Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

Maftunkorlik omili №18 
   Shunday  qilingki,  erkak  o`z  xatti-harakatlari  va  tanlovida  erkin  ekanini  tushunsin. 
Shunda u xotirjam tortib o`zini himoya qilishni tox`tadi. 
   Erkak  qanchalik  xotirjamlashsa,  uning  shunchlik  sergakligi  kamayadi.  Shunda  siz  uni 
ortga yo`l yo`q bo`lgan nuqtaga olib borishingiz mumkin bo`ladi. Agar erkak telbalarcha 
sevib  qolsa,  undan  qayerda  va  kim  bilan  ekanini  so`rab  o`tirishga  hojat  qolmaydi.  U 
sizga  hamma  bilishni  istagan  narsalaringizni  aytib  beradi.  Bu  siz  buni  bilishni 
istaganingiz yoki so`raganingiz uchun emas.  Do`stlari bilan uchrashib qolsa ham, bari 
bir  sizning yoningizda bo`lishga oshiqadi. 
   Eddi Merfi afrikalik shahzoda rolini ijro etgan “Amerikaga kelish” filmidagi bir sahnani 
eslaysizmi?  U  bolaligidan  uylanishi  kelishib    qo`yilgan  go`zal    malika  bilan  mehrob 
oldiga  borishdan  avval  uchrashadi  va  so`raydi:  “Senga  nima  yoqadi?”  Malika  unga: 
“Senga  nima  yoqsa,  shu”,  -  deya  javob  qaytaradi.    Shunda  shahzoda  undan  qanday 
taomni  xush ko`rishini so`raydi. Malika: “Sen nimani  xush korsang, shuni”.  U o`zining 
itoatkor    va  tobeligini  tabora  ko`proq    namoyish  etadi.  Shunda  shahzoda  undan  itga 
o`xshab  akillab,  bir  oyoqda  sakrashini  so`raydi.  Malika  barcha  buyrug`ini  so`zsiz  ado 
etganini  korgan shahzoda bunday ayolga uylana olamasligini  tushunadi.  
   Erkak  o`z  shaxsiyz  fikri  va  irodasiga  ega  bo`lgan  shaxs  sifatida  shakllangan  ayolni 
xohlaydi.  Ayolning  o`z  fikri  bo`lishi  kerak.  Shunday  qilishingiz  kerakki,  u  sizning 
o`zingizga ishongan ayol ekaningizga amin bo`lsin. Shunda u sizni mustaqil ekaningizga 
va  usiz  ham  kuningiz  o`tishiga  ishonadi.  Agar  u  sizga  kichkinagina  sinov  uyushtirsa, 
sizning  ham  unga  javoban  shunday  qilishga  haqqingiz  bor.  Erkaklar  o`zini 
yo`qotmasdan, zarbaga zarba bilan javob beradigan ayollarni hurmat qilishadi. 
   Siz  har  doim  ham  uning  fikriga  qo`shilaverishingiz  shart  emas.  Erkak  o`zi  qidirgan 
ayolni topganiga ishonch hosil qilgandagina uni sevib qoladi. 
   Agar biror narsa haqida sizning qat`iy fikringiz bo`lsa, uni ayting. Agar erkak: “Qanday 
filmni  ko`rishni  istarding?”  -  deb  so`rasa,  tanlash  imkoniyatidan    voz  kechmang.  “Siz 


bilan ikkita jangari film ko`rdik, keling, endi muhabbat mavzuidagi filmlarga o`tamiz”, - 
deb dadil ayting. Erkaklarga o`z shaxsiy fikrini aytishdan qo`rqmaydigan ayolar yoqadi. 
   Bir  oilali  erkak  ideal  ayolni  shunday  tasvirladi:  “Restoranga  borish  uchun  otlanib 
bo`lib,  eriga  bolalari  bilan  qolmoqchi  ekanini  aytishi  mumkin.  U  so`ramaydi.  U 
shunchaki aytadi“. 
Izoh:  Bu  masalahatlarni  eshitib,  hoynahoy  tasavvur  qilayotgandirsiz  bundan  keyin 
yoringiznig  holatini  qanday  bo`lishini.  Agar  oqibatidan  qo`rqsangiz,  bunday  keskin 
harakatlar  qilishga  shoshmang,  balki  fikringizni,  tanlovingizni,  xohishingizni  aytishni 
sekin-asta boshlang. Har bir jabhada rostdan ham o`z fikringizga egamisiz yoki o`ziga 
ishonmagan  ayolmisiz.  Unutmang,  sizga    o`zinikini  o`tkazishni  hech  kim 
majburlamaydi,  bu  shunchaki  tavsiyalar.  Nimani  tanlash  sizning  ixtiyoringizda.  Men 
har  qanday  holatda  ham  sizning  tanlovingizni  hurmat  qilaman.  Biz  sharq  xalqimiz. 
Ideal  ayol muloyim, erini bek deb hisoblaydi. Ammo bu degani fikri yo`q, xohishi yo`q, 
tanlovi  yo`q  degani  emas.  Xohishni  janjal  yoki  topolon  bilan  emas,  ishonch  bilan 
aytishni o`rganing. Va buni  prinsipni deb emas, rostdan ham fikringiz bo`lgani va unga 
aniq ishonganingiz uchun ayting. Kuchli erkak esa ayolni xo`rlayvermaydi, balki uning 
qarorlarini hurmat qilishni o`rganadi. Davom etamiz. 
   Boshqa bir erkak  yanayam aniqroq tushuntirdi: “Uyda ayol hokim ekanligini anglash 
ko`pchilik  erkaklarga  yoqadi  deb  o`ylamayman.  Shunchaki  ularni  hech  bir  buni 
tushunib yetmaydi”. 
   Erkak  bilan  munosabatni  aynan  shu  bilan  boshlashni  maslahat  beraman.  Hamma 
narsani  so`zsiz  ma`qullayveradigandek  tasavvur  qoldirmang.  “Harri  Sallini  uchraib 
qolganda” filmidagi sahnani eslaysizmi? Bosh qahramon o`ziga sendvich tanlashga bir 
soat  ketkazadi.  O`z  shaxsiy  fikringizga  ega  bo`ling.  Ta`bingizni  aytishdan  tortinmang. 
Chiroyli muomala qiling, ammo o`zingizni namoyon qilishdan  qo`rqmang. 
   Aytaylik,  siz  videotekaga  keldingiz  va  tamosha  qilish  uchun  film  tanlayapsiz.  Ko`rib 
bo`lgan  filmingizni  olishga  ko`nmang:  ”Siz  ko`rmagan  bo`lsangiz,  men  uni  qayta 
tamosha  qilishimga  to`g`ri  keladi”.    Qat`iy    bo`ling:  “Bu  yerda    yaxshi  filmlar  ko`p.  
Keling, ikkovimiz ham ko`rmagan kinoni tanlaymiz”. 
   Agar erkak sizni hind restoraniga taklif qilayotgan bo`lsa-yu, siz sharqona taomlarga 
toqat qila olmasangiz: “Muyulishda italyan restorani ochildi deb eshitdim”, - deng. 


   Erkakka  tashabbusni  o`z  qo`lingizga  olish  va  taklif  kiritishdan  qo`rqmasligingizni 
ko`rsating.  Uning  jentelmen  bo`lishni  xohlashiga    ishonch  hosil  qiling.  Agar  shunday 
bo`lsa, u sizni xursand qilishni istaydi. 
   Yomon qiz hamisha tenghuquqli holatlar yaratishni talab etadi, yaxshi qiz esa nuqul 
yon  beradi.  Agar  erkak  ayolning  xohishlariga  ahamiyat  bermasdan,  qaysi  filmni 
ko`rishda  va  qay  bir  joyga  borishda    turib  olsa,  yomon  qiz  bunday  erkak  bilan 
munosabatni  cho`zib  yurmaydi.  Gap  italyan  yoki  hitoy  oshhonasi    u  yoki  bu  filmni 
zo`rligi  haqida ketmayapti. Gap erkakning o`z xudbinligini namoyon qilishida ketyapti. 
Va  yomon qiz  xarakterning bunday jihatiga  toqat qilib o`tirishga  majbur emas.   
   Izoh:  Erkak  bilan  haq-huquq  talashishni  o`ziga  munosib  ko`rmaydigan  sharqona  va 
islomiy  tarbiya  ko`rgan    ma`suma  o`zbek  ayoli,  sizga  bir  narsani  ta`kidlashni  burchim 
deb  bildim.  Islom  ayolni  yerga  urmagan,  balki  uni  ko`klarga  ko`targan  yagona  din 
hisoblanadi.  Va bu shunchaki quruq gap emas. Kitobdan chalg`imaymiz! 
   Bu  ancha  ahmoqona  misol,  ammo  u  yorqin  namuna    bo`lgani  uchungina  uni 
keltiraman.  Dugonam  Anna  bir  erkak  bilan  kechki  ovqatga  bordi,  erkak  ikkita    omar 
buyurdi.  Ofitsiant  ikkita  tirik  omarni  stolga  olib  keldi  va  ulardan  bu  tog`ri  kelish  yoki 
kelmasligini so`radi. Dugonam vegeteryan emas, ammo o`z vatani shvedsiyada, tabiat 
bag`rida  o`sgan  va  omarlarning  bunday  noliish  bilan  shoxchalarini  qimirlatganini 
ko`rmagan.  U:  “Bu  bechoralarni  tiriklayin  pishirishlariga  bu  yerda  jimgina  qarab  tura 
olmayman”, - dedi. Anna buyurtmani bekor qilishini talab qilib turib oldi. 
   Boshimni  qo`yib  qasam  ichamnki,  bu  erkak  menga  ortiq  qo`ngi`roq  qilmaydi  deb 
o`yladi Anna, ammo u qo`ng`iroq qildi. U har kuni qo`ng`iroq qila boshladi.  U omarni 
yeishdan  ko`ra  ayolni  xursand  ko`rishni  ko`proq  istardi.  U  haqiqiy  jentelmen.  O`z 
juftingizda shunday  tajriba o`tkazing demayman. Ammo o`zni shunday tutish kelinchak 
Eddi  Merfi  kabi  itoatkor    bo`lib  va  “Sen  xohlaganigcha,  azizim”  deb  pichirlashdan 
yaxshiroq. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish