muddati oxirida nominal summa ham qaytarilishi
kafolatlanadigan obligatsiyalar
- Kuponsiz yoki nollik kuponli obligatsiyalar
- Qoplash vaqtida foiz toʻlovlari va obligatsiya nominal
qiymati toʻlanadigan obligatsiyalar
- Obligatsiya nominal qiymati qaytariladigan, kupon
toʻlovlari toʻlanishi emitent kompaniya moliyaviy
faoliyati natijalariga bogʻliq obligatsiyalar
Qarz munosabatini anglatuvchi moliyaviy instrumentlar sifatida
obligatsiyalar qatʻiy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli
qogʻozlar toifasiga kiritiladi. Bunday toifaga qatʻiy belgilangan
miqdorda dividend toʻlash belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalarni
ham kiritish mumkin.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |