Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

Maftunkorlik omili №24 
   Har  bir  erkak,  avvalo,  to`shakni  xohlaydi;  siz  bilan  uzoq  muddatli  munosabat  
qilishni  istash-istmasligi  haqida  keyinroq  o`ylab  ko`radi.  Uning  xohlaganini 
bermasangiz, u sizni qanday qilib ajralmas juftiga aylanib qolganingizni bilmay ham 
qoladi. 
  Erkaklar  o`yinlarni  xush    ko`rishadi,  ayollar  esa  bularga  toqat  qila  olmaydi.  Quyidagi 
sahnani tasavvur qiling. Qiziqqon amerikalik erkak hisob 47:3 bo`layotgan superkubok 
o`yinini  ko`ryapti.  Bu  unchalik  qiziqarli  emas,  to`g`rimi?  Ammo  u  hisob  ochilmagani 
uchun  qo`shimcha  vaqt  qo`shib  berilgan  o`yinni  ko`ryapti.    Qiziqib  ketganidan  uning 
diqqatini  ekrandan,  ketini  esa  o`rindig`idan  ko`chirib  bo`lmaydi.  Mana  u  fanatlik 
qilayotgan  komanda  tashabbusni  o`z  qoliga  oldi,  u  esa:  “Bo`l,  bo`laqol”,  -  deb 
baqirayapti. Mabodo uning komandasi g`albani qo`lga kiritsa, u telbalardek u yoqdan 
bu yoqqa yugurib, qiyqirib g`alabani nishonlaydi. 
   O`n yillar o`tgandan keyin ham agar siz shu final o`yin haqida so`rab qolangiz, xuddi 
kecha  bo`lgandek  aytib  beradi.  Ayol  erkak  bilan  yaqinlashib  ketishga  shoshmaganda 
ham xuddi shunday bo`ladi. Erkakning qiziqishi oshganidan oshadi. 
   Bu sizga urfdan qolgandek tuyulishi mumkin, ammo ishoning, mening maslahatlarim 
har xil yoshdagi erkaklardan olingan son-sanoqsiz intervyularga asoslangan. Ajoyib bir 
misol – Natan. U endigina yigirma beshga kirgan yigit. U ayollar ko`ngliga yo`p topishni 
yaxshi biladi. U menga nima deganini so`zma-so`z keltiraman: “Agar ayol juda tez o`zini 
topshirib  qo`ysa,  romantika  yo`qoladi  va  ikkovimiz  ham  bu  yo`nalishda  harakat 
qilishdan to`xtaymiz. Chin so`zim, biz erkaklar bu  borada qattiqroq, ko`proq urinishni 
xohlaymiz.  Bizga  o`yin  o`ynash  yoqadi,  agar  bu  o`yin  tez  tugab  qolsa,  bizning 
hafsalamiz    pir  bo`ladi.  Hattoki  biz  botinan  bunga  qarshilik  qilamiz.  Ha,  biz  unga 
erishishni  xohlayotganimizni  bilamiz,  ammo  qiz  bola  bizni  kutishga  majbur  qilishini 


xohlayotganimizni  ham  bilamiz.  Yo`qsa,  bu  ehtirosimiz  ikki  yo  uch  martadan  so`ng 
mutlaqo so`nadi. Keyin esa biz yangi sarguzasht izlab ketamiz”.  
   Albatta,  munosabat  qurish  uchun  ortiqcha  urinishni  istamaydigan  erkaklar    ham 
uchrab turadi. Ular “uch uchrashuv” qoidasi bilan yashashadi. Qoidaga ko`ra agar ayol 
uch uchrashuvda ham xohlaganini beravermasa, unga vaqt ketkazish behuda. 
   Jiddiy munosabat qursa bo`ladigan ayolni izlayotgan erkaklar talaygina. Ammo “uch 
uchrashuv”  qoidasi  bilan  yashaydigan  erkakning  niyati  bitta  -  xohlaganini  olish  va 
jo`nab qolish. Xohlaganini ololmagani uchun uchinchi uchrashuvdan so`ng erkak qaytib 
kelmasa bilingki, ertami-kechmi u baribir sizni tashlab ketardi. 
   Yaxshi qiz erkak nima xohlasa, shuni berishga o`zini mas`ul deb biladi. Uni boshqarish 
juda oson. U erkak bilan bo`lgandan keyin uni shu yo`l bilan ushlab qola olaman deb 
o`ylaydi.  Go`yoki  bu  borada  u  oltinga  tengdek.  Yomon  qiz  esa  erkak  qiyinchilik  bilan 
erishgan narsasigina oltinga teng bo`lishini  yaxshi biladi. 
   Erkak zoti juda tez va ortiqcha urinishlarsiz maqsadga erishishni istaydi deb xomtama 
bo`lmang. Aslida, ko`pchilik erkaklar ayolga erishish uchun ter to`kishni istashadi. Erkak 
va  yaxshi  qiz  orasida    so`zsiz  savdlolashuv  boshlanadi:  “Azizam,  menga  qara.  Birga 
bo`lish uchun men ikkita kechki ovqat, guldasta va kinoga bilet olishga tayyorman. Jami 
255 dollar 95 sent. Ortiq bir chaqa ham bermayman!” 
   Erkak qancha to`lay olishi va uning narxi qanchaligini bilishni istaydi. Yomon qiz esa 
undan  aqlliroq.  Biladiki,  erkak  agar  uni  ta`qib  qilmasa,  boshqa  ayolning  iziga  tushadi. 
Shuninig uchun ham “yomon qiz”  erkak byudjetining qanday bo`lishidan qat`iy nazar, 
astronomikmi yoki kamtarona bu pullarning bari uning o`zigagina sarf bo`lishini istaydi. 
U  o`zini  erkak  uchun  eng  yaxshi  sarmoya  deb  hisoblaydi.  “Uch  uchrashuv  “  qoidasi 
yomon  qizga  o`tmaydi.  U  erkakni  xotirjamgina  qo`yib  yuboradi,  loqal  uni    eslamaydi 
ham. Hattoki shunday erkaklar ham oxiri borib uning  qoidasi bo`yicha  oynamaydigan 
ayollarga  uylanishadi.  Yomon  qiz  o`z  qoidalariga  binoan  o`ynaydi.  “Korishguncha” 
degan so`z uning tilidan osongina chiqadi. Bordi-yu erkak ketadigan bo`lsa, bu qiz uni 
deb achchiq ko`z yoshlar to`kadi deb o`ylashiga o`rin qolmaydi. 
 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish