Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

 
Maftunkorlik omili №27 
   Agar oxirgi daqiqada tormozni bossangiz, erkak sizni yolg`onchi  deb hisoblaydi. 
   Ana  endi  biz  “qaynoq”  va  “xavotirlangan”  terminlarini  ishlatishni  boshlaymiz.    U 
“qaynoq” bo`lmay qolishi bilan, uning ehtirosi o`z o`rnini “xavotirga” bo`shatib beradi. 
Endi  erkak  asabiylasha  boshlaydi.  U  boshqa  sizning  o`yinlaringizda  ishtirok  etishni 
istamaydi,  chunki  undan  faqat  siz  zavq  olaypsiz.  U  endi  sizni  halol  o`ynayapti  deb 
o`ylamaydi  va  oqibatda  seksual  xohishlar    o`rnini  xafalik  va  araz  egallaydi.  Agar  u 
sizning uni laqillatganingizni sezib qolsa, u mutlaqo sizdan yuz o`giradi. 
   Bu  haqida  mulohaza  yuritib  ko`ring.  Itga  bir  soat  suyakni  ko`rsatib  turib,  o`rniga 
selder bargini berish mumkin emas. Agar erkak sizni hurmat qilishini istasangiz, u bilan 
halol  o`yin  olib  borishingiz  kerak.  Erkak  bilan  yaqin  munosabatlarga  kirishmasdan 
munosabatni  saqlab  turish  va    yana  u  sizni  yolg`onchi  deb  atamasligi  uchun  quyidagi 
maslahatlarga amal qiling. 
   •  Munosabatlarning  ilk  davrida  uni  yoki  o`zingizning  uyingizda  u  bilan  yolg`iz 
qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa, kech bo`lganda. 
   • Jamoat joylarida uchrashing. U o`zi kelib sizni olib ketishi mumkin. 
   •  Uchrashuvlarni  kunduzgi  soatlarga  belgilang.  Agar  sizga  velosipedda  sayr  qilish 
yoqsa,  bunday  vaqt  o`tkazish    ham  qizil  chiroq  yoqishning    yaxshi    usuli.  Ammo 
ikkovingiz  kamin  yonida  bir  shisha  sharob  bilan  shamlar  yog`dusida  birga  o`tirgan 
bo`lsangiz, unda erkak uchun bu yashil chiroq. 


   • Bo`salarning juda ehtirosli bo`lishiga  va uzoq cho`zilishiga yo`l qo`ymang. 
   •  Uchrashuvdan  kech  qaytayapsiz,  qahva  ichish  uchun  uyga  taklif  qilib  yurmang, 
hatto buni o`zi so`rasa ham.  Uy yaqinida u bilan xayrlashing. 
   •  Sertabassum  bo`ling,  uning  hazillariga  mazza  qilib  kuling,  yaxshi  hamsuhbat  do`st 
bo`ling.  U  sizga    mahbuba  deb  qarashidan  ko`ra    do`st  bo`lishini  istang.  Agar  u  sizga 
yuragini  ochib  o`zi  haqida  gapira  boshlasa,  bu  yaxshi  belgi.  Erkak  ayolni 
yoqtirgandagina unga o`z ko`nglini ochadi. 
   • Noz-karashma me`yordan oshib ketmasin. Bemaza  mavzudagi latifalardan ehtiyot 
bo`ling,  chunki  ular  kamdan-kam  holatda  shunchaki  hazil  bo`ladi.  Erkak  kishi  hazilni 
ko`pincha sinash uchun ishlatadi. Ammo juda jiddiy ham bo`lib ketmang, yaxshi hazilga 
kulish  gunoh  emas.  Ammo  intim  mavzularda  uzoq  to`xtalib  qolmang,  chunki  u  buni 
yashil chiroq deb o`ylashi mumkin. 
   • Erkakni e`tirof etib turing. Sizga yoqishini bildirib qo`ying. Masalan, uning odekoloni 
iforidan  hidlang.  Yoki  bugun  ko`rinishi  zo`rligni  ayting.  Bu  bilan  unga  yaqin  bo`lib 
ketmayotganingiz aslo uni yoqtirmaganingizdan emasligini bildirib qo`yasiz. 
   •  Unga  mehringizni  izhor  qiling.  Uning  qo`lidan  tuting  ,  yelkasiga  bosh  qo`ying, 
shunda u oz`ining erkakligini his etadi. 
   • O`z kuchingizga katta baho bermang. Uning hech narsa bo`lmaydi degan gaplariga 
ishonmang.  Hatto  uni  anchadan  beri  bilsangiz  ham,  juda  yaxshi  inson  bo`lsa  ham, 
bunday holatlarda har qanday erkak o`zini nazorat qila olmay qolishi mumkin. 
   •  Mehringizni  odamlar  orasida  ko`rsating.  Bu  yer  xavfsiz,  hech  qanday  ortiqcha  ish 
bo`lish ham mumkin emas. 
   Erkak ehtiyotkorlik bilan to`shakka ishora qilayotganiga qaramay, u ich-ichidan siz uni 
kutishga majbur qilishingizni istaydi. 
   Mening  bir  mijozim  ayollar  borasida  omadi  chopgan  yigit  aytgan  gaplari  yodimga 
tushdi: “Judayam chiroyli bir qizga oshiq bo`lib qolaman, chindanam haqiqiy muhabbat 
ana  shu  deb  o`ylay  boshlayman.  Ammo  u  men  istagan  narsalarimga  ruxsat  berib 
yuborgandan keyin hafsalam pir bo`ladi, sen ham hammaga o`xshagan ekansan deb”. 
Davom etamiz. 


   U  sizning    “boshqacha“  ekaningizga  ishonch  hosil  qilishni    istaydi.  Siz  uni  ajoyib, 
yoqimtoy va eng zo`r deb hisoblashingizni xohlaydi. Siz uning hazillariga kulishingizni, 
uni aqlli deb sanashingizni istaydi. U ma`budani xohlaydi. U ajoyib ayolni xohlaydi. 
   Ho`sh, qanday qilib siz unga bunday tasavvurni berishingiz mumkin? Oddiygina sizni 
ta`qib qilishiga, izingizdan qolmasligiga imkon bering va osonlikcha o`zingizni topshirib 
qo`ymang. Biroz mashaqqat cheksin, shunda siz u uchun ideal ayolga aylanasiz. 
   Shirin nuqta. 
   Ayol  bilan  erkak  oshiq-ma`shuqqa  aylangandan  keyin  ham  “pol  latta”  va  “orzudagi 
qiz”ning xatti-harakatlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
   Yaxshi  qizlarning  katta  xatosi  ular  boshqa  ayollar  bilan  musabaqalshmoqchi 
bo`lishadi. 
   U erkak bilan ishlaydigan har bir ayolni surishtirib chiqadi “U senga yoqadimi?” deb. 
Yaxshi  qiz  erkak  yoqtiradi  deb  xayol  qilgan  fotomodellar,  raqqosalar,  kinoyulduzlar 
bilan ham musobaqalashishi mumkin. 
 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish