Pulning kelajakdagi qiymati hozirgi paytda investitsiya qilingan pul
mablag‘larining belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng ma‘lum bir foiz stavkasini hisobga
olgan holda aylanishi lozim bo‘lgan miqdorini ifodalaydi. Pulning kelajakdagi
qiymatini aniqlash ushbu qiymatning o‘sish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, pulning
boshlang‘ich miqdoriga foiz summasini (foiz to‘lovlarini) qo‘shib borish yo‘li bilan
bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bo‘yicha
hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag‘lari
qiymatini o‘stirish vositasi sifatida, balki yanada keng ma‘noda – investitsiya
operatsiyalarining daromadlilik darajasini o‘lchash uchun ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |