Mikki bu shaharga tatilida kelganida bir marttagina uchrashishgan edi. Bir oy telefonda
gaplashib va elektron pochtadan hat almashgandan so`ng Sara bildiki bu uning
orzusidagi inson. Sara u bilan yana bir martta uchrashmoqchi bo`ldi. Chipta to`rt yuz
dollar turardi. Mikki mehmonhona harajatlarnini to`laydigan bo`ldi. Motel harajati
qirq dollarni tashkil etardi. Mehmonhonada birga qolishdi, shubhasiz qiz bunga osonlik
bilan rozi bo`ldi. Keyin u qizni nomer harajatlari ichiga kiradigan qahvahonaga taklif
etdi. Honaga qaytishganda esa yigit go`yoki hech kim yo`qdek futbol chempionatini
tamosha qildi. Ajoyib uchrashuv shunday emasmi? Na musiqa va na shamlar hech
qanday romantika ham yo`q. Bu uchrashuvni romantik deyishga til ham bormaydi. Ikki
kunlik shunday romantikadan so`ng ikkovilari ham tezroq bir
birlaridan qochib
qutulishni hohlab qolishdi.
Ana endi moliyaviy tahlil olib boramiz. Erkak juda ko`p ovqat, juda ko`p mehr
muhabbat , va qiziqarli matchni bor yo`g`I qirq dollarga oldi. Qiz esa samolyotda yeb
ketish uchun 2 qog`oz haltada yeryo`ng`oqli bo`ldi. Har birida ikki yarimtadan jami
beshta yer yong`oq. Natija ko`ngilni tinchlantiradigan emas albatta.
Yomon qiz bunday holatga tushib yurmaydi. U erkak ke desa chopib bormaydi. U bilan
uchrashmoqchi bo`lsa erkakni o`zi keladi. Va uni uyga yaqinroqdagi biror
mehonhonada to`htashini so`raydi, uyiga kirga`zib olmaydi.
Yahshi qiz buyurilsa olovli halqadan sakrashga tayyor hukmdorining ko`ngli nima
tusasa shunga rozi, chunki shunday qilsam unga ko`proq yoqaman deb o`ylaydi.
Erkak ega bo`lmagan narsasiga
qiziqadi,va unga erishish uchun harakat qiladi.
Yahshi qiz unga qattiq gapira olamydi ahir u “orzusidagi shahzodasi”, “ osmonlarda
bitilgan bahti”. Ammo bularning bari be`mani ertak yanayam aniqrog`I zararli ertak,
chunki shularga ishonib qiz bu yigitni o`z olami markaziga aylantiradi.
Ayolalrni oqibatini o`ylamay munosabatga kirishishlarining boshqa bir sababi bu
qo`rquv.
Meri shunday hikoya qiladi: “ Men yigitimga hech yo`q deya olmayman. Meni uni uyi
olidga kelamanu uni ishdan qaytishini mashinamda o`tirib kutaman. Keyin birga
ovqatlanamiz, men unikida alamahalgacha qolib ketaman, vaholangki vaqtli turishim
kerak. Ertasiga o`zimni suvi siqib olingan limondek holsiz sezaman”
Men Meridan nega yigitiga : “Azizim men charchadim, uyimda biroz dam olay” deya
olmasligini so`radim. U esa :”unda meni tashlab ketishidan qo`rqaman. Uydayam
baribir uhlay olmayman qaysi qiznikiga ketdi ekan deb o`ylab” dedi.
Yomon qiz erkakni yo`qotishdan hecham qo`rqmaydi, chunki u o`z qadri
va bahosini
yahshi biladi, agar u tashlab ketsa o`ziga qiyin u ayolni yo`qotgan hisoblanadi. Ayol
ehtiyotsizlik qilib arzimaygan mayda chuydalarda o`zini yerga uradi ammo ana shu
mayda narsalar yig`ilib qor uyirini tashkil etadi va butun vazni bilan ayolni bosib
qo`yadi, natijada u o`zini tushkun his etadi.
U erkakni hayotining markaziga qo`yib yanglishadi, va bu xatosi tufayli u o`z kundalik
ehtiyojlaridan ham voz kechadi. U borgan sari holdan toyayotganini sezib turadi ammo
erkak bu fidoiylikni qadrlaydi va qaytaradi deb hisoblab bor kuchi bilan urinishda
davom etadi.
Erkak esa uni o`zini qurbon qilib yuborishga tayyor ekanini sezib hotirjamlashadi chunki
endi u hamma hohlagan narsasiga erisha olishini biladi.
Ayol esa uni hotirjamlashganini ko`rib yoqmay qoldimmi deb
hayol qilib sarosimaga
tushadi va qayta qayta olovli halqadan sakrayveradi. Ayolning iztiroblari esa oshib
boraveradi.
Qanday qilib bu holatdan chiqish mumkin. Faqat bir yo`l bilan- puch orzu hayyolardan
voz kechib.
Munosabat uchun nimadandir voz kechib yoki nimanidir sarf qilganingizda o`zingizni
ranjigandek his etsangiz ortiq bunday harakat qilmang.o`zingiz chin dildan
hohlaganingizdagina munosabatga qandaydir ulush qo`shing. Ana shunda ikkita
oyog`ingiz bilan yerda mahkam turasiz.
Bolalar bog`chasida bizga o`rgatilgan oltin qoidani elslaysizmi? Bu nazairyada hammasi
zo`r ammo real hayot o`z talablarini ilgari suradi.
Keling o`zgartiramiz…
Bilan…
Senga qanday munosabatda bo`lishlarini
istasang boshqalarga shunday
munosabatda bo`l
Boshqalarga yahshilik qil, qachonki ular
bunga loyiqligini isbot etishganda
Muhabbat hamisha g`olib
Agar bor yo`gingni berib yuborsang
Muhhabat seni maxv etadi
Bergan qo`l olgandan yahshiroq
Afzali ham berish ham olish
Hayriyani o`z uyingdan boshla
Uyda hech qanday hayriyaga o`rin yo`q
Barcha yahshi narsalar ohiri bilan
Yakuni ezgulik bilan yakun topishi uchun
qayg`uradiganlarda hamma narsa yahshi
Yaqiningni sev
Avval o`zingni sevishni o`rgan shunda seni
atrofingdagilarga sen bilan birga
yashash
oson va maroqli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: