Maftunkorlik omili №17
Agar siz erkakka u bilan yaqin munosabat qurish niyatingiz yo`qligini aytsangiz, u
bu fikringizni o`zgartirish uchun hamma ishni qiladi.
Erkaklar qo`rquvini o`tmaslashtirish uchun unga “juda jiddiy” munosabat qilish
niyatingiz yo`qligini ayting. Unga bo`lgan qiziqishingiz yo`qolmagunicha yoningizda
qolishi mumkinligini ayting. Erkaklar fikricha, siz aksini xohlashingiz kerak, chunki
ayollar uchun mas`uliyat zarurligiga o`rganishgan. Undan mas`uliyat talab etmasdan u
uchun g`ayrioddiy jumboqqa aylanasiz. Sizdan nima kutish mumkinligini u endi
bilmaydi. Shu yo`sinda erkakning poyezda qolish-qolmaslgini belgilovchi nozir o`rniga
o`tasiz. Hamma narsa sizning nazoratingizda ekan, hech qanday ov va poygalar ish
bermaydi. Ammo poezdni siz boshqarganingiz uchun u hecham keyingi soniyada
nima bo`lishini oldindan aytolmaydi.
Ho`sh erkak o`zini qafasda deb his etmasligi uchun nima deyishiz kerak?
Birinchi uchrashuvda jiddiy munosabatlarni xohlamaslgingizni. Har qalay hozircha
xohlamasligingizni ayting ( albatta, vaqti kelib hamma narsa o`zgarishi mumkin).
Agar birga ishlasangiz, unga: “Biznes va shaxsiy munosabatlarni aralashtirish yaxshi
bo`lishiga iymonim komil emas”, - deng (buning aksiga sizni ishontirishga urinib
ko`rsinchi).
Bordiyu siz bir-biringizdan juda uzoqda yashasangiz “Bundan bir narsa chiqishiga
ishonmayman, axir biz bir-birimizdan uzoqda yashsaymiz” deng (qani, jonim, meni
bunga bir ishontir-chi).
Aksi ham o`rinli. Agar sizga erkak yoqmasa va uning ortiq qo`ng`iroq qilmasligini
istasangiz: “Bolalar. Men ularni sevaman. Men kamida 5 -6 ta farzandli bo`lishni
istayman, ehtimol, undan ham ko`proq. Meni biologik soatlarim bong urayapti,
shuning uchun borgan sari tezroq o`z rejalarimni amalga oshirishim kerak. Men kelgusi
to`rt besh yilni nazarda tutayapman”ga o`xshash gaplarni ayting va bolalar haqida
suhbatni davom ettiring.
Bunday usul har doim ish beradi. Agar erkak sizga shunchaki yoqsa, shu jumladan,
uni rad javob bilan xafa qilishni istamasangiz,quyudagi gaplar sizni bittada undan halos
etadi: “Tagliklar! Ularni osongina eplasa bo`ladi. Sen xavotirlanma… Senga yosh bolalar
upasining hidi yoqib qoladi. Va undan keyin bolalar tuvakka juda tez o`rganishadi”.
Faqat bunday nutqni u balkondan yiqilib, chil parchin bo`lmasligi uchun birinchi
qavatda so`zlang (ko`p qavatli binolar va ochiq oynalardan ehtiyot bo`ling).
Siz shunday qilingki, u o`zini qafasda deb his etmasin, shunda erkak sizning
qoidalaringiz bo`yicha o`ynay boshlaydi. Erkakni cho`chib qolgan qo`riqchi it deb
hisoblang. Xotirjam holatda u o`zini burch va mas`uliyatlarini bemalol uddalay oladi.
Mabodo uni cho`chitib yuborsangiz, u shu zahotiyoq tishlay boshlaydi.
Erkaklar doimo “yomon” ayollarni xush ko`rishiga yana bir bor amin bo`ldik. Tutqich
bermas va biroz yengiltak ayolni ko`rgan erkak nima uchun unga yaqinlasha olmasligini
oqlash uchun o`zicha bahonalar to`qiydi. “U yengiltak va men u bilan jiddiy
munosabatlar qurmoqchi emasman. Faqat ozgina ko`ngil yozgim keldi”, deb o`z-o`zini
ishontiradi. O`zini erkin his etish unga yoqadi. Va bu holat uni ayolga butunlay
bo`glanib qolib, uning quliga aylangunicha davom etadi.
Erkak hech qachon o`z shaxsiy tanloviga ko`ra sevib qolmaydi. Bu mutlaqo tasodifan
ro`y beradi. Mana nima uchun ingliz tilidagi sevib qolmoq (fall in love) so`zi, so`zma-
so`z tarjima qilinganda “sevgiga yiqilmoq” bo`ladi. U yurdi-yurdi, paq yiqildi. Uning o`z
rejalari bor edi, ammo hamma narsa boshqacha bo`lib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |