Qisqa xulosalar
Biznes-rejaning «Tashkiliy reja va menejment» bo‘limi biznes-rejani amalga
oshirishni boshqarish usullari tavsifnomasi, korxona boshqaruvining tashkiliy
tuzilmasi, bajaruvchilarning hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish usullarini qamrab
oladi.
Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi turlicha boshqaruv funktsiyalarini
bajaruvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir-biriga bo‘ysinuvchi bo‘lim va bo‘g‘inlar
tarkibini ifodalaydi.
Xodimlarni boshqarish korxona ayni paytda ehtiyoj sezayotgan yoki kelajakda
ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xodimlar, korxona uchun zarur bo‘lgan
mutaxassislar sonini, ishga qabul qilish va mehnatga haq to‘lash shartlari hamda
kadrlar tayyorlash siyosatini aniqlashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |