Uchinchi bob
Qandolat do`koni.
O`z ayollik latofatini qanday ishlatish kerak?
Faqat bittadan konfet.
Agar siz erkaklarni ayollardagi nima maftun qilishi haqidagi barcha tadqiqotlarni tahlil
qilib chiqsangiz, asosiy, zerikarli va jo`ngina javoblarni olasiz: “Tadqiqotchilar erkaklar
asosan ayollarning tashqi ko`rinishi, jozibasi va o`zini qo`ya bilishiga maftun bo`lishadi
degan xulosaga kelishdi”. Shuyam tadqiqot bo`ldi-yu.
Keyingi sahifaga o`tamiz “Yangi lab bo`yoq sotib oling… Qoshni terib tashlab
boshqatdan chizing… Labga kollagenli ineksiya qiling…” Ana shunda u sizning asiringiz
bo`ladimi? Faqat bu hayotda emas. Ikki o`rtada qoshdan ayrilganingiz qoladi.
Hech hayron bo`lganmisiz, ajoyib yigit nima uchun qo`shni qizga uylanganiga?
Sizning nigohingizda ko`rimsizgina qiz, ammo erkak ko`zi bilan qaraganda tabiiy
go`zal. Uning husn bobidagi bor-yo`q yutug`i olti yoshida “qovoq go`zali” tanlovi
bo`lsa-da, erkak bunday ayol bilan bo`lganda o`zini pishloq fabrikasiga tushib qolgan
semiz kalamushdan-da baxtliroq sezadi.
O`ziga qiziqib qolgan erkakning telbalarcha sevib qolishini istayotgan har bir ayol ikki
narsaga ahamiyat berishi kerak. Avvalo, erkak shu ayolga nisbatan mayl sezishi va bu
haqida har xil orzu-xayolga berilshi kerak. Keyin esa ayol juda yaqin munosabatlarga
kirishib ketishga shoshmay, biroz kutishi kerak.
Bu bobni tarjima qilish yoki qilmaslik haqida juda ko`p ikkilandim. Ammo yozishga
qaror berdim. Erkak va ayol munosabatlari bor ekan, bir kun kelib u xoh to`gri bo`lsin,
xoh noto`g`ri, jinsiy munosabatgacha yetib keladi. Va bunday munosabatlarni
tushunib-tushunmay boshlab yuboradigan qizlar, hattoki ayrim hollarda hayot ko`rgan
ayollar ham uchrab turadi. Biz uchun shariat va xalqimizning etika normalari belgilab
bergan qonun-qoidalar bor. Unga ko`ra nikohsiz aloqalar normaga kirmaydi. U
gunohga, isnodga, zinoga kiradi.
Aziz ayollar, unutmang, davlat, shariat, ota-ona, jamiyat ruxsat bermagani bilan
munosabatlar uchun ma`sul, eng avvalo, ayol kishi. Nega? Chunki ayol o`z hirsini,
xohishini erkakdan ko`ra kuchliroq nazorat qila oladi. Erkakda kuchli xohish bo`lganda
uni hirs boshqaradi, aql emas. Bu vaqtda uning so`zlariga emas, xatti-harakatiga
ahamiyat bering. Afsuski, tuzoqqa yaxshi qizlar ko`proq ilinib qolishadi. Ana keyin
badnom bo`lish, nikohsiz homiladorlik kabi ko`ngilsiz oqibatlar kelib chiqadi.
Bu bobni tarjima qilishimdan ham maqsad aslida ana shunday erkin munosabatlar
norma bo`lgan, qiz bola iffatiga beparvo jamiyatda mutaxassislar oila quraman,
mustahkam ishonchli munosabat qilaman degan ayollarga to`ydan avval to`shakka
bormaslikni maslahat berishaytganini ko`rsatish edi. Iffatni saqlash, eng avvalo, ayol
foydasiga ishlaydi. Ko`pincha yosh qizlarni yigitlar tashlab ketish bilan qo`rqitib
maqsadlariga erishishadi. Agar yigit xayolida bo`lsa ham bu fikrni o`yladimi, demak, u
aniq sizni tashlab ketmoqchi. Xohishini qondirish bilan uni ushlab tura olmaysiz.
Yaxshisi, unga oq yo`l tilang. Xohishlari esa uning muammosi, o`zi qanday xohlasa
shunday hal qilib olsin. Siz yosh bola-yu, u sizni onangiz emaski, nima desa ho`p deb
bajarib ketishingiz kerak bo`lgan. O`zingizni ko`proq qadrlang, shunda qadrliroq
bo`lasiz. Tarbiyaviy soatni to`xtamiz-u. kitobga qaytamiz.
Nihoyat “qandolat do`koni” nazariyasiga yetib keldik: erkakka rastadagi hamma
shirinliklarni yeishiga ruxsat bermang.
Do'stlaringiz bilan baham: |