2. Leksik birliklar tarjimasi
Leksik birlik tarjimasi haqida so'z yuritishdan oldin leksik birlik tushunchasi
nimani ifodalashini aniqlab olish lozim. Leksik birlik deganda aksariyat hollarda
so'z tushuniladi. Leksik birlikni bunday tushunish leksikologik nuqtai nazardan
olganda to'g'ridir. Biroq leksik birlik tarjima nuqtai nazaridan olganda
yuqoridagidek tushunganda o'zini oqlamaydi. Leksik birlikni tarjima nuqtai
nazaridan tushuntirib berish tarjima birligi tushunchasini hal etish bilan bevosita
bog'liq. L.S.Barxudarovning fikriga ko'ra, tilda mavjud boigan barcha birliklar,
ya'ni fonema, morfema, so'z, so'z birikmasi hamda gap tarjima birligi bo'lishi
mumkin. Stepanov esa tarjima birligi deb freymlarni (so'z va gap tuzilmasini) olish
mumkin deb hisoblaydi. Bizningcha, yuqoridagi aytilgan fikrlar ma'lum darajada
to'g'ridir, chunki til birliklari bilan tarjima birliklari bir-biriga to'g'ri keladigan
holatlar ham bo'ladi, biroq bu narsa doimiy xarakterga ega emas. Shuni hisobga
olib, biz tarjima birligini aniqlashdan oldin tarjimada leksik birlik nimaligini bilib
olishimiz lozim.
3
Ma'lumki, tarjimada bitta tushunchaga bitta tushunchaning to'g'ri kelish
holatlari nisbatan kam uchraydi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, tarjimada so'zga so'z,
so'zga so'z birikmasi, so'zga gap to'g'ri kelishi mumkin. Shuning asosida
tarjimadagi leksik birlik deganda biz so'z va so'z birikmasini, hatto bitta so'zga
to'g'ri keladigan frazeologik birlikni ham tushunishimiz mumkin. Bunda ikki va
undan ortiq so'zdan iborat bo'lgan frazeologik birlik bitta so'z ma'nosiga to'g'ri
kelgan bolishi lozim.
Agar asliyatdagi so'zga tarjima tilida bitta so'z to'g'ri kelsa, u holda ikki tildagi
so'z ma'nolari to'liq ekvivalentga ega bo'lgan hisoblanadi. Bunday so'zlar sirasiga
odatda atoqli otlar, geografik va joy nomlari, korxona, tashkilot, muassasa, idora,
2
Salomov G'.Tarjima nazariyasiga kirish.T.1990.
3
Musaev.Tarjimanazariyasiasoslari.Toshkent 2005.
kema va mehmonxona nomlari va shu kabilar kiradi. Ekvivalentlar aksariyat
hollarda monosemantik, ya'ni bitta ma'noga ega bo'lgan so'zlardir.
Agar asliyatdagi so'zga tarjima tilida bitta so'z qisman to'g'ri kelsa, bunda biz
qisman ekvivalentlar haqida fikr yuritishimiz lozim. Tarjima nazariyasida qisman
ekvivalentlarning uch turi ham ajratiladi. Bunga sabab bir tilda boshqa tilga to'g'ri
keladigan, ekvivalentdan tashqari yana bir nechta so'z ma'nolaridan iborat bo'lishi
mumkin. Mazkur ko'p ma'noli so'zning bittasi ekvivalent, qolganlari esa
qo'shimcha ma'no sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, ingliz tilidagi ko'p ma'noli
"cover" so'zini oladigan bolsak, u o'zbek tilidagi "yopmoq", "solmoq",
"to'shamoq", "ustiga yozmoq", "bekitib (yopib) qo'ymoq", "yashirmoq" hamda
"(matbuotda, maqolada) yoritmoq" ma'nolariga ega.
Semantik munosabatning ikkinchi varianti qisman ekvivalent so'zga to'g'ri
keladigan ma'noning kesishishi hodisasi. Bu degani ikki tildagi muayyan so'z bir
xil ma'no yoki ma'nolarga ega bo'lishi mumkin va shunday bo'lsa ham ayni paytda
ularning bir-biriga to'g'ri kelmaydigan ma'nolari ham bolishi mumkin. So'zning bu
ma'nolari turlicha bolishiga asliyat va tarjima tillari turli oilalarga mansub
bolganligi, o'zlashtirilgan so'zlar boshqa tillardan olingani va boshqa bir qator
lingvistik va ekstralingvistik omillar sabab boladi. Masalan, ingliz tilidagi "ball'1
va "ball"2 omonim so'zlarni oladigan boisak, quyidagi farqlarni ko'rish mumkin:
"ball'1 "koptok, to'p" va ball"2 "bal (raqs kechasi)". O'zbek tilida "bal" so'zi faqat
raqs manosiga ega. Demak, bu so'zlarni muqobilini topish kontekstning ahamiyati
katta.
4
Munosabatlarning uchinchi varianti eng murakkab ekvivalentlar turiga kiradi.
Gap shundaki, turli xalqlar ob'yektiv reallikni turlicha qabul qiladi va uni tilda
turlicha, o'ziga xos ravishda aks ettiradi. Ma‟lumki, ingliz tilida "qo‟l"
tushunchasini ifodalashni bir necha turi mavjud. O'zbek tilida "qo‟l" tushunchasi
bitta so'z bilan ifodalanadi. Ingliz tilida "hand" so'zidan tashqari bu tushunchani
tilda ifodalash uchun yuqorida ko'rsatilgan so'z bilan birga ayni paytda "arm" so'zi
ham ishlatiladi. Bundan tashqari "hand" so'zi ko'chma ma'noda ham qo‟llanadi va
ular ham o'zbek tilidagi ko'chma ma'nolarningaksariyatiga to'g'ri kelsa ham, farq
qiladigan jihatlari ko'p. Xuddi shu narsaning teskarisi o'zbek tilida kuzatiladi.
O'zbek tilidagi "amma, xola" so'zlariga "aunt", "tog'a, amaki" so'zlariga "uncle",
"olcha, gilos" so'zlariga "cherry" kabi bitta so'z to'g'ri keladi.
Uchinchi guruhga tegishli so'zlar tarjimasi alohida e'tiborga molik, chunki shu
va shu kabi so'zlar tarjima jarayonida muammolar tug'diradi. Masalan, “They both
married their cousins” gapini tarjima qiladigan bo'lsak muammo paydo bo'ladi.
Tarjimada muammo tug'diradigan so'z "to marry" fe'li bo'lib, uning ikkita ma'nosi
4
ChernovG.V. Sinxronniy perevod.M. 1989.
bor. Birinchi ma'nosi "uylan(tir)moq", "turmushga chiq(ar)moq" tarjima uchun
ikkinchi muammoli so'z "cousin"dir. Uning o'zbek tilidagi ma'nosi "jiyan". Bu
yerda tabiiy savol tug'iladi gap qanday jiyan haqida borayotganini aniqlab
olishimiz lozim. Ingliz tilida o'g'il jiyan va qiz jiyan uchun bitta "cousin" so'zi
qo'llanadi: o'g'il jiyan (cousin), qiz jiyan (nephew). Yuqorida berilgan gapni
tarjima qilish juda mushkul. Buning uchun kontekstni bilish lozim. Kontekstsiz bu
gapni o'zbek tiliga tarjima qilib bo'lmaydi.
Qisman ekvivalent bo'lgan so'zlar orasidan eng to'g'risini tanlash tarjimaning
diqqat markazidagi hal etish zarur bo'lgan dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
Bu tarjimada ekvivalenti (muqobili) bo'lmagan so'zlar tarjimasiga bevosita
aloqadordir. Bu so'zlar sirasiga boshqa davlatlarda qo'llanmaydigan ismlar,
geografik va joy nomlari hamda xos so'zlar kiradi. Xos so'zlar tarjima nazariyasi
adabiyotida realiylar sifatida qo'llaniladi. Bunga, bir tomondan, ingliz tilidagi
lobby, muffin, drugstore, ikkinchi tomondan o'zbek tilidagi tandir, somsa, qiz
uzatish, uloq va shu kabi tushunchalar kiradi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |