126
Biznes-rejaning moliyaviy rejasi daromad va xarajatlar rejasi, balans-reja va
pul oqimlari harakatlanishi rejasidan iborat bo‘ladi.
Moliyaviy rejani ishlab chiqish mahsulot sotish hajmini bashorat qilish,
rejadagi foydani hisoblash va zararsizlik nuqtasini tahlil qilishni nazarda tutadi.
Daromad va xarajatlar rejasida faoliyat turlari bo‘yicha foydalilik nuqtai
nazaridan korxona faoliyatining natijalari aks ettiriladi.
Pul oqimlari harakatlanishi rejasi pul mablag‘larining shakllanishi va chetga
chiqishini, shuningdek, korxonada qolgan pul mablag‘lari dinamikasini tavsiflaydi.
Zararsizlik nuqtasi mahsulotni sotishdan olinuvchi daromad ishlab chiqarish
xarajatlariga teng bo‘luvchi mahsulot ishlab chiqarishning minimal hajmini aniqlab
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: