Ызбекистон республикаси олий ва ырта


XBOB. TASHKILIY REJA VA MENEJMENT



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/243
Sana17.09.2021
Hajmi3,21 Mb.
#176523
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   243
Bog'liq
biznes - rejalashtirish 2

XBOB. TASHKILIY REJA VA MENEJMENT 
 
10.1. Vazifasi va asosiy qoidalari 
 
Tashkiliy  reja  va  menejment  –  biznes-rejaning  muhim  bo‘limi  bo‘lib,  unda 
korxona  boshqaruvining  tashkiliy  tuzilmasi  qanday  bo‘lishi,  mulkchilik  shakli, 
komanda tarkibi va hokazolar haqida ma‘lumotlar keltiriladi. 
Ushbu  bo‘limda  quyidagilar  aniq  aks  ettirilshi  lozim:  kim  va  nima  bilan 
shug‘ullanadi,  bo‘linmalar  bir-biri  bilan  o‘zaro  qanday  aloqa  qiladi,  ularning 
faoliyatini  qay  tariqa  muvofiqlashtirish  va  nazorat  qilish  mumkin,  boshqaruv 
komandasining  asosiy  a‘zolari  o‘rtasida  vazifalar  qanday  taqsimlanadi  va  ular  qay 
tarzda  bir-birini  to‘ldirib  turadi?  U  yoki  bu  tuzilma  birliklari  zimmasiga  qaysi 
majburiyatlar  yuklatiladi?  Tashkiliy  chalkashliklar  sababli  ko‘p  hollarda  eng  umidli 
loyihalarning  ham  barbod  bo‘lishi  mumkinligi  tufayli  bunday  axborot  marketing, 
moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo‘lgan boshqaruv komandasini ham 
ko‘rish istagida bo‘lgan investor va bankirlarni ham qiziqtiradi. 
Bo‘lim ishning «jonli» tomonini, ya‘ni korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday 
shakllanishi va uning kadrlar bilan ta‘minlanishini, shuningdek,  mutaxassislarni jalb 
qilishda  ularni  doimiy  yoki  vaqtinchalik  ishga  oladimi,  ishga  yollash  bilan  o‘zi 
shug‘ullanadimi    yoki  ixtisoslashgan  tashkilotlar  xizmatlaridan  foydalanadimi  kabi 
savollarni  yoritishi  lozim.  Boshqaruv  xodimlari  uchun  «mansab  pillapoyasi  bo‘ylab 
harakatlanish»  tizimi,  shuningdek,  korxonaning  yuqori  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarga 
erishishidan manfaatdorligini rag‘batlantirish tizimi yaratilishi zarur. 
Aytish mumkinki, menejment va tashkiliy rejani ishlab chiqish biznes-rejaning 
boshqa bo‘limlaridan avval ishlab chiqilishi zarur. Gap shundaki har qanday ishning 
muvaffaqiyatga erishuvini investitsiyalar, moliyaviy, moddiy va boshqa resurslardan 
tashqari,  birinchi  navbatda  mutaxassislar,  o‘z  kasbining  ustalari  belgilab  beradi. 
Iqtisodiy  nazariya  klassiklaridan  biri  aytib  o‘tganidek,  insonsiz,  uning  mehnati  va 
resurslarga qo‘l tekkizishisiz har qanday resurs, har qanday narsa «o‘lik» narsa bo‘lib 
qolaveradi.  Amaliyotda,  ayniqsa,  biznes  sohasida  bitta  mutaxassisning  aql-idroki  va 
topqirligi bir  guruh  odamlarga qaraganda ko‘proq  foyda  keltirishi  mumkin, korxona 
tuzilmasidagi  qo‘shimcha  birlik  esa  hali  mos  keluvchi  muvaffaqiyatni  anglatmaydi, 
uning uchun ulkan istiqbollarni kafolatlamaydi. Shuning uchun ham mazkur bo‘limni 
tayyorlashda ishlab chiqarish rejasini asoslab berish, korxona quvvatlarini hisob-kitob 
qilish, zarur moddiy va boshqa resurslarni aniqlashdagi kabi katta mahorat va malaka 
talab qilinadi. 
Tashkiliy tuzilma va menejment bu o‘z mohiyatiga ko‘ra biznes-rejani amalga 
oshirish  bo‘yicha  hatti-harakatlar  dasturi  bo‘lib,  unda  quyidagilar  o‘z  aksini  topishi 


 
106 
lozim: 

  korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasiga qo‘yiluvchi talablar; 

  menejmentga qo‘yiluvchi talablar; 

  ishlab chiqarishni joylashtirish va foyda markazlari; 

  kadrlar siyosati va uni amalga oshirish yo‘nalishlari; 

  homiylik va xayriya-vasiylik faoliyati. 
Ushbu  bo‘limning  aniq  va  muayyan  to‘ldirilishi  korxona  turi  va  mulkchilik 
shakliga  bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  gap  davlat  korxonasi  haqida  borayotgan  bo‘lsa,  bu 
holda  bo‘ysunish  tizimi  va  davlatning  korxona  xo‘jalik  faoliyatiga  aralashuvi 
chegaralari  ko‘rsatilishi  lozim.  Aktsiyadorlik  jamiyatida  esa  direktorlar  kengashi, 
asosiy rahbarlarning vazifalari aks ettirilishi, aktsiyadorlik kapitalining aktsiyadorlar 
o‘rtasida qay tariqa taqsimlanishi belgilab olinishi lozim. Korxona faoliyatida ishtirok 
etishni  istagan  boshqa  investorlar  haqida,  ayniqsa,  ularga  tegishli  aktsiyalar  soni  va 
ulushi,  ularni  sotib  olish  vaqti  va  aktsiyalar  qiymati  haqida  ma‘lumot  berish  ham 
ishga yordam beradi.  
Bu  erda  yana  bir  narsa  muhim  ahamiyatga  ega  –  korxona  oldindan  bor 
bo‘lganmi  yoki  endi  tashkil  qilinyaptimi.  Dastlabki  holatda  korxona  oldindan 
belgilangan  yo‘ldan  borishi  va  biznes-reja  tuzish  bo‘yicha  to‘plangan  tajribalardan 
foydalanishi  mumkin.  Keyingi  holatda  esa  tadbirkor  u  yoki  bu  mulkchilik  shaklini 
tanlash  sabablarini  izohlab  berishi,  bu  shaklni  o‘zgartirish  istiqbollari  belgilashi 
hamda nima sababdan bu strategiyani eng yaxshi deb hisoblashini tushuntirib berishi 
zarur. Bundan tashqari, ushbu hujjatda korxonani tashkil qilish va uning kelgusidagi 
faoliyatini tartibga solishni tavsiflovchi barcha qonun hujjatlari aks ettirilishi lozim. 
Menejment  va  rejalashtirish  sohasida  mehnat  qiluvchi  iqtisodchi  va  olimlar 
biznes-rejaning  ushbu  bo‘limida  eng  muhim  va  mustaqil  masalalar  sifatida 
quyidagilarni ko‘rib chiqishni taklif qiladi: 

  biznes-rejaning ishbilarmonlik jadvali; 

  boshqaruvni tashkil etish; 

  kadrlar siyosati va personalni boshqarish. 
Ishbilarmonlik  jadvali  bu  korxonaning  yaratilishi  va  kelgusi  faoliyatidagi  eng 
muhim  hodisalar  belgilangan  jadvaldir.  Unda  mahsulotni  ishlab  chiqish  va  ishlab 
chiqarish  jarayoni,  bozorni  baholash,  sotuv  dasturini  tayyorlash  va  boshqalarning 
vaqt bo‘yicha grafigini belgilash tavsiya qilinadi. 
Shuningdek,  biznes-rejaning  muvaffaqiyatga  erishishini  ta‘minlovchi  eng 
muhim  topshiriqlar:  dizaynning  yakunlanishi,  mahsulotning  ko‘rgazmalarda 
namoyish  etilishi,  xom-ashyo,  material  va  butlovchi  qismlarga  zarur  miqdorda 
buyurtma  berish,  ishlab  chiqarishning  boshlanishi,  birinchi  buyurtmaning  olinishi, 
birinchi to‘lovlarni amalga oshirishni ko‘rsatish tavsiya etiladi. Ishbilarmonlik jadvali 
butun  ishning  asosiy  holatlarini  nazorat  qilish,  paydo  bo‘luvchi  muammolarni 
bartaraf qilish va etkaziluvchi zararni kamaytirishga imkon beradi. 
 
To‘g‘ri tuzilgan jadval hamkorlarga boshqaruv komandasining mahorati yuqori 
ekanligidan  dalolat  beradi.  Tadbirkorlar  turli  vazifalarni  bajarish  uchun  talab 
qilinuvchi  vaqtni  noto‘g‘ri  baholashlari  mumkinligi  sababli  real  imkoniyatlardan 
kelib chiqish zarur. 


 
107 
Ko‘plab  chet  ellik  kompaniya  va  firmalar  o‘z  biznesida  yanada  ko‘proq 
muvaffaqiyatga  erishish  maqsadida  reklamadan  keng  foydalanib,  turli  bukletlar, 
ekspress-axborotlar chiqaradilar. Biznesning ushbu jihati korxonaning ishbilarmonlik 
jadvalida hisobga olinsa yomon bo‘lmas edi. Masalan, unda yozma va grafik shaklida 
quyidagilar aks ettirilishi mumkin: 

  korxonani yaratish; 

  biznes bo‘yicha hamkorlar; 

  ishlab chiqarishning boshlanishi; 

  dastlabki tovar partiyasini etkazib berish; 

  savdo vakolatxonalari bilan bitimlar tuzish; 

  savdo ko‘rgazmalariga chiqish; 

  ulgurji savdogarlar bilan kelishuv imzolash; 

  ishlab chiqarish uchun zarur miqdorda materiallar buyurtma qilish; 

  hisob raqamiga kelib tushgan birinchi to‘lov va tushumlarni olish. 
Ko‘zga  yaqqol  tashlanib  turishi  uchun  maxsus  grafikda  ishlab  chiqarishning 
to‘liq davrini - xom-ashyo xarid qilishdan to chiqarilayotgan har bir mahsulot uchun 
pul tushumi olishgacha davrni aks ettirish tavsiya qilinadi. 
Shunday  qilib,  biznes-rejadagi  ishbilarmonlik  jadvali  quyidagilarni  nazarda 
tutadi: 

  korxona  faoliyatining  asosiy,  hayot  uchun  eng  muhim  sohalarini  ajratib 
ko‘rsatish; 

  har bir ishning boshlanishi va tugash vaqtini aniq belgilash; 

  faoliyatning har bir muhim sohasi uchun javobgar shaxslarni tayinlash; 

  jadvalda  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  uzilishlarni  va  ularni  to‘g‘rilash 
uchun amalga oshiriluvchi hatti-harakatlarni belgilash; 

  javaldan chetga chiqishning biznes-rejaga ta‘sirini muhokama qilish. 
Bo‘limning  eng  asosiy  jihati  tashkiliy  tuzilmaning  biznes  vazifalariga  mos 
kelishini  namoyish  etish  hisoblanadi.  Gap  shundaki,  biznesda  tashabbus  alohida 
ahamiyatga  ega  bo‘lib,  u  ko‘pincha  an‘anaviy  yondashuvlar  bilan  ziddiyatga 
uchraydi.  Qabul  qilinuvchi  qarorlarning  ustivorligini  belgilashda  muammolarning 
oldini  olish  uchun  barcha  imkoniyatlardan  foydalanish  hamda  maksimal  foydani 
ta‘minlovchi bo‘linmalarni samarali rag‘batlantirishni ta‘minlash lozim. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish