Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

Maftunkorlik omili №50 
O`z hohishlari qolib erkakning ehtiyojlarini qondirishni o`z asosiy maqsadi deb 
bilganida, yahshi qiz juda ko`p narsani qurbon qilib yuboradi 
Elliginchi maftunkorlik omili bu nozik masala. Kundalik hayotda siz uni 
payqamaysiz.Masalan  bo`sh vaqti kam ishbilarmon ayol. Erkak undan so`rayapti 
“Chorshanbada uchrasha olamizmi?” Payshanba vaqtli ishga borishi kerakligi uchun 
ayol rad etadi. Endi u seshanba yoki payshanbani taklif etadi, va ayol rozi bo`ladi. U o`z 
ehtiyojlarini tamomila unutadi undan tashqari og`ir ish kunidan keyin asabiy, 
charchagan holda erkak kishi bilan uchrashish munosabtlarga salbiy ta`sir etishini 
o`ylab ham ko`rmaydi. 
Yomon qiz hecham mushkul yo`lni tanlamaydi.U hamisha eng kam qarshilikli yo`ldan 
boradi. Haftada dam olish degan kunlar ham bor. Va bu kuni belgilangan uchrashuv 
ikkovlarigayam birdek yoqimli bo`lardi. Yomon qiz o`zi haqida o`ylaydi, natija esa  ikki 
tomon uchun ham foydali bo`ladi. 
Keti yigit bilan birinchi uchrashuvga chiqdi. Restoranda  buyurtma berish  borasida 
qizni ko`ngliga qarash uni hayoliga ham kelmadi. U nuqul “Sen buni tatib ko`rishing 
kerak ” deyaverdi. Keti chiroyli muomala qildi ammo natijada o`z ko`ngli tusaydigan 
taomni buyurtma qildi. Keyin yigit bir shisha sharob buyurtma qildi vaholangki qiz 
ichgan odam rulda bo`lgan mashinaga chiqmasligini aytib o`tgan edi, yana kamiga ish 
kunida. Buyurtirilgan sharob keldi, qadahdagi sharobni hurmat yuzasidan cho`qishtirdi 
ammo ichish niyati yo`qligi uchun ichib o`tirmadi. 
Bu misoldagi eng muhim jihat Ketti o`z hatti harakatlariga izoh berib o`tirmadi. U 
shunchki nima istasa shuni qildi. Yigitni ko`nglidagidek bo`lay deb  o`zi hohlagan 
narsalarni qilish  uchun  erkakdan ruhsat so`rab o`tirish shart emas. 


Meni yana bir tanishim boshqa bir voqeani hikoya qilib berdi. Ikkinchi uchrashuvdan 
so`ng yigit undan ertalab soat oltida reysi borligi va aeroportga olib borib tashlashni 
so`radi.(ha ha erta soat oltida) 
Ikkinchi uchrashuvda unga nima qilishini ipidan ignasigacha tushuntirdi: “Soat to`rtda 
turasan, meni beshda uydan olasan,va biz oltida aeroportda bo`lamiz.Yettdia uyda 
bo`lasan dush qabul qilib soat sakkizga ishga yetib olasan. (Hayvon o`rgatuvchi 
badbaht itiga halqani tayorlab bo`pti endi faqat sakrash qoldi)  
Ishli ayolni tong saharlab uyqusini buzgandan ko`ra taksi chaqirish mumkinligi hayoliga 
kelmaganini qarang-a. Qiz muloyimlik bilan javob berdi :Azizim men u vaqtda band 
bo`laman.  U hayron bo`lib :-NIma bilan?Uyqu bilanmi? deb so`radi.  Qiz mamnun 
jilmayib: –Albatta!  
Agar erkak sizni hech bir e`tirozsiz halqadan sakrashingizni kutgandek hatti harakt 
qilsa, uni bunday yanglish taasurotdan tezroq halos qiling. Uni gapiga ahamiyat  
bermang. Agar u o`zini ma`naviyati yuksak inson deb aytsa, quruq gapga ishonmang. 
Uni hatti harakatilariga e`tibor bering. O`zini  yuksak ma`naviyatli deb sanasayu 
mutlaqo kurakda turmaydigan ishlarni qilsa uni so`zigamas amaliga qarab hulosa 
chiqaring. 
Mutahasis izohi ( Hozirda juda ko`p uchrab turadigan bir holat. Namozhonman 
islomiyman desa negadir qizlar hudoga ishongandek ishonib yuborishadi.  Yomon hulq 
va zararli odat egalari  namozhonlar ichida ham topiladi. Shuning uchun balandparvoz 
gaplar etingizni jimirlatadigan ma`ruzalar aqlingizni olib qo`ymasin. Unutmang 
nomahram erkak va ayol holi uchrashganda ularning o`rtasida shayton turadi. U 
namozhoniyam ayab o`tirmaydi.) 
Ayolni olovli halqadan sakrashga tayyorligini bildiradigan yana bir belgi bu u qo`ng`iroq 
qilarmikin deb mahtal bo`lib kutishidir. Sizda shunday bo`lganmi dugonangiz bilan bir 
o`tiraylik deb bir joyga taklif qilmoqchi bo`lib qo`ng`iroq qilasizu  ammo u yigitidan 
qo`ng`iroq kutayotgani uchun sizga bir aniq javob ayta olmaydi? Bu qiz mutlaqo o`zini 
hurmat qilmaydi. U yigiti bilan uchrashish imkonini qo`ldan boy bermay deb o`z 
rejalarini tuzmaydi. Siz unga so`ngg`I bor qo`ng`iroq qilayapsiz nihoyat u siz bilan vaqt 
o`tkasizhsga qaror qildi ammo allaqachon soat tungi o`n bo`lgandi. 
Agar erkak siz uchun qulay vaqtga uchrashuv belgilamasa demak u sizni shahs sifatida 
hurmat qilmaydi. Shunday erkak bilan munosabatni davom ettirish shartmikin. 


Ayolni Itoatkorona olovli halqadan sakrayshiga yana bir  misol. Bu erkaklar go`zallik va 
yoshlik  hamma narsadan ustun qoyishadi degan fikrni bekor qiladi. Karla endigina o`n 
to`qqiz yoshda, u shunchalik go`zalki  hech qanday makiyajsiz ham modalar jurnali 
muqovasini bezashi mumkin. Karla uni yigit Bart o`n olti yoshli qizchalarga ko`z 
tashlaganini aytib yig`ladi. 
Ho`sh bu haqida Bartning o`zi nima derkin?: “Karla meni sevganidek men uni seva 
olmayman” dedi va Karla qanday qilib uni uyini saranjom sarishta qilganini aytib berdi: 
“Uyim ivirsib, botib yotggandi , bilasizmi Karla nima dedi : “Bu yerni tartibga solib 
bo`libgina uyimga ketaman” Uydagi hamma narsalarni yuvib taradi. Agar : “Isqirtini 
o`zin tozala” deb eshikni taq etib yopib chiqib ketganda men uni ko`proq hurmat 
qilardim”  
Yigitingiz uyiga kelgan qay kun bo`lishidan qaity nazar uyini yig`ishtirib ketmang. 
Kirlarni faqat o`z uyingizda yuving,o`z uyingiz rakovinasinigina tozalang. Agar uni o`zi 
buni iltimos qilsa asabiylashmang unga shunday hizmat ko`rsatadigan agentliklarni 
manzilini topib bering.  
Izoh( O`zbek qiziga qaerda bo`lsa darrov darrov ish qilish tartib o`rnatish uqtirililgan. 
Mehmonga borsayam darrow qarashib ketaveramiz. Bu yahshi albatta, yana bir nasani 
unutmang o`zbek qizi yigitni uyiga borib yurmaydi, bekalik mahoratini ko`rsatishga 
nima bor. Lekin shunday vaziyat bo`lishi ham mumkinki un mashinasida ketayapsiz va u 
iflos darrow qo`lingizga latta olib artishga tushib ketmang bu ish bilan shug`ullanadigan 
shahobchalar bor. Bir narsani unutmang ayol kishi uy ishlarini qiladi ammo u farrosh 
bo`lmasa duch kelgan uyda bunday ishlar bilan shug`ulanmaydi. Oila qurganingizdan 
keyin u uy sizniki bo`lgandan so`nggina hohlagancha supir sidir qilaverasiz, hozircha 
bunaqa tashabbus ko`rsatishga shoshmang, va bu bilan yigitni ham shoshirib 
qo`ymang.) 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish