Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети


 Muallif va tarjimon : til topish muammosi



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana16.09.2021
Hajmi0,98 Mb.
#176063
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2

4. Muallif va tarjimon : til topish muammosi 

Ikki til xususiyatlarini bilish zamirida asarni har tomonlama o'rganish, uning 

lug'ati  va  realiylari  ustida  ishlash  tarjimon  uchun  juda  muhim  va  bu  uni  ma'lum 

darajada olim va tadqiqotchibo'lishini ham taqozo etadi. 




O'zbek  tilida  "til  topish"  degan  ko'p  ma'noli  ibora  bor.  Birovning  qulf-kaliti 

ochilmagan  yuragiga  yo'l  topishni  aytishadi.  Ikki  odamning  hayotdabiror  ish, 

muammo  ustida  bir-birini  yaxshi  tushunishi,  bilishi  va  shunga  ko'ra  ish  ko'rishi 

ham shu ibora bilan ifodalanadi. U o'zaro kelishish, ahd-paymon ma'nolarini ham 

ifodalaydi. 

Tarjima  qilinadigan  muallif  va  uning  asari  bilan  tarjimon  o'rtasida  ham 

shunday  til  topishish  bo'lishi  zarur.  Bunda  til  topish  deganda  muallifning  o'ziga 

xosliklarini  va  muayyan  asarning  badiiy  xususiyatlarini  teran  anglash  va  shunga 

yarasha jarayonni tashkil etishni tushunamiz. Tarjima qilinadigan muallif va uning 

asarini  tarjimon  sevgandagina,  uning  o'z  o'quvchisiga  katta  ma'naviy  foyda 

keltirishini bilgandagina til topish juda katta ijodiy foyda keltiradi. 

XX  asr  Yevropaning  eng  yirik  adiblaridan  biri,  asarlari  ko'p  dunyo  tillariga 

o'girilgan va o'zi ham tarjimalar qilgan va hatto tarjima nima ekanligini tushuntirib, 

o'z  ijodiy  laboratoriyasi  tajribalaridan  ibratli  misollar  keltirgan  Umberto  Eko 

"Aynan aytish. Tarjima haqida tajribalar" degan kitobida hali hamon gapni tarjima 

nima? degan savoldan boshlaydi. "Tarjima qilish nima degani? - deb savol qo'yadi 

o'z oldiga tarjimaning nima ekanligini o'z amaliyotida juda yaxshi bilgan Umberto 

Eko:  -  Birinchi  qoniqarli  javobshunday  bo'  lishi  mumkin:  aynan  shu  narsaning 

o'zini boshqa tilda aytib berish bu - tarjima" ("IL", 10-son, 2005 y). Bu tarjimaning 

juda  ibtidoiy,  juda  sodda  va  shu  bilan  birga  eng  to'g'ri  ta'rifi.  Bu  ta'rifda  yuzaki 

qaraganda, tarjimaning  siri  -  uning ijod  va  san'at  sifatidagi  siri  tamomila  yo'qolib 

qolayotganga  o'xshaydi.  Ammo  bu  sodda  ta'rif    bari  bir  tarjimaning  juda  sirli  va 

o'ta murakkab, og'ir soha ekanligini aslo inkor etolmaydi. Hatto juda buyuk adabiy 

tajribaga  egajahongamashhur  adibning  shunday  ta'rif  bilan  chiqayotganining  o'zi 

ham tarjima sirli soha ekanligini ko'rsatib turadi.

8

 



Braziliya  va  Argentinaning  mashhur  adibi  Xorxe  Luis  Borxes  dunyo 

adabiyotining  fusunkor  va  juda  sirli  namoyandalaridan.  Uning  asarlarining  tili  va 

uslubi  xaqida  Peru  adibi  Mario  Vargas  Liosa  shunday  so'zlarni  yozadi: 

"Borxesning  hikoyalari  va  badialarini  faqat  mana  shunday  aqlli,  kinoyali, 

matematikaday  aniq,  o‟lchovli  til  bilangina  yozish  mumkin  edi.  Bunda  zig'irdak 

ortiqcha  so'z  yuq. Ularda  vazmin  sovuq, nafosat  va  oqsuyaklarchajasorat  aks  etib 

turadi. Bunda aql va donish hissiyotlar va kechinmalardan ustun turadi" ("IL", 10-

son, 2005 y). 

Keling  endi  tarjimachiligimiz  yuzasidan  bu  so'zlar  ustida  o'ylab  ko'raylik. 

Xo'sh, aql va ilmdorlik hissiyotlar va kechinmalardan ustun turgan, oqsuyaklarcha 

jasorat  va  o'ta  sovuq,  nafosat  aks  etgan  Borxes  tilini  hozirgi  zamon  o'zbek  tilida 

qanday  chiqarsa  boiadi?  Axir  bunday  til  bizning  uzoq  asrlik  Sharq  an'analari 

                                                           

8

FyodorovA. Teoriya perevoda. M. 1976. 




ruhida tarbiyalangan adabiyotimizda bo'lgan emas-ku! Keyingi yillarda Borxesdan 

o'zbek  tiliga  o'girilgan  ayrim  namunalar  juda  odmi,  Borxesdan  Borxes 

qolmaganligi ham Borxesning har qanday tarjimon oldida juda qiyin, hatto ado etib 

bo‟lmaydigandek vazifa turganligini ko'rsatadi. 

Tarjima sirli narsa deganda biz mana shunday tarjima qilib bo‟lmaydigandek 

ko'rinadigan hodisalarni ham ko'zda tutamiz. Lekin oshib o'tib boimaydigandek bu 

devorni  yengib  o'tish  yoli  yo'q  emas,  bor.  U  ikki  til  -  bu  yerda  ispan  va  o'zbek 

tillarini  chuqur bilish  -  shoir Shavkat  Rahmon  Lorkani  tarjima  qilish uchun ispan 

tilini ataylab o'rgangani va uni o'zbekchaga ispan tilidan o'girganligini  eslaylik va 

eng muhimi - Borxesning o'sha o'ta kinoyali va oqsuyak tilini topish. "Til topish" 

tarjima muvaffaqiyatining chinakam garovi bo‟la oladi. 

2.  Tarjimon  xuddi  talantli  yozuvchi  kabi  katta  hayot  tajribalariga  ega 

bo'lganidagina,  uning  tarjimadagi  so'zi  yozuvchi  so'zidek  tiniq,  shirali,  aniq-

ravshan  chiqadi.  Bunda  Navoiyning  o'sha  mashhur  "ravshan  alfoz  va  ochuq  ado" 

haqidagi benihoya oqil so'zi yoddan chiqmasligi kerakka o'xshaydi. 

Tarjimon xuddi yozuvchi kabi narsa-hodisalar, inson ruhiyati to'g'risida keng 

tasavvurlar  va  fantaziya  qobiliyatiga  ega  bo‟lgandagina,  qobiliyat  teran  bilimlar 

bilan  quvvatlangandagina  uning  ijodi  ishonchli,  tushunarli,  yuksak  badiiy 

ifodaviylik va ta'sirchanlik kasb etadi.

9

 



Hayot haqidagi bilimlarning chalaligi va jo'nligi, asliyat asari va uni yaratgan 

adibning  tarjimayi  holi,  ijodiyoti,  badiiy  uslubi  ijodiy-xayotiy  qarashlarini  tugal 

o'rganmaslik  va  bilmaslik,  asliyat-asari  atrofidagi  fikr-mulohazalar,  bahslardan 

bexabarlik  -  hech  shubhasizki,  tarjimaning  umumiy  badiiy  sifat  darajasiga  qattiq 

salbiy ta'sir ko'rsatadi. 

Tarjimaga  kirishmasdan  burun  tarjima  qilinadigan  asarni  har  tomonlama 

o'rganish,  uning  lug'ati  va  badiiy  xususiyatlari  ustida  oldindan  ish  olib  borish, 

asarning  ichki  tuzilishi, obrazlari, qahramonlar harakat  qilayotgan  ijtimoiy-tarixiy 

muhit, badiiy tasvir vositalari,uslubi haqida o'ziga xos material, ma‟lumotnomalar 

tuzish tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishiga zamin yaratadi. 

Yozuvchi  yangi  asar  yozish  uchun  qanday  izchillik  bilan  material  yig'sa, 

tarjimon-yozuvchi  ham  shunday  material  to'playdi,  asar  va  uning  muallifi  haqida 

o'z ma‟lumotnoma daftarini yaratadi. 

Rus  tarjimoni  Nikolay  Lyubimov  "yozuvchi-tarjimon"  degan  tushunchani 

qo‟llagan. U tarjimachilikni ijodkorlik va ijodkorlikdagi sanatkorlik bilan uzilmas 

aloqada  ko'radi.  "Yozuvchi-tarjimon"  yoki  to'g'rirog'i,  "tarjimon-yozuvchi"  degan 

so'z  kasb  sohibiga  juda  katta  mas'uliyat  yuklaydi.  U  asarni  boshqa  tilda  qayta 

bunyod  etarkan,  o'z  ustiga  go'yo  adibning  mas'uliyatini  oladi,  uning  boshqa  til 

                                                           

9

SalomovG’. Tarjimanazariyasigakirish.T.1990. 




muhitidagi elchisi, vakiliga aylanadi. Asarni originalda o'qiganlar uni qanday qabul 

qilgan  bolsalar,  tarjimada  o'qiganlar  ham  shunday  qabul  qilarmikinlar?  Yoki 

tarjimada  asarning  obiyati  qochib,  o'quvchilar  undan  ta'sirlanishdan  mahrum 

bolarmikinlar? Tarjimon asarning badiiy darajasi, sifati uchun boshqa til o'quvchisi 

oldida javob beradi. 

Tarjimaga tayyorgarlik bu - katta ijodiy jarayon. 

Abdulla  Kahhor  Lev  Tolstoyning  "Urushvatinchlik"  romanining  tarjimasiga 

kirishishdan  ilgari  Rossiyada  bo'lib,  asarda  tasvirlanganvoqealar  kechgan  joylar, 

qahramonlar  yashagan  muhitni  eslatadigan  holatlar  bilan  tanishgan,  o'rgangan. 

Tolstoyni ilhomlantirgan hayotga  chuqur nigoh  solgan, bu  ilhomning  manbalarini 

tarjimon-adib  o'z  ko'ksidan  o'tkazgan  edi.  U  o'z  oldiga  Lev  Tolstoy  "Urush  va 

tinchlik" ni XX asr o'zbek tilida qanday yozardi? - degan savolni qo'ygan. Shuning 

uchun  Tolstoy  tasvirlagan  rus  hayoti,  rus  kishilari  ichki  va  tashqi  dunyosining 

barcha nozikliklari, nafosati va go'zalliklarini o'zbek tili vositalari, boyliklari orqali 

badiiy teran qayta gavdalantirib berolgan edi. 

Dostoyevskiyning romanlarini o'zbek tiliga o'girishga jur'at etganda, bu satrlar 

muallifi  asarni  oldindan  chuqur  o'rganish,  Dostoyevskiycha  tasvir  sirlari  ichiga 

kirish, tasawur va tushunchalarni charxlash naqadar muhim va naqadar ulug' ijodiy 

ahamiyatga  ega  ekanligini  har  qadamda  o'z  boshidan  kechirgan.  XIXasr 

Dostoyevskiy  til  muhitini,  uning  ruhini  qanday  yaratish  kerak?  Axir  o'sha  zamon 

til  muhitining  ruhi, oqimi,  hozirgi  zamon  (60-yillar  o'zbek  tili  muhiti  va  ruhidan) 

tilimizning ruhidan keskin farq kiladi-ku? - buni qanday chiqarish kerak? Cho'lpon 

Shekspirning 

"Hamlef'ini 

30-yillarda 

o'girganda, 

asar 

tilini 


bekorga 

arxaiklashtirmagan ekan-da? - u til vositalari bilan Shekspir zamoni tilining ruhini 

qandaydir tarzda bo‟lmasin, aks ettirishga uringan, izlangan ekan-da! 

Kolumbiya  adibi,  Nobel  mukofoti  sovrindori  Gabriyel  Garsia  Markesning 

"Buzrukning  kuzi"  modernistik  fusunkor  romanini  o'zbek  tiliga  ag'darish  uchun 

o'tirganda,  Kolumbiya,  Lotin  Amerikasi  mamlakatlarida  bo'lib,  romandagiga 

o'xshash  voqealar  va  muhitni  o'z  ko'zim  bilan  kuzata  olmaganimdan  ancha 

o'kinganman  va  ko'p  o'rinlarda  koloritni  chiqarishda  o'ta  qiynalganman.  Bunda 

matnga  savqi  tabiiy  (intuitsiya)  bilan  yondashgandagina  mushkulliklardan 

qutulishga yo'l ochishini anglaganman. Fusunkor realizm adabiyotining eng go'zal 

namunalaridan  birini  o'zbek  o'quvchisiga  yetkazishdek  insoniy-madaniy  ehtiyoj 

soyasidagina bu ulkan ishga jur'at etganman. 




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish